Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
uchun zarur bo’lgan asosiy faktorlardan biri - barcha daraja va yo’nalishlarda yuqori malakali mutahassislarning bo’lishi va ularning qishloq xo’jaligiga innovativ usullarni tadbiq qilishda bevosita ishtirokidir. Bu masalani esa o’z navbatiga agrar o’quv yurtlari, kollejlar, malaka oshirish institutlari va universitetlar hal qilib berishi lozim. Agarda shunday tadbirlar og’ishmay amalga oshirilsa, O’zbekistonning agrar sektori ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’diribgina qolmay, balki chet ellarga ham o’z mahsulotlarini chiqarib, respublikaga kelayotgan valyuta oqimini ancha miqdorga ko’paytirishi mumkin. O’zbekistonning ko’pchilik aholisi band bo’lgan qishloq xo’jaligida raqobatbardosh innovatsion iqtisodiyotni tashkil qilishi va uni har tomonlama rivojlantirish yo’liga o’tishi uning chet mamlakatlardagi obru-e’tiborini oshirib, halqning farovon turmushini ta’minlaydi. Agro ishlab chiqarish sohasidagi mahsulotlarni qayta ishlash korxonalarining innovatsion rivojlanishiga investitsiyalar jalb qilish, ularni texnologik jihatdan yangilash va homashyo yetkazib beradigan xo’jaliklar bilan xamjihat ishlashini ta’minlashga hizmat qiladi. Qishloq xo’jalik kompleksida bunday integrallashgan birlashmalar (klasterlar) hosil qilish qishloq xo’jalik korxonalarining texnik va texnologik qoloqligiga barham beradi, ish unimdorligini oshiradi va qishloqning infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi. Bu tadbirlarning barchasi esa qishloq xo’jalik kompleksini mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim va raqobatbardosh bo’g’imga aylantirish uchun hizmat qiladi.
5. Innovatsion iqtisodiyotga inson kapitalini jalb qilish
71
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda eng asosiy faktorlardan biri - shubhasiz inson kapitali va uni zamona talablariga mos ravishda rivojlantirishdir. Ushbu inson kapitali innovatsiyalarga juda sezgir va intiluvchan, yangi texnologiyalarni chuqur tushuna oladigan, bu bilan bog’liq fan asoslarini puxta o’zlashtirib olgan va o’z bilimlarni ishlab chiqarishga tadbiq qila oladigan bo’lishi lozim. Shunday qilib, kun tartibiga innovatsion insoniy kapitalni yaratish uchun hizmat qiladigan ta’lim va tarbiya tizimini tashkil qilish masalasi qo’yiladi. Innovatsion inson, talaba yoki ilmiy xodim quyidagi asosiy ma’naviy ko’rsatgichlarga ega bo’lishi zarur:
Vatanparvar, ilmda chanqoq va vatan manfaatlari yo’lida puxta bilim olishga tayyor bo’lishi lozim;
Doimiy bilim olishga intiladigan, o’z ustida muttasil ishlaydigan, tinimsiz malakasini oshiradigan va bu yo’lda o’qish-o’rganishga tayyor bo’lishi kerak;
O’z malakasini va ilmiy qobiliyatini mukammalashtirishga, yangiliklarni o’rganishga, ilg’or horijiy ilmiy-amaliy tajribalarni, asbob-uskunalarni va texnologiyalarni o’zlashtirib, resbublikaga olib kelishga muttasil intilishi lozim;
Mantiqiy, ilmiy, amaliy va tanqidiy fikrlash qobiliyati yuqori darajada rivojlangan bo’lishi zarur;
Aqlga muvofiq bo’lgan tavakkalchilik qilishga, tadbirkorlikka va mustaqil ishlashga layoqatli bo’lishi kerak;
Raqobat sharoitlarida boshqalardan doimo ustunlikka erishishga va jamoa (komanda) bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi zarur;
72
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Chet ellardagi olimlar va mutahasislar bilan fikr almashinishda kommunikatsion vosita sifatida hizmat qiladigan chet tillarda, ayniqsa ingliz va rus tillarida bemalol professional gaplashagigan bo’lishi talab qilinashi kerak;
Bunday insoniy kapital namoyondalari korruptsiyadan mutlaqo ozod va o’z taqdirini vatan taqdiri bilan chambarchas bog’lagan bo’lishlari lozim.
Bu tamoiyllarga og’ishmay rioya qilish inson kapitali to’g’risidagi xozirgacha bo’lgan tushunchalardan farqli o’laroq, davlatning strategik rivojlanish maqsadlariga aynan mos keladi. Yuqoridagi hususiyatlarga ega bo’lgan insonlar nafaqat bilimli, ko’nikmalari rivojlangan va sog’lom, balki davlat tomonidan qo’yilgan uzoq muddatli strategic vazifalarni hal qila oladigan bo’lishlari kerak.
Endi innovatsion iqtisodiyot uchun zarur bo’lgan inson kapitali hususiyatlariga qanday faktorlar ta’sir qiladi va ularning qaysi biri buning uchun kerakli bo’lgan xossalarni rivojlantiradi yoki sekinlashtiradi degan savolga javob berishga harakat qilamiz. Avvalo shuni aytish kerakki, xozirgi paytda respublikada mavjud bo’lgan ijtimoiy muhitning deyarli hech bir segmenti innovatsion inson kapitalining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ammo innovatsion insoniy kapitalga iqtisodiy fazo va holat, virtual koinot (internet, ijtimoiy tarmoqlar va erkin muloqot tizimlari), ta’lim tizimi, oilaviy va ijtimoiy bog’lanishlar, information fazo (televidenie, radio, matbuot va boshqalar), xozirgacha saqlanib qolgan milliy va internatsional madaniy-ma’naviy boyliklar ijobiy ta’sir qilishi mumkin va ular mamlakatimizga xozirgi davrda juda ham kerakli bo’lgan innovatsion
73
Do'stlaringiz bilan baham: |