JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
Volume: 01 Issue: 06 | 2021
ISSN: 2181-2608
525
Xalqaro tashishlarda kuzatilayotgan asl muammolardan biri bu
O‘zbekistonning tranzit salohiyatidan
to‘liq foydalana olmayotganini aytishimiz mumkin. Ushbu muammo bo‘yicha 2020 yilning 24
yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy
Majlisga murojaatnomasida
quyidagi so‘zlarni ta’kidladi.
“Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar qo‘llash,
yangi istiqbolli yo‘nalishlarni shakllantirish hisobiga bizdagi tranzit salohiyatini hozirgi 7 million
tonnadan 16 million tonnaga
yetkazish imkoniyati mavju
d. Bir paytlar butun O‘zbekiston chegarasini
20 yil yopib oldik, biz orqali o‘tadigan yuklar boshqa davlatlardan o‘tib, ularga tranzit pullarini
to‘lagan. Hozir bizdan 7 million tonna o‘tayapti. Lekin imkoniyatimiz 16 million tonnaga yetadi.
Tasavvur qilin
glar, shuncha tonnadan qancha tranzit puli O‘zbekistonga qoladi.”
Shuningdek xalqaro tashishlarda quyidagi muammolar aktual bo‘lib qolmoqda :
yevrostandartdagi yoqilg‘i bilan ta’minlanmaganlik;
zamonaviy logistika markazlarining yetarli darajada emasligi;
logistika korxonalari rivojlanishi uchun soliq tizimining noqulayligi;
kabotaj muammosi ;
temiryo‘lda yo‘nalishli tashuvlarning joriy etilmaganligi
Yuqoridagi aktual muammolarning sabablari :
yoqilg‘i sifatini halqaro sstandartiga javob bermasligi (bizda aksariyat yoqilg‘ilar yevro 4 tandartga
javob beradi, xalqaro tashishlarda kamida yevro 5 standartga javob berishi kerak)
hozirgi aksariyat logistika markazlarimizning jahon standartiga to‘liq
javob bera olmasligi va
ularning sonini keskin past ekanligi
XULOSALAR
Logistika samaradorlik indeksi faqatgina logistika va transport sohasiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, unga
boshqa sohalar ham, jumladan iqtisod,
axborot texnologiyalari, geologiya, ekologiya va boshqa shu
kabi sohalar bevosita ta’sir ko‘rsatish malum bo‘ldi.
Bu esa davlatlar, o‘zlarida mavjud
imkoniyatlardan iloji boricha maksimal tarzda foydalanish orqaligina LPI reytingida yuqori o‘rinlarni
ko‘zlashi mumkunligini ko‘rsatadi.
Sohada xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi ham muhim ahamiyatga ega hisoblanib,
yangi
zamonaviy logistik markazlarni qurilishiga va so‘nggi texnologiyalarni mamlakatimizga kirib kelishiga
hamda samaradorlik ko‘rsatkichini sezilarli oshishiga xizmat qilishi mumkun.
Ushbu reyting shuningdek, davlatlar logistika samaradorl
igining qaysi ko‘rsatkichida oqsayotgani va
qaysi ko‘rsatkichida belgilangan maqsadlarni amalga oshayotganini ko‘rish
va tahlil qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Aynan shu jihat logistika samaradorligi indeksini dolzarb jihatlaridan biri
hisoblanadi. Mam
lakatimiz ham LPI reytingida yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish uchun boshqa
sohalarda bo‘lgani kabi, ko‘plab chora
-tadbirlarni amalga oshirmoqda,
mavjud muammolar