O‘Zbekistondagi Mavjud Suv Muammolari Va Uning Jiddiy Oqibatlari Mavzusini O‘Qitish Metodikasi



Download 13,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/389
Sana27.05.2022
Hajmi13,3 Mb.
#611153
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   389
Bog'liq
JARS V1N6 Dec21 Combine

Worldspan
- bu asosan havo transporti (487 ta aviakompaniya), mehmonxonalar (39 ming 
mehmonxona va 216 ta mehmonxona tarmog'i), ekskursiya byurolari, teatrlar, avtmobillarni ijaraga 
berish kompaniyalari (45 ta yirik ijara kompaniyalari) uchun bronlarni amalga oshiradigan axborot 
tizimi. Tizimdan butun dunyo bo'ylab 25 mingdan ortiq sayyohlik kompaniyalari foydalanadi. Ushbu 
tizimlarni tahlil qilib, shuni aytishimiz mumkinki, o'z mahsulotini GDS tizimlarida taqdim etuvchi 
mehmonxona darhol millionlab potensial mijozlar va 800 mingdan ortiq sayyohlik agentliklariga kirish 
huquqiga ega bo'ladi. Bunday holda, mehmonxona har xil turdagi xarajatlarni kamaytirish orqali o'z 
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi [20-23]. 
Barchamizga ma`lumki turistlar biror hududga sayohatga borgandan so`ng o`sha hududning milliy 
taomlaridan tatib ko`rishni istashadi. Bunda esa restoranlarning roli katta. Zamonaviy restoran 
industriyasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan yangi ilovalar va xizmatlar tobora 
ko'payib bormoqda. Dunyodagi eng mashhur onlayn bronlash xizmati bu – OpenTable bo`lib, ushbu 
servis AQSHda va dunyoning 19 mamlakatida stol bron qilishda o`z mijozlariga xizmat ko`rsatmoqda. 
Ammo boshqa servislar ham borki ular boshqa tomonlama xizmat ko`rsatishadi.Misol uchun Resy va 
Table8, ular yuqori darajali va stol band qilish qiyin bo`lgan restoranlarda oldindan stol band 
qilib,keyin uni o`z mijozlariga sotadi.Xizmat haqi 20$ atrofida bo`ladi va bu narx mijozning talabiga 
qarab o`zgarishi mumkin. Stollarni onlayn bronlash restoranlarga foyda keltirish bilan birga zarar 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
371 
keltirishi ham mumkin. Birinchi foydali tomonlariga to`xtalib o`tsak, onlayn bron qilish mijozlarga 
katta qulaylik yaratadi va mijozlar oldingidek vaqt sarflab restoranga kelib bron qilishlari endi shart 
emas. Hamda mijozlar onlayn bronlashi natijasida ular haqida aniq ma`lumotlar to`plashga va ularga 
vaqti-vaqti bilan menyuga kiritilgan o`zgarishlar haqida eslatmalar yuborib turishga yordam beradi.Bu 
esa mijozlar soni oshishi va daromad ko`payishiga olib keladi. 
Barcha restoranlar ham o`zlarining onlayn bronlash tizimiga ega emas va ular boshqa internet saytlari 
bilan hamkorlik qilishga majbur bo`lishadi. Ular mijoz va restoran o`rtasida vositachi bo`lib xizmat 
qiladi.Ba`zi “ishbilarmon”saytlar restoranlarda oldindan stol bron qilib uni o`z narxidan bir necha 
baravar qimmatga mijozlarga sotishi mumkin,bu esa restoran obro`siga katta putur yetkazishi mumkin. 
Dunyoda juda ko`plab mashhur restoranlar mavjud bo`lib, ular o`zlarining mazali taomlari bilan va 
yuqori sifatli xizmat ko`rsatishi bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Shulardan biri bu Parijdagi Eyfel minorasida joylashgan Le Jules Verne restorani.Parijga Eyfel 
minorasini ko`rish uchun har yili Fransiyaga millionlab turistlar tashrif buyurishadi va o`ylaymanki 
ularning har biri minora ustida bir marta bo`lsa ham tushlik qilish orzusida bo`lishadi.Minora ustidan 
ko`rinadigan manzara va mazali tushlik o`zgacha hissiyotlar berishi aniq.Restoranda 3 ta taomdan 
iborat lanch 105 yevro,kechki ovqat esa 190 - 230 yevro atrofida bo`ladi.Restoran o`zining saytiga ega, 
booking.lejulesverne-paris.com va u orqali siz bemalol restorandan stol bron qilish imkoniyati egasiz. 
Siz ushbu sayt orqali stol bron qilishingiz mumkin, faqatgina bir necha oy oldin bron qilishingiz 
mumkin.Bu esa restoran qanchalik mashhur ekanligiga isbot bo`ladi. Agarda siz sayt orqali stol 
buyurtma qilmoqchi bo`lsangiz tushlik uchun 135 yevro, kechki ovqat uchun esa 190 yevro oldindan 
to`lov qilishingiz kerak bo`ladi. Mabodo belgilangan vaqtda kelmasangiz ushbu to`lov jarima sifatida 
qaytarib berilmaydi. 
O`zbekiston turizm resurslariga shunchalar boyki, deyarli barcha turizm turlarini yaratish mumkin. 
Barchamizga ma`lumki hozirgi kunda yurtimizda o`nlab turizm turlari mavjud bo`lib,bularga sport 
turizmi,ziyorat 
turizmi,ekstremal 
turizm,gastronomik 
turizm,etnik 
turizm,ekoturizm,yoshlar 
turizmi,madaniy turizm va boshqalarni aytishimiz mumkin. Bugunga kelib O`zbekistondagi xorijiy va 
mahalliy sayyohlarga mo‘ljallangan mehmonxonalar soni 966taga yetdi, yana 138tasida qurilish ishlari 
davom etmoqda. O`zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimining keskin ortib borishi hududlarda 
tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yangi turizm obektlarini tashkil etishga turtki berib, joriy yilning 
o‘tgan davri mobaynida hududlarda jami 2038 o‘rinli 40 mehmonxona qurilib, foydalanishga 
topshirildi.Albatta yurtimizda ham mehmonxoanlarda onlayn tarzda xona bron qilish imkoniyati 
mavjud. Quyidagi mybooking.uz va booking.com saytlari orqali siz o`zingizga qulay bo`lgan 
mehmonxonada xona bron qilishingiz mumkin. O`zbekistonda onlayn turizm qanchalik darajada 
rivojlanganligi va uning ahamiyati haqida to`xtalib o`tamiz. Ayni paytda Turizmni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi tomonidan onlayn turizmni rivojlantirish, tadbirkorlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo
ʻ
mitasi va uning huzuridagi Milliy 
PR markazi O
ʻ
zbekistonda turizm bo
ʻ
yicha virtual sayohatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi 
online-tourism.uz saytini yo
ʻ
lga qo
ʻ
yish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu O
ʻ
zbekiston bo
ʻ
ylab virtual 
sayohat qilish imkonini taqdim etuvchi birinchi platforma bo
ʻ
ladi. Amalga oshirilayotgan ishlar o`z 



Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish