davrlarda uning shuhrati shu darajada yuqori ediki, oʻsha davrdagi islom peshvolari u bilan
kurashishga hayiqishgan.
Uning shuhrati toʻgʻrisida afsonalar yaratilgan, ulardan biri Muhammad Qosim ibn Abbos
paygʻambarning
amakivachchasi
ekanligi haqidagi afsonadir. „Bibixonim“ nomidagi goʻzal
maschid
eski shaharga kirish darvozasi oldidagi maydonda joylashgan. U toʻrtta inshootdan
iborat boʻlib, bular kirish galeriyasi, asosiy maschid va ikkita kichik maschidlar,
ular bir-biri
bilan aylanma gumbazli va uch qatorli tosh devorlar orqali bogʻlangan.
Aytishlaricha, Amir Temurning uzoq mamlakatlarga qilgan safarlaridan birida uning eng
suyukli xotini
Saroymulkxonim
, xalq ichida uni Bibixonim deb ham ataydilar, mamlakatdagi
eng mashhur
bashoratchilarni
yigʻib, yulduzlar bashorat qilgan vaqtda ushbu maschidni
qurishni boshlagan ekan. Bibixonimning chiroyiga oshiq boʻlib qolgan va sevgi yoʻlida devona
boʻlib oʻz jonini fido qilgan yosh meʼmor maschidni qurilishi tugash arafasida ishni paysalga
sola boshlagan, chunki maschid qurulishining tugashi uning
uchun Bibixonim ruhsoridan
ayrilishi edi. Ana shunday kunlarning birida shaharga Amur Temurning chopari keladi va
uning shaharga qaytayotgani haqidagi habarni aytadi. Bibixonim machit qurilishini tezroq
tugatishni talab qiladi. Meʼmor qurulishni tezroq tugatish uchun bitta shart qoʻyadi, u ham
boʻlsa Bibixonimning bitta boʻsasi edi.
Nima qilish kerak? Bibixonim rozi boʻlishdan boshqa chora topmaydi. U yuziga yostiq qoʻyib,
yostiq ustidan boʻsaga rozi boʻladi. Lekin yosh meʼmorning boʻsasi shu darajada kuchli va
issiq ediki, u yostiq ustidan ham oʻtib sohibjamolning yuzida iz qoldiradi. Amir Temur
shaharga kirib kelib maschidni zavq bilan tomosha qiladi. U xotini bilan koʻrishayotganda
uning yuzidan harir pardani oladi va uning yuzidagi izni koʻradi. Bundan tutoqib ketgan Amir
Temur gunohkorni topishni soʻraydi. Hamma yosh meʼmorni qidirishga tushadi, lekin u oʻzini
mudhish jazo, oʻlim kutayotganligini bilib, minoraning eng baland nuqtasiga chiqadi va
oldindan tayyorlab qoʻyilgan qanotlarni taqib, Mashharga uchib ketadi…
Samarqand
maqbaralari ichida eng mashhuri Goʻri Amirdir.
Bu maqbara Amir Temurning suyukli
nabirasi
Muhammad Sultonga
atalgan edi, lekin hozirgi
kunda bu yerga Amir Temur, uning oʻgʻillari va boshqa nabiralari, oʻrta asrlarning ulugʻ olimi
Ulugʻbek dafn etilgan, bu maqbara temuriylar maqbarasiga aylangan. Eski Samarqandning
markazi Registon sanaladi. Bu yerga shaharning hamma tomonidan koʻchalar keladi. Eski
davrlarda maydondan katta kanal oʻtgan va u juda koʻp qum uyumlarini oqizib kelgan. Shu
sababli bu maydon Registon nomini olganki, maʼnosi „qumli joy“ yoki „qumli maydon“
maʼnosini anglatadi. Registon XV asrgacha katta savdo markazi boʻlgan.
Ulugʻbek Samarqandni boshqargan 1409-1447-yillarda maydon harbiy koʻriklar, qoʻshinlarni
koʻrikdan oʻtkazish, farmonlar oʻqib eshittiriladigan joyga aylangan. Hozirgi kunda Registon
maydonini uchta madrasa: Sherdor, Tillakori (XVII asrda qurilgan) va Ulugʻbek (XV asrda
qurilgan) madrasalari bezab turibdi. Ulugʻbek madrasasi olimning koʻrsatmasi
bilan
1420
yilda qurilishi boshlangan. Toʻrt burchakli va toʻrt minorali bu madrasaning ichida toʻrtburchak
hovlisi bor va hovliga qaratib toʻrt tomondan hujralar qurilgan. Ulugʻbek madrasasi oʻzining
boy meʼmoriy terma naqshlari, geometrik tuzilishi va osmon aks etib turgan maydoni bilan
fan va madaniyatning buyuk asari sifatida saqlanmoqda.
Ulugʻbek zamonida Samarqand Oʻrta Osiyoning bilim oʻchogʻiga aylandi. Oʻsha davrlarda bu
yerga dunyoning eng taniqli matematiklari, astronomlari, tarixchi olimlari yigʻilishgan.
Ulugʻbek zamonasida tanlab jalb qilingan olimu-fuzalolar, uning observatoriyasida xizmat
qilgan olimlar fanning ajoyib siru-asrorlaridan voqif boʻldilar. Butun jahonning savdogarlari,
shoiru-ulamolari va olimlari „Jahonning qimmatli durdonasi“ atalmish Samarqandga
intilganlar. Samarqandning koʻp
asrlik tarixi
Roʻdakiy
,
Bobur
,
Jomiy
,
Ibn Sino
,
Navoiy
,
Ulugʻbek
,
Muqimiy
,
Furqat
,
Qozizoda Rumiy
kabi fan va sanʼatning ulugʻ mutafakkirlari bilan
chambarchas bogʻliqdir.
Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega. Afrasiyobning
shimoliy sharqidagi tepaliklarda Amir Temurning nabirasi Ulugʻbekning osmon jismlari va
yulduzlarini oʻrganish boʻyicha qurgan
rasadxonasining
bir qismi saqlanib qolgan. Rasadxona
binosi 1449-yilda buzib tashlangan, hozirgi kunda tashrif buyuruvchilar rasadxonaning yer
osti qisminigina koʻrishlari mumkin. Samarqandda tarixiy obidalardan tashqari koʻpgina dam
olish maskanlari ham mavjud.
Taxtaqorachi
dovoni yaqinidagi
Omonqutan maskanida
hozirgacha Samarqand shahri toʻgʻrisidagi qiziq-qiziq afsonalarni eshitish mumkin. Bundan
tashqari ushbu viloytda neandertallar lageri qoldiqlari topilgan.
Samarqand shahrining umumiy maydoni — 120 km². Shahar hududi
Samarqand tumani
bilan
oʻralgan. Samarqand ushbu tuman hududiga kirmaydi va viloyatga boʻysunuvchi shahar va
Samarqand viloyati
maʼmuriy markazi maqomiga ega.
Hozirgi payta Samarqand shahri ichki maʼmuriy-hududiy boʻlinuvga ega emas (
mahallalarni
hisobga olmaganda). Shahar hududini maʼmuriy tumanlarga boʻlish, ilk bor 1939-yilda amalga
oshirilgan edi. Oʻsha yilning 10-fevral kuni Samarqand shahri hududi uch maʼmuriy tumanga:
Bogʻi-Shamol (
ruscha
:
Баги-Шамальский), Jeleznodorojniy (
ruscha
:
Железнодорожный) va
Siyob (
ruscha
:
Сиабский) tumanlariga boʻlindi. Bogʻi-Shamol tumani shaharning markaziy
qismini, Jeleznodorojniy tumani shaharning gʻarbiy qismini, Siyob tumani esa shaharning
sharqiy qismini, Samarqandning tarixiy markazini egallar edi. 1950-yillarda ushbu tumanlar
bekor qilindi. 1976-yilda ushbu tumanlar qaytadan tashkil etildi.
Qayta tashkil etilgan
tumanlarning faqat bittasining nomi oʻzgartirildi: Bogʻi-Shamol tumani — Bogʻishamol
tumaniga. 1990-yillarda Jeleznodorojniy tumanining nomi Temiryoʻl tumaniga oʻzgartirildi.
Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
2003-yilning oxirida Samarqand shahrining barcha uch tumani bekor qilishi haqida qaror
qabul qilindi va 2004-yilning 1-yanvarida ushbu tumanlar bekor qilindi
[9]
.
2015-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Samarqand shahri aholisining umumiy soni 504400
kishini tashkil etadi
[10]
.
Samarqand shahri aholisining asosiy qismini
oʻzbeklar
,
tojiklar
va
eronilar
tashkil etadi.
Shaharda hamda
ruslar
,
armanlar
,
tatarlar
,
koreyslar
,
ozarbayjonlar
,
ukrainlar
,
yahudiylar
,
polyaklar
bor.
Do'stlaringiz bilan baham: