O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari


Agrar sohada innovatsion siyosatni tashkil qilish muammolari



Download 31,95 Mb.
bet20/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

4.Agrar sohada innovatsion siyosatni tashkil qilish muammolari
Xozirgi sharoitlarda O’zbekistonda viloyatlarni umumiy maqsadga erishish yo’lida samarali boshqaruv va ularda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hamda ishlab chiqarish korxonalarini optimal tarzda joylashtirish juda muhim masala sifaida ko’rilayapti. Bu mamalakatimizdagi turli viloyatlarning o’ziga xos hususiyatlari mavjudligi, aholi va moddiy zahiralarning turli-tumanligi bilan izohlanadi. O’zbekistonda bozor iqtisdodiyoti sharoitlarida viloyatlarda aniq innovatsion siyosat mavjud bo’lmasa, ularning samarador tarzda rivojlanishlari mumkin emas. Rivojlanishning innovatsion modeliga o’tish iqtisodiyotda viloyatlarning ahamiyatini yanada oshirib yuboradi. Chunki innovatsion jarayonlarning tezlashishi viloyatlarda bunga astoydil qiziqadigan olimlar, injener-texnik xodimlar va tadbirkorlar guruhlarini yuzaga keltiradi. Ular ushbu viloyatlarga mos bo’lgan innovatsion texnologiyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda o’zaro aloqalarini kuchatiradilar yoki katta innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun birlashgan holda o’z moddiy, moliyaviy va intellektual imkoniyatlarini jalb qiladilar. Bu esa yangi innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan turli ko’rinishdagi sarf-xarajatlarni kamaytiradi va iqtisodiy samarani

65
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
ko’paytiradi. Innovatsion iqtisodiyotda viloyatlar ahamiyatining oshirilishi yangi bilimlar, texnologiyalar va innovatsiyalarning bir maqsadga yo’naltirilishiga va innovatsion loyihalarning joylardagi elitalar (boshqaruv, tadbirkor, ilmiy va boshqalar) bilan hamkorlikda amalga oshirishga olib keladi va g’oyalar tezroq hamda muvaffaqiyatliroq hayotga tadbiq qilinadilar. Shuni ham aytish kerakki, mamlakatimizdagi turli viloyatlar innovatsion rivojlanish modelini tashkil qilishga turli xil darajada tayyordirlar. Turli xil faktorlar innovatsion rivojlanishga xalaqit beradilar, ba’zilari esa innovatsion rivojlanishga yordam beradilar. Shuning uchun ham xozirgi davrda bularni hisobga olgan holda respublika agro ishlab chiqarish kompleksini zamonaviy ilg’or innovatsion texnologiyalar asosida butunlay yangi darajaga olib chiqish kerak. Chunki agro ishlab chiqarish kompleksi O’zbekiston iqtisodiyotining eng muhim sektorlaridan hisoblanib, u mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi hamda aholi bandligini ta’minlab beradi. Uning asosini qishloq xo’jaligi tashkil qilib, unda mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismi band bo’lib, u mamlakatning oziq-ovqat havfsizligini ta’minlab beradi. Davlat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga juda ko’p mablag’lar ajratadi, ammo shunga qaramay, qishloq xo’jalik mahsulotlarining sifati past va ularni ishlab chiqarish hajmi respublika aholisini to’la ta’minlash uchun yetarli darajada emas. O’zbekiston viloyatlaridagi tabiiy-mintaqaviy shart-sharoitlar jahon bozorida talab katta bo’lgan sifatli va ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlarini katta hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. Xozirgi paytda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda asosan genetik jihatdan modifikatsiyalashgan

66
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
(GM) mahsulotlar yetishtirilayotgani tufayli, bizdagi ekologik toza mahsulotlarga talab juda yuqori bo’ladi. Agar bunday imkoniyatlari amalga oshirmasak, sobiq sovet ittifoqining jahon bozoridan don sotib olayotganini eshitgan Winston Cherchillning: “Men qarilikdan o’laman deb o’ylardim, ammo endi kulgidan o’ladiganga o’xshayman” degan so’zlariga monand ahvolga tushib qolishimiz mumkin.
Jahon bozoriga olib chiqiladigan ekologik toza mahsulotlarni katta miqdorda yetishtirish uchun bizda barcha shart-sharoitlar (yer maydoni, suv, yorug’lik, mineral va mahalliy o’g’itlar, ishchi kuchi, bilimli agrotexnika xodimlari, injener-texnik xodimlar va olimlar) mavjud, ammo buning uchun dunyodagi bacha zamonaviy agrotexnik bilimlarni o’rganish va ularni respublika agrosanoat kompleksiga keng miqyosda tadbiq qilish kerak holos - ya’ni, lo’nda qilib aytganda, qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish yo’liga tezkorlik bilan o’tish zarur. Bu ishlarni amalga oshirish biz uchun taqdir ato etgan bir nodir imkoniyat va bu mamlakatimizning hayot va mamot masalasidir desak ham bo’ladi. Qishloq xo’jaligini bu yo’nalishda rivojlantirishda alohida ahamiyat berilishi lozim bo’lgan bir qancha muhim masalalarni quyida ko’rsatib o’tishga harakat qilamiz:

  • Ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishning eng zamonaviy, innovatsion va tejamkor texnoligiyalarini o’rganish va ularni respublika qishloq xo’jaligiga zudlik bilan tadbiq qilish;

  • Yopiq yer maydoni sharoitlarida (teplitsalar, parniklar, oranjereyalar kabi) ekologik toza sabzavot va poliz mahsulotlari, ko’katlar va tsitrusli o’simliklar, jahon bozoriga talab katta bo’lgan gullar va tropic mahsulotlar yetishtirish;

67

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish