Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘plami.
Muammo (masala) – sub’ektning ob’ektga nisbatan mulohaza ko‘rinishida bildirilgan tanqidiy munosabati. 16 Masalan, sub’ekt ob’ekt tomonidan keltirilayotgan naf bilan qoniqmaydigan bo‘lsa, ob’ektga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi, ya’ni ob’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni ko‘taradi. Tezaurus – quyi ob’ektlar, sub’ekt va ob’ekt orasidagi munosabatlarni maxsus belgilar bilan ifodalash va ular yordamida muammoni yechish maqsadida qo‘llanadigan til.
3. MURAKKAB TIZIMNING ELEMENTLARI, UNING YUQORI VA QUYI TIZIMLARI.
Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi. Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Agar tizimning ayrim elementlari o‘z navbatida tuzilma shaklida birbiri bilan bog‘langan elementlardan tashkil topgan bo‘lsa, bunday elementlar to‘plami quyi tizim deyiladi.
4. MURAKKAB TIZIMLAR TUZILMALARI. Murakkab tizimlarning tuzilmalarini aniqlash – tizimli tahlilning muhim vazifasidir, chunki agar bunday tuzilma haqida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, tizimning elementlari, quyi tizimlari va ular orasidagi munosabatlar haqida gapirib bo‘lmaydi. Tizimning tuzilmasini aniqlash degani – tizimning quyi tizimlari, elementlari va ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash degani.
Tizimning tuzilmasi – ichki va tashqi ta’sirlar sharoitida uning yahlitligini ta’minlovchi munosabatlar majmuasidir. Bunda tizimdagi barcha elementlar orasida bog‘liqliklar mavjud deb faraz qilinadi. Hususan, agar tizimdagi qaysidir elementning holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar tizimdagi boshqa bir element holatidagi o‘zgarishlarga ta’sir qilsa, u holda tizimning o‘sha ikkita elementini bog‘liq desa bo‘ladi.
Munosabatlar turi bo‘yicha tuzilmalar predmetli, funksional va tashkiliy tuzilmalarga bo‘linadi. Moddiy tuzilma – tizimni ishlashini ta’minlaydigan asosiy qismlar tarkibi. 21 Funksional tuzilma22 – tizimning quyi tizimlari va komponentlarining funksiyalari bo‘yicha shakllantirilgan elementlar orasidagi munosabatlar majmuasidir.
Tizimning quyi tizimi yoki komponentining matematik modelida funksional tuzilma modelning kirish va chiqish komponentlari orasidagi munosabatni, ya’ni modelning funksiyasini ko‘rsatadi. Tizimning kirish komponenti retseptor, chiqish komponenti esa effektor deb ataladi.
Tashkiliy tuzilma – tizimning “boshliq-bo‘ysinuvchi”, “rahbarijrochi” kabi komponentlari orasidagi munosabatlarni aks ettiradi. Bunday tuzilmalar boshqaruv tizimlarida uchraydi. Tashkiliy tuzilmalar o‘z navbatida to‘rt hil bo‘ladi: tashkiliy-funksional, tashkiliy-matritsali, tashkiliy-dasturiy (loyihaviy), tashkiliy-chiziqli. 23 Dasturiy ta’minotlarni yaratishdan oldin dasturning algoritmlashtirilgan tuzilmasi, ya’ni muayan masalani kompyuter yoyordamida yechish maqsadida ketma-ket xarakatlarning sxemasi yaratiladi. 24
5. MURAKKAB TIZIM TURLARI.
Kelib chiqishiga ko‘ra tizimlar sun’iy va tabiiy tizimlarga bo‘linadi. Sun’iy tizimlar – inson tomonidan yaratilgan tizimlar.
Tabiiy tizimlar – tabiatda va jamiyatda ob’ektiv ravishda yaralgan tizimlar: atom, xujayra, inson, jamiyat va xok. Ob’ektning ideal holatga yaqinligi darajasiga ko‘ra tizimlar ideal va ideal bo‘lmagan tizimlarga bo‘linadi. Ideal tizimlar – ideal bo‘lmagan tizimlar uchun etalon bo‘lib xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar
6. FUNKSIONAL TIZIMLI TAHLIL VA UNING BOSQICHLARI.
Funksional tizimli tahlilni qo‘llash uchun o‘rganilayotgan tizimning xozirgi (real) holati uning namunali holatidan yomonroq bo‘lishi lozim, aks holda tizimli tahlilni qo‘llashga xech qanday ehtiyoj qolmaydi. Ushbu paragrafda biz funksional tizimli tahlilga oid tushunchalarni va tahlil bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. Funksional tizimli tahlilda tizimning tuzilmasi o‘zgarmas deb faraz qilinadi va tizimli tahlil faqatgina tizimning joriy va namunaviy holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi.
Funksional tizimli muammo – bu tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farq. Funksional tizimli yechim – tizimning joriy holati va namunali holati orasidagi farqni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi. 23 Tizimning iste’molchilari – tizim ishlashi natijalaridan foydalanuvchi va tizim ishlashiga baho beruvchi shaxslar va sub’ektlar (fuqarolar, yuridik shaxslar, jamiyat va h.z.).
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT