Amir Temur va Temuriylar davrida
Moʻgʻullar hukmronligi davrida
Amir Temur Samarqandda
Amir Temur maqbarasi, Samarqand
Amir Temur jome masjidi
XIV asr oʻrtalarida Movarounnahrda moʻgullarga qarshi xalq harakatlari boʻlib oʻtdi.
Sarbadorlar isyoni natijasida shaharda bir necha oy xalq hokimiyati oʻrnatildi. XIV asr oxiri va
XV asrda Samarqand iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Amir Temur
saltanati poytaxti sifatida Samarqand jahonga mashhur boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand
Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm,
Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining meʼmor va binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar,
madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo
etiladi (qarang
Amir Temur bogʻlari
). Xususan, Shohi Zinda meʼmoriy majmuasiga mansub
Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda
Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad
koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni
Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam
qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi
nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida,
xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari
kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur
Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur
shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir
Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi
jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.
Bu davrda Samarqand koʻpgina Sharq va Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari oʻrnatgan.
Samarqandda koʻplab hashamatli meʼmoriy inshootlar qurilgan. Yirik sharqshunos olim
V.V.Bartold taʼkidlaganidek, Amir Temurning fikriga koʻra, Samarqand jahonning birinchi
shahri boʻlishi kerak edi. Amir Temur vafoti (1405) dan soʻng Samarqand taxtini Ulugʻbek
egalladi. Ulugʻbek davrida Samarqandda bunyodkorlik avj oldi. Qoʻshni davlatlar bilan aloqalar
kuchaydi. U Oʻrta Osiyo xalqiari ilm-fani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining
muayyan pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng katta ishi — Samarqand ilmiy maktabini
oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar
faoliyat olib borgan. Ular orasida eng kattalari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy
Mirzo Ulugʻbek madrasasi, Samarqand.
edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrta osiyolik mashhur olimlar Muhammad Xorazmiy,
Ahmad al-Fargʻoniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad
al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga
asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi. XV asr oxirida Samarqandni
Zahiriddin Muhammad Bobur egalladi (1497).
1500-yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. XVI asr oʻrtalarigacha
Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti boʻlib turdi. Oʻsha vaqtdan rus bosqiniga qadar
(1868) Buxoro amirligi tarkibida edi.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida (XVI-XVIII
asrlar)
Shayboniyxon, Behzod miniaturasi, 1507-yil
Shayboniylar daxmasi - Samarqanddagi
oʻrta asr
meʼmoriy
yodgorligi
(
16-asr
).
Shayboniyxon
1510
y.
Ismoil I Safaviy
bilan boʻlgan
jangda
halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi
kurgan
madrasada
marmar
supa
ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari
boshqa
shayboniy
sultonlar
va malikalar:
Mahmud Sulton
(1503—04 y. oʻldirilgan),
Mahdiy
sulton
, Hamza Sulton (1511-yil oʻldirilgan),
Muhammad Temur Sulton
(1511-yilv.e.), Qutlugʻ
Muhammad Sulton (1545-yilv.e.), Abulxayr Sulton (1511-yil udsirilgan), Yodgor Sultonim
(1526-yilv.e.), Shaxribonu xonim (1535-yilv.e.), Shoh Sulton xonim (1530-yilv.e.), Suyunch
Muhammad Sulton (1586-yilv.e.) lar dafn etilgan.
Ashtarxoniy
Imomqulixon
davrida (1611-1642) Samarqandda mashhur meʻmorchilik
durdonalari qurilgan. Shuningdek, ushbu davrda Samarqandning hozirgi kunda saqlanib
kelayotgan yodgorliklaridan
Abdi Berun
ansambli barpo etildi.
Registon ansamblida
Ulugʻbek
davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (
15-asr
) oʻrnida
Samarqand
hokimi
Yalangtoʻshbiy Bahodir
Madrasa
va
jome masjid
qurdirgan
(
1641
—
46
).
Karvonsaroy
asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida),
hujralar
oʻrnida
peshtoq
gumbazli
masjid (
gʻarbida
) joylashgan. Dastlab "Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi" deb nomlangan.
Keyinchalik masjid
bezagida
boshqa bir
obida
qurilishiga yetadigan miqdorda
oltin
sarflangani uchun "tillakori" (
tilladan
ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. Tilla Qori
madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Peshtoq ravogʻidagi
marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 yillarda bajarilganligi yozilgan.
Mirzo Ulugʻbek
xonaqohi
oʻrniga
Yalangtoʻsh Bahodir
Sherdor madrasasini (
1619
—
36
)
qurdirgan.
Ulugʻbek madrasasining
roʻparasida joylashgan.
Shayboniylar dahmasi, Registon maydoni, Samarqand, XVI asr
Tillakori madrasasi, Samarqand
Samarqandga oʻzbek adabiyotining shoiri va mutafakkiri,
naqshbandiylar tariqati vakili Boborahim
Mashrab
(1657-
1711) ham tashrif buyurgan.
1723—30 yillarda qozoklar bosqini davrida katta talofat
koʻrdi. 1740—47-ylarda Nodirshohga tobe boʻldi. XVII asrning
1-yarmida olchin urugʻidan chiqqan oʻzbek harbiy
zamindorlarining katta vakili Yalangtoʻsh Bahodir Samarqand
hokimi boʻlgan. 1758—1868 ylarda esa Samarqand Buxoro
amirligiga itoat qilgan.
Buxoro amirligi davrida (1756-
1868)
Chorsu savdo majmuasi. Samarqand. 1785-yil
Hazrat Hizr masjidi. Samarqand. 1854-yil
Amir Shohmurod
(1785—1800) davrida Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar va turli
binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib,
Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va
Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan.
shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib,
mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan.
1841—42 yillarda
Buxoroga
Rossiya elchisi qilib yuborilgan sharqshunos N.V.Xanikovning
yozishicha, oʻsha vaqtda Samarqand baland devor bilan oʻralgan boʻlib, uning 6 ta darvozasi:
Buxoro
, Paykobod,
Shohizinda
, Qalandarxona, Soʻzangaron, Xoja Ahror boʻlgan. Kechalari
shaharga kiribchiqish taqiqlangan. Shahar devorining aylanasi 13,9 km, uning umumiy
maydoni esa 10,4 km²ni tashkil qilgan. Shaharda juda koʻp bogʻ, ariqzovur va hovuzlar, ikkita
gʻishtin karvonsaroy va uchta hammom (2 tasi Xoja Axror hammomlari, bittasi Miri
hammomi) faoliyat koʻrsatgan. Koʻchalar shaharning 6 ta darvozasini
Registon maydoni
bilan
bogʻlagan. Bibixonim masjidi bilan Chorsu oʻrtasidagi koʻcha ancha serqatnov boʻlgan.
Qoʻrgʻon shaharning gʻarbiy qismida boʻlib, uning uz. 3,2 km li tashqi devori va ikkita
darvozasi boʻlgan. Qoʻrgʻonda hokim saroyi, sipohilar yashaydigan uylar joylashgan. Shahar
aholisining soni 25—30 mingga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |