A. A. Bogdanov ta’kidlaganidek, har qanday insoniy faoliyat tashkillashtiruvchi yoki tashkillashtirilganlikni susaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Tizim qanaqa sohada bo‘lmasin, raqobatda yaxshiroq tashkillashtirilgan tiz
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOT (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) YO`NALISHI
2-OT 4-kurs (o`zbek) talabasi
KATTAXONOVA NAVRUZXONNING
TIZIM TAHLILI FANIDAN
TAQDIMOT ISHI
Mavzu: Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil faning tarixi
Tekshirdi: Xakimov X.
Reja:
Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining tarixi, o‘rganish ob’ekti, predmeti va metodologiyasi
1. TIZIMLAR NAZARIYASI VA TIZIMLI TAHLIL FANINING SHAKLLANISHI TARIXI. Mashhur rus olimi A. A. Bogdanov o‘zining mulohazalarini ilk bor tizimli yondashuv asosida “Тектология: всеобщая организационная наука” deb nomlangan asarida bayon qilgan va shu tariqa tizimlar nazariyasi fani yaratilishiga asos solgan. U har qanday jarayon yoki ob’ekt muayan tashkillashtirilganlik darajasiga ega bo‘lishi to‘g‘risida gipotezani olg‘a suradi va barcha xodisalarni tashkillashtirish va parchalanish jarayonlari sifatida ko‘radi: ob’ekt elementlarining integrativlik darajasi yuqori bo‘lsa, uning tashkillashtirilganlik darajasi ham yuqori bo‘ladi.
A.A. Bogdanov ta’kidlaganidek, har qanday insoniy faoliyat tashkillashtiruvchi yoki tashkillashtirilganlikni susaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Tizim qanaqa sohada bo‘lmasin, raqobatda yaxshiroq tashkillashtirilgan tizimlar zaif tashkillashtirilgan tizimlardan ustun kelishadi. Demak, yangi fan tizimlarning barcha tashkillashtirish shakllarini o‘rganishi va ulardan eng ilg‘orlarini aniqlashi lozim degan fikr tug‘ildi. Shuning uchun, elementlar va quyi tizimlarni optimal tashkillashtirish - tektologiya deb nomlangan yangi fanning bosh vazifasi sifatida ko‘rsatildi.
Keyinchalik, vaqt o‘tib, 1948 yilda Norbert Viner tomonidan kibernetika deb nomlangan yangi fan yaratildi. 3 Ushbu fan mashina, tirik organizm va jamiyatlardagi jarayonlarni boshqarish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi va murakkab tizimlarning avtomatlashtirilgan ravishda boshqarilishini ta’minlashni asoslab berishga harakat qildi. Natijada avtomatlar, kompyuterlar va turli avtomatlashtirilgan tizimlar kibernetik tizimlar sifatida ko‘rila boshladi. Ammo ushbu fan boshqaruvni avtomatlashtirish bilan cheklanib qolib, o‘z izlanish ob’ektini toraytirib qo‘ydi.
Nafaqat to‘liq ma’lumot talab qiladigan muammolarni, balki noaniqlik va ehtimollik sharoitida vujudga keladigan muammolarni ham yechish maqsadida yangi ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Bular – tizimlar nazariyasi, tizimli tahlil, qarorlar qabul qilish nazariyasi, sinergetika. Lyudvig fon Bertalanfi (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi.
2. SODDA VA MURAKKAB TIZIMLAR.
Tizim - bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “maqsad ob’ekt ichida dasturlanmagan”. Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi.
Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus. Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizimlarda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. 15 Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi. Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.