Kirish
Bo’lajak fizik, ilmiy-tadqiqotlar va tajribalarni amalga oshirishi faoliyatida murakkab oʻlchov
qurilmalar, zamonaviy axborot almashuv sistemalari va texnologiyalarini qoʻllashni bilishi zarur.
“Elektronika va signallarni qayta ishlash” fani aynan shunday koʻnikma va bilimlarni berishi lozim
boʻlgan fan hisoblanadi.
Oʻquv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni oʻqitishning maqsadi
– Elektronika va signallarni qayta ishlash fan va texnikaning keng
yoʻnalishlarini ifodalovchi fan boʻlib, inson uchun maʻlumotlarni elektromagnit toʻlqinlar yordamida
uzoq masofalarga uzatish imkoniniyatlarini oʻrgatadi.