Oʼzbekistonda millatlararo munosabatlar va bagʼrikenglik fani predmeti, uni oʼrganishning ahamiyati. Globallashuv va tolerantlik Reja


Fanni oʼrganilishining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati



Download 30,52 Kb.
bet5/8
Sana29.04.2022
Hajmi30,52 Kb.
#590619
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-маъруза

2.Fanni oʼrganilishining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati.
Har qanday koʼpmillatli davlat kabi Oʼzbekistonda ham mamlakatda istiqomat qilayotgan millatlar oʼrtasida hamjihatlik va hamkorlik muhitini taʼminlash hayotiy muhim, ustuvor ishdir. Oʼzbekiston aholisining 64 foizni yoshlar tashkil etilishini va “Yoshlar davlati” hisoblanishini eʼtiborga olsak, ularni “Vatan”, “Ona yurt” tushunchalarini chuqur idroq etish, millat va elatlar istiqomat qilayotgan Oʼzbekistonni oʼz Vatani va ona yurti deb tushunishi dunyoqarashini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tolerantlik, yaʼni bagʼrikenglik koʼngil holati boʼlib, alohida olingan jamiyatda bagʼrikenglik ongini vujudga keltirish muayyan darajada murakkab vazifa hisoblanadi. Bagʼrikenglikning samaradorligi uning shakl-tamoyili mazkur jamiyatdagi ustun ong xarakteriga qanchalik muvofiqligiga bogʼliq. Bu narsa avloddan-avlodga oʼtib kelayotgan ong hamjamiyatning poydevori ekanligi bilan belgilanadi. Butun insoniyat tarixi davomida til birligi va etnik yaqinlik tuygʼusi insonlar hamjamiyatining asosi boʼlib kelgan.
Taʼlim sohasidagi bagʼrikenglik haqida toʼxtaladigan boʼlsak, bu masalada pedagogika jarayonini aniq maqsadni koʼzlab, asosli ravishda qayta qurish, chunonchi, taʼlimning mazmuni, tarbiyaviy vositalari va oʼquv usullarini puxta oʼylab tanlash, oʼquvchi va talabalarning darsdagi va darsdan tashqari mashgʼulotlarini nihoyatda puxta oʼylab yoʼlga qoʼyish, avvalo, bagʼrikenglikni yoshlar ongiga singdirish uslubini chuqur ishlab chiqish kerak boʼladi. Shuni nazarda tutish kerakki, yoshlar ongida yangicha qadriyat tushunchasini shakllantirish koʼp jihatdan taʼlim tizimi qanday tashkil etilishiga bogʼliq ekanligini unutmaslik kerak. Binobarin, Oʼzbekistonning barcha taʼlim muassasalarida yoshlarni ezgulik, adolat, demokratiya qadriyatlari ruhida tarbiyalashga, ularni mustaqil oʼz-oʼzini rivojlantirish, oʼz-oʼzini tarbiyalashga tayyorlik, ijtimoiy faollik, xilma-xil axborotlardan toʼgʼrisini tanlash va ularni tanqidiy baholashga, bilimlarning yangi-yangi sohalarini oʼrganishga ishtiyoqmand qilib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor berilishi talab qilinadi.
Mamlakatimiz yosh fuqarolarining mentaliteti, binobarin, umuman jamiyatning muttasil rivojlanishi oʼquv yurtlarida yoshlarning insonparvarlik taʼlimini modernizatsiyalash muvaffaqiyatiga bogʼliqdir. Shunday qilib, bagʼrikenglik jamiyat turmushining barcha jabhalarida namoyon boʼladigan jahon va mintaqa miqyosida ham, milliy miqyosda ham boʼrtib koʼrinadigan haqiqatga aylanmogʼi oliy maqsad boʼlib hisoblanadi. Bagʼrikenglikni zamonaviy jamiyat hayotining universal qadriyatlaridan biriga aylantirish, jahon miqyosidagi tamoyillarni kuchaytirish va milliy oʼziga xoslikni saqlab qolish hayotiy kontseptsiyamizning bosh maqsadiga aylanmogʼi lozim. Hozirgi joʼshqin davrimizda Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan tub oʼzgarishlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash tadbirlarida umumbashariy va milliy qadriyatimizga aylanib borayotgan bagʼrikenglik tamoyillari yaqqol koʼzga tashlanayotganligi quvonchli holdir.
Аgar masalaga chuqurroq nazar tashlaydigan boʼlsak, biz yashab turgan davrda bagʼrikenglik, keng maʼnoda olganda, umuman, jahondagi ilgʼor tajriba zamiridagi umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarni va madaniy xalqlar milliy turmushidagi yaxshi anʼanalarni davom ettirib, rivojlantirish barobarida oʼzaro hurmat, birdamlik va hamnafaslikka zamin yaratadi.
Xullas, globallashuv sharoitida sivilizatsiya zamirida orttirilgan va milliy madaniyatlar zaminida rivojlanib borayotgan umumbashariy qadriyatlar yuksak samarali kommunikatsion-dunyoqarash texnologiyasiga aylanib, zulmsizlikni zamonaviy insonlarning kundalik turmush tarziga, jamiyat va davlatlarning hayot faoliyatiga aylantirmoqda. Oʼzbekistonda odamlar oʼrtasida zamonaviy bagʼrikenglik mavzui mustaqillik sharoitida, chinakam fuqarolik jamiyati qurilganidan keyin haqiqiy maqomga ega boʼlganligini alohida taʼkidlamoq kerak. Shu munosabat bilan bagʼrikenglikni jamiyatda mustahkam totuvlik va barqaror taraqqiyotning pishiq-puxta poydevorini yarata oladigan insoniy ong va feʼl-atvorning tarkibiy qismi deb bilmoq darkor. Mana endi maʼnaviy-ijtimoiy fazilat tariqasidagi bagʼrikenglik shaxs, millat, jamiyatning qimmatbaho bisotiga aylandi, desa boʼladi. Bagʼrikenglikning mohiyati mazkur atamaning chin mohiyati namoyon boʼlishi bilan yuzaga chiqishini ana shundan bilib olish mumkin.
Bagʼrikenglik oʼzgalarning haq-huquqiga daxl qilmaydigan, insonparvarlik tamoyillarini va amaldagi qonunlarni oyoqosti qilmaydigan turli fikrlar va hatti-harakatlarga nisbatan faol va halol ochiq koʼngillik boʼlib hisoblanadi.
Bundan chiqadigan maʼno shuki, bagʼrikenglik inson dunyoqarashining asosi boʼlib, fuqarolarning konstruktiv ongiga va mamlakatdagi barqarorlikka faol taʼsir oʼtkazishga koʼmaklashadi. Аgar oʼtmishga nazar tashlasak, Oʼzbekiston oʼzining uch ming yillik tarixi davomida bagʼrikenglik oʼlkasi boʼlib keldi, odamlar ongi va shuuridagi bu fazilat aslida Movarounnahrda paydo boʼlgan, deb aytish uchun barcha asoslar bor, deb bemalol daʼvo qila olamiz va bu bilan faxrlanishga haqlimiz. Oʼtmishdagi Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Аmir Temur, Navoiy, Bobur kabi bobolarimiz benihoya insonparvar, qalbi daryo shaxslar boʼlganligi buning dalilidir.

Download 30,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish