O„ZBEKISTONDA IQTISODIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH.
Reja:
Iqtisodiy rayonlashtirish haqida tushuncha.
Iqtisodiy rayonlashtirishni o„ziga xos xususiyati.
O„zbekistonda tarkib topgan hozirgi iqtisodiy rayonlar:
Toshkent iqtisodiy rayoni.
Mirzacho„l iqtisodiy rayoni.
Samarqand iqtisodiy rayoni.
Buxoro-Qizilqum iqtisodiy rayoni.
Qashqadaryo iqtisodiy rayoni.
Surxondaryo iqtisodiy rayoni.
Farg„ona iqtisodiy rayoni.
Quyi-Amudaryo iqtisodiy rayoni.
Iqtisodiy rayonlashtirish haqida tushuncha. Hududiy mehnat taqsimoti va uning doimiy “yo„ldoshi” bo„lgan ixtisoslashuv natijasida iqtisodiy rayonlar shakllanadi. Ular esa mamlakat iqtisodiyotining hududiy tarkibini tashkil qiladi.
Agar ilgari iqtisodiy rayonlashtirish xalq xo„jaligini planlashtirish maqsadida ajratilgan bo„lsa, hozirgi sharoitda ular ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning asosiy shaklini, davlat mintaqaviy siyosatining ob‟ekti, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishni tartibga solib boorish va boshqarish uchun zarur. Qolaversa, iqtisodiy rayonlarsiz mamlakat xo„jaligi ichki tuzilishi, hududiy tarkib va tizimini o„rganish ham qiyin.
Iqtisodiy rayonlashtirish mamlakat hududining katta-kichikligiga unchalik bog„liq emas, eng muhimi iqtisodiy makon ichki jihatdan turlangan bo„lishi kerak. Ichki tafovutlar qanchalik katta bo„lsa, iqtisodiy rayonlar to„ri va tizimi ham shuncha rivojlangan bo„ladi.
Iqtisodiy rayonlarning turlari va shakllari har xil; ular butun mamlakat hududini o„z ichiga olishi yoki uning alohida joylarda, ya‟ni diskret holda ajratiladi. Bundan tashqari, iqtisodiy rayonlar umumiy va tarmoq rayonlarga bo„linadi.
Iqtisodiy rayon o„ziga xos hududiy hamda va hududiy tizimini tashkil etadi. Har qanday iqtisodiy rayon kompleks, hududiy majmua
211
pritsipiga asoslanadi. Bu komplekslik, eng avvalo turli daraja va ahamiyatga ega bo„lgan tarmoqlarning mavjudligi, ularning o„zaro muvofiqlashgan holda (proporsional) rivojlanishida o„z ifodasini topadi. Chunonchi, har bir rayonda ixtisoslashgan ya‟ni bozor ahamiyatiga ega bo„lgan tarmoq va tarmoqlar, ularni to„ldiruvchi yordamchi, ikkinchi darajali tarmoqlar va mahalliy ehtiyojlarga qaratilgan mahallliy bozorni to„yintiruvchi tarmoqlar mavjud bo„ladi. Shuning uchun bo„g„inning qaysi biri shakllanmagan bo„lsa, u holda to„laqonli iqtisodiy rayon to„g„risida so„z yuritish qiyin. Odatda, har bir yirik iqtisodiy rayon bazaviy tarmoqlarga ega bo„lishlari kerak. Ularga, masalan, elektro- energetika, qurilish sanoati kabilar kiradi. Ayni vaqtda bu tarmoqlar yuqoridagi 3 guruhdan iborat bo„g„inlarning biriga ham kirishi mumkin.
Iqtisodiy rayon hududiy mujassamlashuv va hududiy ixtisoslashuvning o„zaro uyg„unlashgan, ishlab chiqarishni joylashtirish va hududiy tashkil qilish, ushbu jarayon iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi muhim omil va shakldir. Zero, har qanday iqtisodiy rayon yoki mintaqa biror bir xo„jalik tarmog„ini boshqa joylarga qaraganda bu yerda ko„proq to„planganligi, rivojlanganligi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |