O’zbekistonda ma’naviyat va ma’rifat -davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi. Reja: Ma‟naviyat va ma‟rifat – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi


5. O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari



Download 101,45 Kb.
bet7/7
Sana23.05.2022
Hajmi101,45 Kb.
#607186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Misirov Nuriddin Raxmatullo og’lining Tarix fanidan

170
5. O’zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.
O’zbekistonda transport va xizmat ko’rsatish infrastrukturasining jadal rivojlanishi, mamlakatdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik iqtisodiyotimizning yana bir muhim sektori turizm sohasining ham ravnaq topishiga sharoit yaratadi. Istiqlol sharofati bilan Buxoro, Xiva,
Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Qo’qon kabi ilm-fan, madaniyat va ma‘rifat markazlari joylashgan mo’tabar zamin, Imom al-Buxoriy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi buyuk
sarkarda va ulamolar, mashhur davlat arboblari hamda mutafakkirlar kindik qoni to’kilgan ona Vatanimiz jahonning sayyohlik sohasi taraqqiy etgan mamlakatlaridan biriga aylandi.
Mamlakatimizda qadimiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, mahalliy turoperatorlarni qo’llabquvvatlash, ularga o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, joylarda sohaga oid infratuzilmani barpo etish, shuningdek, turizmning boshqa yo’nalishlarini
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratildi. Natijada Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashgan yurtimiz betakror osori-atiqalari, urf-odatlaru milliy taomlari, go’zal tabiatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Bu esa boy tarixga ega va zamon bilan hamnafas yashayotgan O’zbekistonni o’z ko’zi bilan
ko’rmoqchi bo’lgan sayyohlar sonining yildan-yilga ortib borishiga xizmat qilyapti. Xususan, 90- yillarda mamlakatimizga bir yilda 150 ming sayyoh tashrif buyurgan bo’lsa, 2013 yilda bu
ko’rsatkich 1,2 million nafardan ortdi. Bunday natijaga osonlikcha erishilgani yo’q, albatta. Binobarin, keyingi yillarda qadimiy shaharlarimizda zamonaviy mehmonxonalar qurilib, sayyohlar uchun barcha qulayliklar yaratilgani, Yevro-4 talablariga javob beradigan avtobuslar, Boeing-767, A310, A320 rusumli havo laynerlari, Afrosiyob tezyurar poyezdlari qatnovining
yo’lga qo’yilgani sabab bo’lmoqda. Hozirgi paytda O’zbekturizm, O’zbekiston havo yo’llari va qator boshqa milliy kompaniyalar, turistik agentlik va korxonalar davlat yordamida katta yutuqlarga erishmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Farg’ona va Namangan shaharlarida xalqaro toifadagi aeroportlar ishlab turibdi.
Bu yangilanishlar 2012 yilda O’zbekistonni Butunjahon turistik tashkiloti Ijroiya
qo’mitasiga kirishida muhim omil bo’ldi. 2013 yili Jahon sayohat va turizm kengashi (World
Travel and Tourism Council WTTC) e‘lon qilgan yangi hisobotda O’zbekiston turizm tarmog’i dunyoda eng jadal rivojlanayotgan davlatlar ro’yxatiga kiritildi. Jahon sayohat va turizm kengashi
har bir davlatning milliy yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushini o’rganib chiqqan holda
mazkur ro’yxatni tuzadi. O’zbekiston ro’yxatning beshinchi pog’onasidan o’rin olgan.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri
– bu turizmdir. O’zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi.
2016 yildan boshlab turizm industriyasini rivojlantirishga katta e‘tibor berila boshlandi. Ana shu maqsadda 2016 yil 2 dekabr kuni Turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4861) va O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2666) e‘lon qilindi. Yurtimizda 8 ming 300 ta madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan (Murojaatnoma. 29.12.2020.).
Mamlakatimizning betakror tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib,
yangi turistik yo’nalishlar ochish, bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat
turizmi, ekologik, ma‘rifiy, etnografik, gastronomik turizmni rivojlantirish istiqbolari mavjud. 2017 yil 7 sentabrda Toshkent shahrida Eski shahar turizm zonasini barpo etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (№PQ-3260) qabul qilindi. 2018 yildan Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “kichik haj” dasturini rivojlantirish va jadallashtirish ishlari boshlab yuborildi.
171 2018 yil 28 iyun sanasida Samarqand shahrida Ipak yo’li turizm xalqaro universiteti tashkil etildi (PQ-3815). Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini
oshirish bo’yicha kompleks choralar ko’rish dolzarb masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek bizda turizm ko’pincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy
qo’riqxonalar, tog’li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Shu munosabat bilan 2019 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 million nafarga, turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. 2017 yil 5 dekabrda Chorvoq erkin turistik zonasini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5273) qabul qilindi. 2018 yil 3 fevralda O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5326) qabul qilindi.
Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta‘minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-3514 (07.02.2018), Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-4095, (05.01.2019), O’zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida PQ-3836 (04.07.2018)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, shuningdek 2019 yil 13 avgustda e‘lon qilingan O’z Rda turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni (PF-5781) mamlakatimizda turizm industriyasini rivojlantirishning yangi yo’nalishlarini belgilab berdi.
So’nggi yillarda sohani rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirila boshlandi. 2019 yilda 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy etilishi natijasida mazkur yilda yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko’p demakdir (O’z.R.Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan. 24.01.2020.).
Prezidentimiz ta‘kidlab o’tganlaridek turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog’iga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. 2020 yilda hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri – yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga yetkazish yuklatildi.
Ma‘lumki, qator nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalari 2020 yilda O’zbekistonni sayohatga albatta borish tavsiya etilgan mamlakatlar qatoriga kiritdi. Katta salohiyatga ega bo’lgan ziyorat va tibbiyot turizmini ham jadal rivojlantirish istiqbollari mavjud. Yurtimizda 8 ming 300
dan ziyod madaniy meros obekti mavjud bo’lib, turizm marshrutlariga ularning atigi 500 tasi
kiritilgan. Ziyorat va an‘anaviy turizmni rivojlantirish mumkin bo’lgan marshrutlardagi obektlar sonini 800 taga yetkazish zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda turizm iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirilmoqda. Qator farmon va qarorlar asosida bu sohadagi sharoitlar kengaytirilmoqda. Xususan, 2017-2020-yillarda fuqarolaridan yurtimizga viza talab etilmaydigan mamlakatlar soni 9 tadan 86 taga yetkazildi, 53 ta davlat uchun elektron viza tizimi joriy etildi. Turizm uchun qiyin
bo’lgan joriy 2020-yilda sohadagi subyektlar har tomonlama qo’llab-quvvatlandi, ularga subsidiya va ssudalar berildi. 2021-yilda 1,7 million xorijiy, 7,5 million mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini 370 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bu borada eng katta manba, avvalo,
ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid ko’plab ziyoratgohlar, yahudiylik, buddaviylik
172 yodgorliklari bor. Bu imkoniyatdan foydalanib, 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 million
dollarlik xizmatlar eksportini ta‘minlash mumkin. 2021-yil 6-aprelda Prezident Sh.Mirziyoyev Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat
qo’mitasi negizida “Turizm va sport vazirligi” tashkil etildi. Turizm va sport vazirligi turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.
Download 101,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish