O`zbekistonda rus tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar Tursinova Ma’muraxon Teshaboyevna, Farg`ona viloyati Quva tumani



Download 1,32 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi1,32 Mb.
#214353
Bog'liq
Quva tumani 37


O`zbekistonda rus tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar

Tursinova Ma’muraxon Teshaboyevna,

Farg`ona viloyati Quva tumani

37-umumiy o`rta ta’lim maktabi

rus tili fani o`qituvchisi

Farg`ona, O`zbekiston.

2021 yilda 100 nafar rossiyalik mutaxassis mamlakatimizga kelishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi.

2020-yil 11-oktyabr kuni Toshkentdagi 129-maktabda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligi hamda Alisher Usmonovning «San’at, fan va sport» xayriya jamg‘armasi hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida rus tili va umumiy fanlarni rus tilida o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan memorandum tuzildi. Memorandum O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko tomonidan imzolandi.

Usmon Sharifxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini oshirish dasturi nafaqat ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytiradi, balki O‘zbekiston ta’lim muassasalarida rus tilida yuqori saviyada ta’lim olish uchun qulay sharoit yaratadi. A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti Dastur operatori bo‘lib, ular yordamida Rossiyaning malakali mutaxassislari (o‘qituvchilar va metodistlar) O‘zbekistonning o‘zbek tilida dars o‘tiladigan maktablarda rus tili o‘qituvchilarining malaka oshirishlariga yordam beradi.

Loyihasining ilk bosqichida 32 nafar rus metodistlari mahalliy maktablar o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida rus tilini bilish darajasini nazorat qilish uchun O‘zbekistonga yetib keldi. Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish sifatini baholaydi hamda hamkasblariga tilni o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. O‘zbekistonga yo‘naltirilgan mutaxassislar soni har yili 100 nafarga ko‘payadi.

Dasturning barcha bosqichlari 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni qamrab oladi. Memorandumni imzolash chog‘ida Rossiyaning San’at, fan va sport jamg‘armasi asoschisi Alisher Usmonov marosim ishtirokchilariga video murojaat yo‘lladi: “Rossiya va O‘zbekiston bir-biri bilan umumiy tarix va madaniy meros bilan chambarchas bog‘liqdir. Men o‘zim rus tilidagi maktabni tugatganman, shuning uchun vatanimda rus tilini o‘qitish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati, Rossiya Federatsiyasi maorif vazirligining bunday uzoq muddatli va strategik tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganimdan juda mamnunman. Ishonchim komilki, bu nafaqat ta’limni qo‘llab-quvvatlash, balki umumiy an’ana va iste’dodlarimizni qo‘llab-quvvatlashdir. Ushbu tashabbus muvaffaqiyatli bo‘ladi va butun O‘zbekiston aholisi tomonidan yaxshi qabul qilinadi, shuning uchun men unga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman".

"Rossiya oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarimiz juda yaqin, ular bizga yangiliklar bilan tanishishda yordam bermoqda. Bir zamonlar, rus va zamonaviy adabiyot boʻyicha qoʻllanmalar borasida qiynalganmiz, materiallar yetishmagan, manbalar kam boʻlgan. Hozir unday muammolar yoʻq – bizga kitob va jurnallar yetkazib berib turishibdi. Tomsk, Qozon, Ufa, Sank-Peterburg, Shimoliy Kavkaz oliy taʼlim muassasalari vakillari tashrif buyurib, seminarlar oʻtkazishmoqda. Bu seminarlarda nafaqat oʻqituvchilar, balki talabalar va doktorantlar ham ishtirok etyapti", - deydi gʻurur bilan Shahnoza Ishniyazova, tadbirda ishtirok etgan o`zbekistonlik o`qituvchi.

Shuningdek, Farg`ona viloyati Quva tumani 37-umumiy o`rta ta’lim maktabida 2021-yil 4-may kuni “9-may Xotira va qadrlash kuni” ga bag`ishlab rus tili fani doirasida navbatdagi seminarning tashkil etilishi buning isbotidir..

Seminarda Quva tumani XTB rus tili fani metodisti B.Rahmonov, tuman rus tili fani yetakchi o`qituvchilari, mahalla faxriy urush qatnashchilari, faxriy ustozlar, Vatan himoyachilari: Milliy gvardiya hodimlari, Farg`ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti talabalari va ustozlari hamda 37-maktab xodimlari, o’qituvchilari va o’quvchilari qatnashdilar.

Seminarda maktab direktori L.Usmonaliyev so`zga chiqib, 9-may Xotira va qadrlash kuni bilan yig`ilganlarni tabrikladi. Bugungi kunda bayram munosabati bilan tashkillangan seminar ko`tarinki ruhda o’tkazlganligini ta’kidlab, maktabda rus tili fanini o`qitish talab darajasida ekanligini aytib, bunda ustozlarimiz A.Polvonov, A.Qo`chqorov, M.Tursunovalarning xizmatlari katta ekanligini alohida ta’kidladi. Rus tili fani o`qitilishi qay darajada ekanligini bugungi seminar misolida ham ko`rishimiz mumkinligini aytib o`tdi.

Quva tumanidan tashrif buyurgan yetakchi rus tili o`qituvchilari ham o`tkazilgan seminar va rus tili fani doirasida qilingan ishlarni ijobiy baholab, o`zlarining iliq fikr-mulohazalarini bildirdilar. Seminarda Quva tumani XTB rus tili fani metodisti B.Rahmonov so`zga chiqib, o`z fikr-mulohazalarini bildirdi va bugungi kunda rus tili fanidan olib borilayotgan ishlarni bugungi seminar doirasida ham ko`rishimiz mumkinligini ta’kidladi. Seminar noan’anaviy tarzda o`tkazilganligi, darsdan tashqari innovatsion yo`l bilan rus tili fanini rivojlantirish bo`yicha qilingan maktab rus tili fani o`qituvchilarining ishlarini namunali deb topdi.

1-rasm. Quva tumanida tashkillashtirilgan seminardan lavha.

Bundan tashqari 43-maktab o`qituvchisi M.Aliqulov, 8-maktab o`qituvchisi M.Ergashov, 48-maktab o`qituvchisi I.Egamberdiyeva, 41-maktab o’qituvchisi G.Jaloldinovalar so`zga chiqib, seminar hammada katta taassurot qoldirgani, seminar to’liq holatda rus tilida olib borilgani, o`quvchilarning rus tilida ravon so`zlashlari barchani bu seminarni ommalashtirish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirdilar.

Seminar yakunida Quva tumani XTB rus tili fani metodisti B.Rahmonov so`zga chiqdi va bildirilgan fikrlarni inobatga olib, 37-maktab o`qituvchilarining sinfdan tashqari ishlarini tuman miqiyosida ommalashtirish fikrini ma’qulladi. Ushbu taklif bir ovozdan ma’qullanib, qaror qabul qilindi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. https://review.uz/uz/post/alisher-usmonov-ozbekistonda-rus-tilini-oqitish-darajasini-yaxshilashga-moliyaviy-yordam-korsatmoqda

  2. https://zamin.uz/uz/jamiyat/63487-ikkinchi-ona-tilimiz-ozbekistonda-nega-rus-tilini-organishadi.html

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish