JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
368
Onlayn turizm bu-eng yaxshi masofaviy ekskursiyalar va virtual sayohatlardir.
Bu yozning
tendentsiyasi onlayn turizmdir. Siz smartfoningizda yoki kompyuteringizda bir nechta tugmalarni
bosish bilan dunyoning istalgan nuqtasiga borishingiz mumkin va bunday turlar mutlaqo bepul. Demak,
hayotingizni sayohatlarsiz tasavvur qila olmasangiz, virtual turizm sizga kerak. Onlayn turizm ko`plab
yo`nalishlarni o`z ichiga qamrab oladi. Masalan virtual sayohat, mehmonxonalarda xona bronlash,
aviachiptalarni onlayn bron qilish, rentakar xizmatidan foydalanish, restoranlarda onlayn stol bronlash
va boshqa turizm o`z ichiga oluvchi xizmat turlarini misol qilib keltirish mumkin.
Keling barchasiga bir boshidan to`xtalib o`tsak, virtual sayohat hozirgi
kunda katta mashhurlikka
erishmoqda va bunga asosiy sabablardan biri bu – pandemiya. Butun dunyodagi pandemiya sababli
deyarli barcha insonlar o`z uylarida qolishga majbur bo`ldilar. Bu esa turizm industriyasiga katta zarar
keltirdi. Faqatgina o`z xizmatlarini onlayn shaklda taklif qiladigan turagentliklar inqirozdan qutulib
qolishdi. #QuarantineTravel - ushbu heshteg yordamida siz sayyoramizdagi ajoyib joylar haqida
gapirib
beradigan, sirlarni ochib beradigan va foydali sayohat maslahatlari bilan o'rtoqlashadigan o'n
mingga yaqin nashrlarni topishingiz mumkin. Aytgancha, har kim o'zining sayohat blogini yaratishi
mumkin. Ehtimol, siz o`z shahringizda joylashgan tarixiy inshootlar va tabiat go`zalliklarini hamda
diqqatga sazovor joylar haqida gapirib berishni xohlarsiz?
Bir necha yil oldin biz dunyo bo`ylab erkin sayohat qilishimiz mumkin edi,ammo har doim shu tariqa
davom etadi deb o`ylardik.Vaqt bizga ertangi kunda nimalar sodir bo`lishini bilmasligimizni ko`rsatib
qo`ydi.Pandemmiya bizni ko`p narsalarga nisbatan o`z qarashlarimizni o`zgartirishga
va erkinlikni
ko`proq qadrlashga majbur qildi.Oldinda bizni nimalar kutayotgani noma`lum.Yaqin 2 yil ichida
insoniyat og`ir davrlarni boshidan kechirdi.O`tmishdagi barcha qiyinchiliklar singari bu safargi sinovni
ham yengib o`tishimizga ishonamiz [1-6].
Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi tufayli siz uyingizdan chiqmasdan dunyo bo`ylab sayohat
qilishingiz mumkin va bu fantaziya emas balki haqiqat.Onlayn kameralar,virtual
ekskursiyalar,yuqori
sifatli video va suratlar olish,ixtisoslashtirilgan saytlar dunyoni tushunish imkoniyatlarini sezilarli
darajada kengaytiradi.To`g`ri virtual sayohat orqali siz ko`rgan joyingizdagi mahalliy aholi bilan
suhbatlasha olmasligingiz yoki mahalliy taomlardan tatib ko`rolmasligingiz mumkin,lekin
karantinda
har qanday sayohat qila olish imkoniyati qadrlidir.Virtual sayohatlar tobora ommalashib bormoqda va
2020-2021 yillarda yangi bosqichga ko`tarildi. Agar ilgari dunyoning turli xil burchaklarini maxsus
servislarda o`rnatilgan kameralar yoki oldindan yozib olingan videolarda ko`rish mumkin bo`lgan
bo`lsa, bugungi kunga kelib onlayn turizmning butun boshli yo`nalishi shakllandi.Fikrimcha sayohat
qilishning bu formati katta salohiyatga ega va smartfonlar, kompyuterlar va internetning sharofati bilan
millionlab
auditoriyaga
ega
bo`lmoqda.Shaxsan
men
virtual
sayohatni
qiziqarli
deb
hisoblayman,chunki virtual sayohat kelajakdagi haqiqiy sayohat qilish uchun poydevor vazifasini o`tab
berishi ham mumkin.Yana bir ijobiy tomoni bu – imkoniyati cheklangan insonlar va kam daromad
topadiganlar uchun virtual sayohat
aynan kerakli servis turi,ular uylaridan chiqmasdan o`z
o`rindiqlarida o`tirib atigi 5-10$ evaziga bemalol dunyoning istalgan nuqtasida real vaqtda bo`lish
imkoniyatini beradi.