Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Elektr energiyasi olishda va teplitslarni isitishda al’ternativ energiya manba’laridan (quyosh, shamol, bioenergiya va mini suv turbinalari) foydalanishni keng miqyosda yo’lga qo’yish va bu boradagi ilmiy-texnik ishlarni jadallashtirish hamda chet ellardagi al’ternativ energetika manba’lari bilan bog’liq innovatsion texnologiyalar, uskunalar, yutuqlar va ishlanmalrni o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jaligiga darhol tadbiq qilish;
Bioteplitslar qurishni (quyosh teplitsalari, go’ng va chiqindilar bilan isitiladigan issiqxonalar, chuqurlikdagi oranjereyalar, xitoy teplitslari va shu kabilar) ommaviy miqyosda amalga oshirish va ularda turli hil mahsulotlar yetishtirish, bu boradagi jahon innovatsion yangilklarini mamlakatimizga olib kelib, hayotga tadbiq qilish;
Shamol energenikasini rivojlantirish va uning agregatlarini qishloq xo’jaligi va aholini arzon energiya bilan ta’minlash uchun respublikamizda joriy qilish;
Resbublikada yetishtiriladigan mahsulotlar va sanoat chiqindilari asosida yonilg’i granulalari va briketlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va ularni qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlarga hamda aholiga arzon narxlarda yetkazib berish;
Respublikadan qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilishga bo’lgan barcha to’siqlarni bartaraf qilib, tadbirkorlarning chet ellar bilan erkin savdosiga keng yo’l ochish;
Paxta, bug’doy, arpa, meva-sabzabot-poliz mahsulotlari yetishtirishning zamonaviy va eng ilg’or innovatsion texnologiyalarini o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jalik amaliyotiga tadbiq qilish;
68 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Suvni tejash va kam xarajat qilib ko’p hosil olish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilab sug’orish usulini qo’llash miqyosini imkoniyat darajasida kengaytirish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini komp’yuter texnologiyasi yordamida dasturiy boshqaruv asosida yetishtirhsning ilg’or innovatsion texnologiyalarini respublika miqyosida hayotga tadbiq etish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlari, al’ternativ energiya manba’lari, quyosh energetikasi, shamol energetikasi va bioenergetika bo’yicha innovatsion yanhilklarni o’zlashtirib, ularni keng aholi ommasiga ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, ma’lum qilish va tezkorlik bilan iqtisodiyotga joriy qilish.
Ya’ni innovatsion iqtisodiyotga o’tishdagi asosiy shiorimiz quyidagicha bo’lishi lozim: “Barcha ichki va tashqi imkoniyatlarni jalb qilgan holda rivojlangan mamlakatlardagi mavjud yangi innovatsion texnologiyalarni chuqur o’rganib va o’zlashtirib, ularni tezkorlik bilan mamlakat iqitisodiyotining turli sohalariga tadbiq qilish mexanizmini ishga tushirib yuborish ”. Qishloq xo’jaligining texnik ta’minlashga ham ahamiyat berib, mashina-traktor parkining yangilanishini amalga oshirish talab qilinadi. Bu muammoni asbob-yskuna va kerakli texnikani lizing (yoki shunga oxshash) shartlarida sotib olish bilan hal qilish mumkin. Xozirgi paytda O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy muammolariga quyidagilar kiradi: juda oddiy va ko’p mehnat talab qiladigan texnologiyalarning qo’llanilishi, mamlakatda ishlatiladigan qishloq xo’jalik texnologiyalarining rivojlangan mamlakatlar texnologiyalaridan juda ham orqada qolganligi, ilmiy natijalar va hulosalarning amaliyotga juda ham sekinlik bilan
69
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tadbiq qilinishi, qishloq xo’jalik mashinalari va uskunalarining juda ham eskirib qolganligi, ish unumdorligining juda ham past darajada ekanligi, samarasiz xarajatlarning juda ham ko’pligi, sanitariya va veterinariya ishlari sust ekanligi hamda agrotexnika eski texnologiyalarga asosan amalga oshirilganligi tufayli qishloq xo’jalik ekinlariga (va xayvonlariga) katta zarar yetkazadigan kasalliklar va zararkunandalarning ko’payib ketganligi. Qishloq xo’jaligining innovatsiyalar asosida intensiv rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy salbiy faktorlar sifatida esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: ishlab chiqarish unumdorligining pastligi, mayda ishlab chiqaruvchilarning ko’pligi, juda ko’p miqdordagi kichik fermer xo’jaliklarining zamonaviy unumdor texnologiyalardan foydalanishga qurbi yetmasligi va qishloq xo’jaligida band bo’lgan mutahassislarning zamonaviy texnika va texnologiyalardan hamda ularning imkoniyatlaridan xabarsizligi. Agro ishlab chiqarish kompleksining ilmiy potentsiali uni rivojlantirish uchun asos bo’ladi va shuning uchun ham bu potentsialni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko’rish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ular tomonidan almisoqdan qolgan texnologiyalar asosida yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish usullari bo’yicha kitob, qo’llanma va broshyuralarni katta tirajlarda nashr qilib tarqatish va ularni ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilish juda yaxshi natija berishi mumkin. Olimlarning o’zlari ham dalalarga va qayta ishlash korxonalariga chiqib, innovatsion texnologiyalar bo’yicha jonli ma’lumotlar berishlari o’ta muhim tadbirlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday ayon bo’ladiki, qishloq xo’jaligini tez va dinamik rivojlantirish
70 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |