O„zbekistonda iqtisodiy geografik rayonlashtirish


Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni



Download 37,35 Kb.
bet11/11
Sana25.07.2021
Hajmi37,35 Kb.
#128584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
cL521zZvXo9Q-kQq2lLWI8vlpAZ28Enl

Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni.

O„zbekiston Respublikasida



Xorazm viloyatining Qoraqalpog„iston Respublikasining

salmog„i (foiz hisobida) salmog„i (foiz hisobida)

Hududi – 1,4 Hududi – 37,1

Aholisining soni – 5,4 Aholisining soni – 6,1 Yalpi ichki mahsulot – 3,6 Yalpi ichki mahsulot – 2,5 Sanoat mahsulotlari – 2,5 Sanoat mahsulotlari – 2,0

Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 11,1 Qishloq xo„jaligi mahsulotlari – 2,2

Donli ekin maydoni – 3,5 Donli ekin maydoni – 2,6 Paxta ekin maydoni – 7,6 Paxta ekin maydoni – 5,7


Iqtisodiy rayon Qoraqalpog„iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat. Maydoni 172,7 ming km2. Aholisi 2,9 million kishi. Iqtisodiy rayon respublika hududining 38 foizidan ortig„ini tashkil etgani holda, aholisining atigi 11 foizi to„g„ri keladi. Rayon respublikasining eng chekka g„arbida joylashgan. Relfi tekisliklardan iborat. Har – joy har – joyda qirlar va qoldiq tog„lar uchraydi.Foydali qazilmalardan qurilish materiallari ko„p tarqalgan. Bundan tashqari Ustyurtda tabiiy gaz konlari topilgan. Sulton Uvays tog„ida fosforit, temir rudasi, mineral tuzlar va hokozolar uchraydi.

Aholi mintaqa hududida notekis joylashgan. Xorazm viloyatida aholi zichligi 1 km2 ga 175 kishi to„g„ri kelgani holda, Qoraqalpog„iston Respublikasida 8 kishini tashkil etadi. O„rtacha aholi zichligi 10-12 kishiga to„g„ri keladi. Qoraqalpog„iston Respublikasi urbanizatsiya darajasi nisbatan yuqori bo„lib, jami aholining 37,1 foizi shaharlarda yashaydi. Bu ko„rsatkich Xorazm viloyatida 23,4 foizga tushib qoladi.

Yirik shaharlari Nukus (214 ming kishi) Urganch (138 ming kishi) Xo„jayli (70 ming kishi) va boshqalar. Bu shaharlar mintaqaning yirik sanoat va transport markazlari hamdir.

Aholining milliy tarkibida o„zbeklar ko„pchilikni tashkil etadi. 50 ga yaqin o„zbeklar, 20 % qoraqalpoqlar, 10 foiz qozoqlar tashkil etadi. Bundan tashqari turkmanlar, ruslar, koreyslar, ukrainlar va boshqa millat


229

vakillari ham yashaydi. Jami aholisining 32,7 foizi iqtisodiy faol aholi hisoblanadi.

Mintaqa xo„jaligida qishloq xo„jaligi yetakchi tarmoq hisoblanadi. Ayniqsa dehqonchilik yaxshi rivojlangan bo„lib, qishloq xo„jalik mahsulotining 75 foizga yaqinini beradi. Dehqonchilikning asosini paxtachilik, sholikorlik, sabzavotchilik va poliz ekinlari yetishtirish tashkil etadi. Qoraqalpog„iston respublikasi jahonda eng shimolda paxta yetishtiradigan mintaqa.

Mintaqa O„zbekistining asosiy sholikorlik rayoni hamdir. Shuningdek beda yetishtirish yaxshi yo„lga qo„yilgan. Urug„lik beda yetishtirish bo„yicha birinchi o„rinda turadi. Xorazm qovunlari qadimdan mashhur. Aksincha bu mintaqada bog„dorchilik va uzumchilik yaxshi rivojlanmagan.

Iqtisodiy rayonda chorvachilik ham katta ahamiyatga ega. Qoramolchilik boshqa iqtisodiy rayonlarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo„lib, bu yerda respublika qoramollarining 15,5 foizi boqiladi. Qorako„lchilik ham ancha taraqqiy etgan. Keyingi paytlarda Amudaryo to„qaylarida parrandachilikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. Bu yerlarda suvsar, nutriya, norka, qora tulki kabi hayvonlar boqilmoqda.

Mintaqa xo„aligida sanoat ham rivojlanib borayapti. Ayniqsa sanoat Qoraqalpog„iston Respublikasida yaxshi rivojlangan. Aosiy sanoat tarmoqlari yengil va oziq-ovqat sanoatlaridir. Mintaqada ko„plab paxta tozalash kombinatlari, Xivada gilam to„qish yaxshi yo„lga qo„yilgan.



Rayon oziq ovqat sanoat korxonalarida paxta yog„i, sholi oqlash, sut, konserva ishlab chiqarish rivojlangan.

Qurilish materiallari sanoati, elektroenergiya ishlab chiqarish hali to„liq rivojlanmagan. Kelgusida bu tarmoqlarni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Download 37,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish