II BOB JALAQUDUQ TUMANINING TABIIY GEOGRAFIK TAVSIFI
Andijon viloyatidagi Jalaquduq tumani 1926-yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Jalaquduq tumani viloyatning Qo‘rg‘ontepa, Xo‘jaobod, Andijon tumanlari bilan hamda Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyati tumanlari bilan bilan chegaradosh. Maydoni 0,37 ming km2. [17]
Jalaquduq va unga yondosh qishloqlar o‘rmonida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganligidan u yerlar ilgari qamishzor, bo‘lgan. Tuman nomi “jela” yoki “jelak” so‘zidan kelib chiqqan degan rivoyatlar bor: o‘tmishda mahalliy aholi zovur, buloq va quduqlarga jela tashlab baliq ovlagan ekan. Jela quyiladigan quduqlar asta-sekin “Jelaquduq” deb atalgan bo‘lganmish. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Jalaquduq” shaklida qishloq, so‘ngra tumanni nomi bo‘lib qolgan deyiladi.
Jalaquduq tumani viloyatning shimoliy sharqda joylashgan. Relefi past tekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 270, yanvarniki esa -30 vegetatsiya davri 160-180 kun. Yiliga o‘rtacha 250 mm yog‘in yog‘adi. Shahrixonsoy, Savay kanallari va Qoradaryo oqib o‘tadi. Andijonsoy ham oqib o‘tadi, uzunligi 3,5 km. Tuman yerlarida och tusli, o‘tloq bo‘z tuproqdan iborat. Adirlarda efemer o‘simliklar, ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq va sho‘ralar o‘sadi.
Tuman qishloq xo‘jaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. G‘allachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan ham shug‘ullanadi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni 25,1 ming gektar. Paxta, g‘alla ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari yetishtiriladi. Pilla yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Qishloq xo‘jaligida korporatsiya, dexqon-fermer xo‘jaligi uyushmalari, shirkatlar tashkil etilgan. Chorvachilik fermer xo’jaliklari xususiylashtirilgan. Bu fermerlarda qoramol, qo‘y-echki, yilqi va parandalar boqiladi. Fermerlarda 5,3 ming bosh qoramol, 6,7 ming ta qo‘y-echki, 391 ta yilqi, 70 mingga yaqin parranda boqiladi. Tuprog‘i unumli bo‘lganligi uchun yerlarida hamma maxsulotlar ekiladi. Adirlardagi ekin ekilmaydigan yerlarni qo‘y va echkilarni boqishda foydalaniladi.
O‘zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muxofaza qilish.
Suv boyliklari qishloq xo‘jaligini, aholini, sanoatni suv bilan ta’mirlashda, elektr energiya olishda, baliq ovlashda rekreatsiya maqsadlarida foydalaniladigan yerusti va yerosti suvlaridan iborat. Suv boyliklari orasida daryolarning ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston daryolari bilan 4,2 mln ga yer sug‘orilmoqda.
O‘zbekiston daryolari sanoat va maishiy xo‘jalikning suga bo‘lgan talabini qondirishda ham ahamiyatiga ega.
O‘zbekistonda yiligiga o‘rtacha 57,781 km3 atrofida suvdan foydalanilmoqda. Shundan yerosti suvlari 0,5 km3ni tashkil etadi. Respublikamiz hududida daryolarning potensiali energiya resurslari jixatidan O‘rta Osiyoda Tojikiston va Qirg‘izistondan so‘ng 3-o‘rinda turadi. Respublikamizda gidroenergiya resurslardan foydalanish maqsadida Chirchiq daryosida – Chorvoq, Xo‘jakent, G‘azalkent, Sirdaryoda Uchqo‘rg‘on, Farxod. Qoradaryoda – Andijon GESlari qurilgan. So‘ngi yillarda sug‘oriladigan yerlari meliorativ holat yaxshilanishi sababli zovur suvlarining ko‘payishi, sanoatdan maishiy xo‘jalikdan toransport korxonalaridan chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos suvning bir qismi daryolarga tashlanmoqda. Natijada, daryo suvlari ifloslanib undagi organik hayotga salbiy ta’sir etmoqda. Ifloslangan suvlarning 78% sug‘oriladigan yerlarga, 18% sanoat xissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |