Raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo’llanilishi
Tursunov F.S. (bakalavr)
Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Abdullayev.D.H.
Har qadamda yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishlar bo‟layotgan
bizning hozirgi zamonimizda axborot texnologiyalarining o‟rni beqiyosdir.
Ayniqsa ta‟lim sohasida ulkan o‟zgarishlar yuz bermoqda. Muhtaram
Priezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytganlaridek:
“
Yoshlarimizga munosib ta‟lim berish, ularning ilm-fanga bo‟lgan intilishlarini
ro‟yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta‟lim tizimini
rivojlantirishimiz, o‟rta va oliy o‟quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va
o‟quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.”[1]
Darhaqiqat, agar ta‟lim sifatini ko‟tarsak, yaqin kelajakda bu o‟z mevasini
bermasdan qolmaydi. Buning turli-tuman yo‟llari mavjud. Rivojlangan davlatlar
tajribasidan foydalanib, milliyligimizdan cheklashmagan holatda o‟zimizning
ta‟lim berish jarayonimizni takomillashtirishimiz zarur. Buning zaruriy
shartlaridan biri-ta‟lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish.
2017-yilda axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimiz
hududlarida 2300 km optik tolali a‟loqa tarmoqlari qurilib, 5,7 mln dollar mablag‟
jalb etildi. Bu o‟z navbatida oliy ta‟lim muassasalari moddiy texnik bazasini
mustahkamlash va yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan
yaxshilashga hizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalar asl mazmuni o‟zi nima? “Texnologiya” so‟zi
yunoncha “techne”-san‟at , mahorat va “logos”- ta‟limot so‟zlaridan olingan
bo‟lib, san‟at haqidagi fan, ta‟limot degan ma‟noni bildiradi. Kompyuter xotirasi-
bu, maxsus elektron yacheykalar to‟plami bo‟lib, ularning har biri nol va birlar
kombinatsiyasidan iborat bir axborot saqlab qoladi.[2] Aynan shu sababli ham bu
turdagi texnologiyalar raqamli texnologiyalar deb ataladi. Kompyuterning asosini
tashkil etishi bilan bir qatorda raqamli texnologiyalar zamonaviy hayot asosi
bo‟lgan Internetning o‟zagi hisoblanadi. Internet-bu yagona standart asosida
faoliyat ko‟rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‟idir. Uning nomi
“tarmoqlararo” degan ma‟noni bildiradi.[3] Dars jarayonida aynan intenetni
kiritsak qanday bo‟ladi? WiFi orqali har qanday kerakli ma‟lumotni tezda qidirib
topish bilan birga, guruhda turli munozaralar olib borish imkoni bor. Bundan
tashqari Internetdagi “Imo” programmasi orqali dunyoning istalgan yerida turgan
xorij professori, talabasi qo‟yingki istalgan insoni bilan fikr almashiladi. Masofali
o‟qitishda foydalaniladigan axborot texnologiyalari quyidagi uchta guruhga bo‟lish
mumkin.
*Ta‟lim axborotlarini taqdim etish
*Ta‟lim axborotlarini uzatish
*Ta‟lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash
Ular birgalikda masofali o‟qitish texnologiyalarini tashkil etadi.Vaqt o‟tib
raqamli texnologiyalar rivojlanib borib to hozirgi holatga yetib keldi. Bunday bir
vaziyatda raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas bir bo‟lagi bo‟lib qoldi.
Ta‟limda kompyuter texnologiyasini qo„llash quyidagilar amalga oshirishga imkon
beradi:
* talaba-yoshlarni bilim olishini faollashtiradi;
* o„qitishning mazmunini boyitadi, bilim olishni shaxsiylashtiradi;
* talabalarning bilimlarini modellashtirishga va mustaqillikka o„rgatadi;
* har qanday o„quv vositalaridan kompleks foydalanishga ko„niktiradi;
* kompyuter yordami bilan o„z bilimlarini tekshirishga, yo„l qo„ygan xatolarni
aniqlashga va ularni yo„qotish yo„llarini qidirishga o„rgatadi va boshqalar.
Dunyo tajribasi shuni ko‟rsatadiki qaysi mamlakat ta‟limga katta e‟tibor
bersa, unda albatta iqtisodiy yuksalish shunchalik ko‟p bo‟ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (28.12.2018y.)
2.R.X.Alimov. “Axborot texnologiyasi va tizimlari” ,Т.: 2011.-36b.
3.A.R.Miraximov., S.I.Raxmonqulova. “Internet va undan foydalanish asoslari”,
T.: 2001-38 b.