13-MAVZU. MINTAQA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Reja:
Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat.
Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi.
3. О‘zbekistonda mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish.
Mintaqa iqtisodiyoti va mintaqaviy siyosat
“Mintaqa” tushunchasi jahon yoki mamlakat hududining bir qismiga nisbatan qо‘llaniladi.
Mintaqa jahon territoriyasining bir qismi sifatida, о‘z ichiga geografik, siyosiy, iqtisodiy, yekologik, yetnomadaniy, harbiya va boshqa mezonlar hamda yondashuvlar asosida bir necha mamlakatlarni oladi. Masalan, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, О‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy, Sharqiy Osiyo va boshqa mamlakatlar turkumi, mintaqalari mavjud. Bir alohida olingan mamlakat о‘z ichida viloyatlar, tuman va shaharlar geografik, iqtisodiy-siyosiy, yetnomadaniy, yekologik, axborot va boshqa mezonlar bо‘yicha ma’muriy hududiy birlik sifatida uning mintaqalarini tashkil yetadi. Mintaqa iqtisodiyotining shunday tuzilmalari mavjudki, ular har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotida, mustaqil xо‘jalik yuritishda alohida о‘rin tutadi va о‘zining tabiiy iqlim, geografik joylashuvi, tabiiy mineral va xom ashyo resurslarining zaxiralari, mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish salohiyati, tarmoqlari va sohalarining ham infratuzilmasi miqyosi, aholisining urf-odat va an’analari, mahsulot ishlab chiqarish bо‘yicha ixtisoslashuvi hamda ijtimoiy mehnat taqsimotidagi hissasi, aholi jon boshiga ishlab chiqargan hududiy yalpi mahsuloti kabilar bilan farqlanadi.
Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirish kо‘zda tutiladi:
Mintaqadagi barcha resurslardan (moddiy, moliyaviy, mehnat) foydalanib, ishlab chiqarishning jadalligi va mutanosibligini ta’minlash ham shu asosda uning samaradorligini oshirish.
Mintaqalarning istiqboldagi rivojlanish sur’atlarini aniqlash. Bunda mahalliy resurslardan tо‘liq foydalanishga ye’tibor berish.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan ishlab chiqarishda keng foydalanish. Buning uchun mintaqada ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmni yaratish, rejalashtirishni yanada demokratlashtirish lozim.
Mintaqalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat mintaqaviy siyosatining muhim tarkibiy qismi mintaqaviy iqtisodiy siyosat hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiy siyosat maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari mintaqaviy rivojlanish maqsadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Davlatning mintaqaviy iqtisodiyotga bevosita, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aralashishi ma’muriy vositalardan foydalanish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Bu usullar davlat hokimiyati kuchiga tayanish, ruxsat berish, man qilish, majburlash choralarini о‘z ichiga oladi.
Ma’muriy usullar о‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzgan ayrim korxonalarga nisbatan majburlash imkoniyatlarini ham kо‘zda tutadi. Ma’muriy usullar yordamida mahalliy boshqaruv organlari davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini tartibga soladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududiy tabiiy resurslardan foydalanish hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi (13.1-jadval).
13.1-jadval
Mintaqaviy (hududiy) takror ishlab chiqarish jarayonlarini tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari1
Ma’muriy usullar
|
Iqtisodiy usullar
|
Boshqarish qarorlarini tayyorlash va amalga oshirish uchun sharoit yaratishga yо‘naltirilgan aniq manzilli topshiriqlar berish
|
Umumiy iqtisodiy qonun-qoidalarga, tamoyillarga tayanadi
|
Boshqariladigan ob’yektlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir kо‘rsatishda boshqarish organining manfaatini ustuvor ravishda kо‘zlash
|
Boshqariladigan ob’yektlarga bilvosita ta’sir kо‘rsatiladi, turli mulkchilik shakllardagi korxonalarning iqtisodiy manfaatlari hisobga olinadi
|
Qabul qilinadigan qarorlar uchun asosiy mas’uliyat boshqarish organi zimmasida bо‘lib, boshqariladigan ob’yektning huquqlari cheklangan
|
tо‘liq mustaqillikka yega bо‘lishi, о‘z faoliyati va uning oqibatlari uchun yuqori mas’uliyatli bо‘lishi taqozo yetiladi
|
Ma’muriy farmoyishlar, rejalar direktiv xarakterga yega, ularni bajarish majburiy hisoblanib, undan chetlanishga yо‘l qо‘yilmaydi
|
Xо‘jalik subyektlarini о‘zining iqtisodiy manfaati nuqtai nazaridan va iqtisodiy riskni ye’tiborga olgan holda muqobil qarorlar tayyorlash va oqilona yechimlar topishga undaydi
|
Mintaqaviy xavfsizlik
tabiiy-texnogen xavfsizlik
oziq-ovqat xavfsizlik
umumiqtisodiy xavfsizlik
ijtimoiy-siyosiy xavfsizlik
ijtimoiy (shaxsiy va mulkiy) xavfsizlik
13.1-rasm. Mintaqaviy xavfsizlik tarkibi
2. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi
Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mintaqaviy siyosatning muhim yо‘nalishi hisoblanadi. Bu borada kо‘zlangan asosiy maqsad asosiy maqsad mamlakat va uning mintaqalari raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga yerishish quyidagilarga yо‘naltiriladi:
mamlakat va uning mintaqalarini xalqaro bozorlar bilan integratsiyalshuvini ta’minlash, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini mintaqa va hududlar bо‘yicha oqilona joylashtirish, ularning о‘zaro aloqadorligi, ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini ta’minlash orqali mamlakat hamda mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, barqaror va mutanosib iqtisodiy о‘sishgacha yerishish;
mintaqalar infratuzilmasini rivojlantirish;
mintaqalarda ishlab chiqarish sohalarining raqobatbardoshligini oshirish;
mintaqalar rivojlanishidagi farqlarni qisqartirish.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda territorial-tarmoq klasterlari muhim rol о‘ynaydi. Klasterlarda ba’zi hududlarda ayrim tovarlar, butlovchi qismlarni xom ashyolarni ishlab chiqarish tashkil yetiladi. Bunga Asakadagi yengil avtomobillar, ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarish tashkil yetilganligi misol bо‘ladi. Klaster hudud manfaatini korxona manfaati bilan uyg‘unlashtiradi.
Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasida ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish kо‘zda tutiladi. Bu dasturlarni ishlab chiqishda о‘zaro aloqadorlik va davomiylik, resurslarni tejash, infratuzilmaviy ta’minot tamoyillariga asoslaniladi.
Bunday dasturlarni ishlab chiqish va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish modellarini yaratishda SWOT tahlilidan foydalaniladi. Ushbu tahlil asosida mintaqaning, kuchsiz va kuchli tomonlari, imkoniyatlari, tahdid va xavf-xatarlar aniqlanadi. Mintaqani rivojlantirishning turli senariylari ishlab chiqiladi. Inersion rivojlanish senariysida barcha tendensiyalar amalda saqlanadi. Eksportga yо‘naltirilgan rivojlanish senariysida eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarishlar va ularning salohiyatini rivojlantirish hamda mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish kо‘zda tutiladi. Mobilizatsion rivojlantirish senariysida ichki zahiralar, resurslar, iqtisodiy о‘sish omillari hisobga olinadi va rivojlantirish maqsadida foydalanishga yо‘natiriladi.
Mutanosib о‘sish senariysida eksportga yо‘naltirilgan va ichki resurslarni mobilizatsiya qilish variantlari sintez qilinadi, ya’ni uyg‘unlashtiriladi.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini prognozlashtirish va asoslashda mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalarini ham hal yetish kо‘zda tutiladi.
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan dasturlarning amalga oshirilishi mintaqaning о‘zini о‘zi tashkillashtiruvchi, о‘zini-о‘zi boshqaruvchi va oqilona boshqariladigan ijtimoiy-iqtisodiy, yetnomadaniy va territorial-ma’muriy birlik sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
3. О‘zbekistonda mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish
О‘zbekiston Respublikasi mintaqalari ijtimoiy-iqtisodiy darajalari va iqtisodiy-tabiiy salohiyatidagi farqlar ularni istiqbolda hududiy hamda tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarini takomillashtirishni taqozo yetadi.
О‘zbekistonda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishdan kо‘zlangan bosh maqsad mintaqalarni barqaror rivojlantirishni rag‘batlantirish va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi darajalarida keskin farqlarning vujudga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun sharoit yaratishdan iborat.
Mintaqalarni rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari iqtisodiy bazasi, mamlakatdagi byudjet tizimiga, tadbirkorlikning rivojlanish kо‘lamiga, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari hamda usullariga, tezligi, soliq imtiyozlarini qо‘llash tajribasi, byudjetdan tashqari jamg‘armalar, moliyaviy resurslar hududning investitsiyaviy va eksport imkoniyatlari, viloyatlararo, tumanlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarga, bozor infratuzilmasi ob’yektlari rivojlanish darajasi, aholining ish bilan bandlik muammolarining xususiyatlari va mintaqadagi yekologik vaziyatga bog‘liq.
Mintaqa rivojlanishini davlat tomonidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tartibga solish respublika byudjeti, dotatsiya va subvensiyalar hisobiga maqsadli dasturlar va yirik investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan hududlarni rivojlantirishni tartibga solish maqsadida quyidagi dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda:
Sanoatni rivojlantirish dasturlari.
Qishloq xо‘jaligini rivojlantirishni tartibga solish.
Mintaqalar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qо‘shma korxonalarni tashkil yetishni tartibga solish.
Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish.
Mintaqalarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish.
О‘zbekistonda qabul qilingan dasturlarni bajarish va mintaqalarning rivojlanishini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
mintaqalarni rivojlantirish bо‘yicha respublika hamda mintaqaviy dasturlarni tanlash va ularni amalga oshirishni asoslash, navbatga qо‘yish tizimini shakllantirish;
respublika va mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, buning uchun mahalliy hokimliklar va tegishli vazirliklarning mas’uliyatlini oshirish;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bо‘yicha davlat dasturlarining mintaqaviy jihatlarini kuchaytirish;
tarmoq dasturlarining mintaqaviy jihatlari monitoringini tashkil yetish;
mintaqalar va tarmoq imkoniyatlari, zahiralarini chuqur о‘rganish va hisobga olish asosida prognoz kо‘rsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
dasturlarni amalga oshirish ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, nazorat tizimini yaratish.
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Mintaqa iqtisodiyoti tuhsunchasini yoritib bering.
Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi nimalardan iborat?
Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash dasturini ishlab chiqishda qanday ishlar amalga oshiriladi?
Hududlarni rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |