Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni:
Jamiyatning sotsial-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish, ishlab chiqarishning barcha
ko’rinishlaridagi texno-iqtisodiy va ekologik ko’rsatkichlarini tubdan yaxshilash, taʻlim, fan, texnika,
meditsina, kosmik tadqiqotlarning va telekommunikatsion tizimlarning rivojlanishi zamonaviy
apparutalar va radioelektron tizimlar, axborot-kommunikatsion texnologiyalarning keng qo’llanishiga
asoslangan. Dunyodagi etakchi davlatlar o’zlarining texnikaviy, moliyaviy, siyosiy va xarbiy
ustunliklarini saqlab turishida Elektronika va signallarni qayta ishlashning o’rni beqiyosdir. Davlat
darajasida elektron va radioelektron ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash iqtisodiyotni ko’tarish va
jahon bozoriga kirib borishning eng effektiv omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |