O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet17/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
qiladi. Shuning uchun eng birinchi navbatda jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishga yo’naltirigan innovatsion faoliyat turlariga birinchi navbatda moliyaviy va tashkiliy yordam berilishi lozim. Buning uchun esa eng avvalo O’zbekiston uchun qanday innovatsiyalar kerak ekanligini aniqlab olish lozim. Eng birinchi navbatda innovatsiya yo’nalishida ishlayotgan mutahassislar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish, innovatsion faoliyat nima ekanligini va u nima uchun respublika taraqqiyotiga o’ta muhimligini keng halq ommasiga tushuntirish, innovatsiyalardan olinadigan natijalarni lo’nda qilib aniqlashtirish va ommaga yetkazish zarur. O’zbekistondagi davlat innovatsion siyosati va innovatsion faoliyatni boshqaradigan qonunlarning eng asosiy kamchiligi - innovatsiya tufayli erishiladigan natijalarning milliy taraqqiyotga va uning yaqin hamda uzoq kelajagiga qanday ta’sir qilishining ko’rsatilmaganligidir. Mavjud qonun va ko’rsatmalarga amal qilinsa, xar qanday yangilash, masalan, biror bir uskunani sotib olishni ham innovatsiya sifatida talqin qilish mumkin. Ko’pchilik tadbirkorlar va davlat arboblari bir qancha afzalliklarga ega bo’lish hamda davlatning diqqat e’tiborida bo’lish va qo’llab-quvvatlashiga erishish maqsadida xuddi shunday qiladilar xam. Bu noto’g’ri talqin esa juda katta moliyaviy yo’qotishlarga olib kelib, innovatsiya tushunchasining o’zini va bu bilan bog’liq amaliy harakatlarni ham yo’qqa chiqaradi. Innovatsion faoliyatni boshqarish patent olishga munosib bo’lgan texnik yechimlarni yaratish jarayoniga faol ta’sir qilib, ularning maxsuldorligini son va sifat jihatdan oshirishga asoslanishi kerak. Ammo xozircha bunday strategiya amaliyotga tadbiq qilinmagan. O’zbekistonda ishlab chiqarishda foydalaniladigan ixtirolar
54 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
soni patent olinganlarga nisbatan juda ham kamchilikni tashkil qiladi. Shuning uchun ham tadbirkorlikdagi innovatsion faoliyatni faollashtirish uchun patent olishga loyiq mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarish bo’yicha olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarni davlat tomonidan qo’llab quvvatlanishi talab qilinadi. Shunday mahsulotlar ishlab chiqarayotgan tashkilotlarga afzalliklar (masalan, soliq yukini kamaytirish, kredit stavkasini pasytirish) va subsidiyalar berish tizimini ishlab chiqish darkor, chunki ular bu ishlarni bajarishda ixtirochilarga qaraganda kattaroq xarajatlar qiladilar va tavakkalchilik bilan ish yuritadilar. Ixtirochilar esa buni bilgan holda yangi ishlanmalarni sifatliroq qilib, litsentsiyalariga shunga mos bo’lgan narx qo’yadilar. Ixtirolar qilishni jonlantiradigan bunday siyosat ixtirochilarni yana ham faolroq ishlashga undaydi va ixtirochilarga bo’lgan talabni kuchaytiradi.
Xozirgi davrda O’zbekistonda innovatsion tizim yaratish bo’yicha aniq bir tugallangan va keng qamrovli umumdavlat loyihasi yo’q, shuning uchun ham ko’pchilik mutahassislar va mutasaddi xodimlar milliy innovatsion tizimni yaratishning respublika kelajagi uchun hayotiy zarurligini unchalik chuqur tushunmaydilar. Bu esa o’z navbatida davlat innovatsion siyosatini yaratishda va boshqarishda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi.
Yana bir muhim muammo innovatsion tizimlar yaratishga baho beruvchi va uni boshqaruvchi milliy ekspertlar guruhining yo’qligidir. Bu birinchi navbatda O’zbekistonda innovatsion tizim yaratishning milliy g’oyasi yo’qligi bo’lsa, ikkinchidan, bu holat oily ta’lim tizimida tajribali va malakali ustozlar kamchilligi tufayli iqtisodiyotning yetakchi sohalarida yuqori malakali mutahassislarning yetarli darajada

55
Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
emasligidandir. Shunday qilib, biz o’ziga xos qarama-qarshilkka duch kelamiz: davlat malakali ekspertlar yetarli emasligi tufayli o’zining innovatsiya bo’yicha takliflari amalga oshirilishini tekshira va boshqara olmaydi, tadbirkorlar va innovatsiyaga qiziqadigan tashkilotlar esa davlat tomonidan aniq investitsiya siyosatini ishlab chiqilishni va ularga etkazilishini kutishadi. Dunyoviy tajribaga asoslanib aytish mumkinki, mamlakatdagi turli-tuman viloyatlarning o’ziga xos rivojlanish hususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan markazlashgan innovatsion tizim unchalik samara bermaydi. Ammo agarda bunday tizimni ishlab chiqishda markaz va viloyatlar manfaatlari hisobga olinib, zahiralar shunga mos ravishda taqsimlansa, juda yaxshi natijalarga erishish mumkin bo’ladi. Mamlakat va viloyatlar innovatsion dasturlarini yaratishda boshqa rivojlangan davlatlarning qimmatli tajribasini hisobga olish muvaffaqiyat garovi bo’lishi mumkin.
Shuning bilan bir qatorda, mutahassislar tayyorlash muammosini hal qilmasdan turib iqtisodiyotmimg yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga umid qilib bo’lmaydi. Chunki hozirgi davrda innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi yuqori malakali mutahasisslarning yetishmovchiligi holatiga duch keldi. Bu yetishmovchilik yuqorida aytilganlardan tashqari, mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yana bir qancha salbiy faktorlarga bog’liq. Oliy o’quv yurtlariga kirish test sinovlari topshirish jarayonidagi korruptsiya holatlari va ko’pchilik yoshlarning chuqur bilim olmasdan faqatgina diplom olish uchun intilishi ta’lim muassalarini bitirib chiqayotgan mutahassislarning chalasavod bo’lishiga olib kelib, ular mehnat bozorida ozlariga munosib ish topa olmayapdilar (bitiruvchi talabalarning oliy o’quv yurtlariga ishga
56 Toshkent Moliya instituti

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish