O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi Reja


Mamlakatda ko‘p partiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi



Download 88 Kb.
bet5/10
Sana29.01.2022
Hajmi88 Kb.
#418772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1557125048 74280

Mamlakatda ko‘p partiyaviylik shakllanishi va rivojlanishi nafaqat fuqarolik jamiyatini barpo etish, balki demokratiyaning zaruriy shartidir. Siyosiy demokratiya jamiyat hayotida siyosiy partiyalar mavqei hamda faolligi qay darajadaligiga bog‘liq. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ko‘p partiyali tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy poydevor yaratilgan. Avvalo, Konstitutsiyamizda mustahkamlangan quyidagi norma: «O‘zbekistonda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi» (12-modda), mamlakatda siyosiy plyuralizm, ko‘p partiyaviylik tizimi qaror topishiga huquqiy asos yaratdi. Bu davrda fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishiga ko‘maklashuvchi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1991-y.), «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi (1991-y.), «Kasaba uyushmalari va ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992-y.) kabi qonunlar ham amal qila boshlagan edi. Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq, har kimga kasaba uyushmalariga, siyosiy partiya va jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda qatnashish huquqi kafolatlanadi.
Yaratilgan mo‘tadil huquqiy maydon tufayli mamlakatda ko‘p partiyaviylik qaror topa bordi. Jumladan, 1991-yil 1-noyabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyda O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi. U demokratik islohotlarni jadallashtirishga moyil so‘l siyosiy kuch sifatida faoliyat ko‘rsatib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismlari manfaatini ifoda etadi.
Istiqlol yillarida siyosiy kuch sifatida «Vatan taraqqiyoti» partiyasi tashkil topdi. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. Partiya mamlakatdagi barcha millat va elatlar, ziyolilar, ishbilarmonlar hamda o‘rta tabaqa mulkdorlar manfaatini ifoda etuvchi siyosiy tashkilot sifatida yuzaga keldi.
O‘tgan asrning saksoninchi yillari oxirida sobiq Ittifoqda vujudga kelgan ijtimoiy vaziyat va demokratiya o‘yinlari natijasida O‘zbekistonda «Erk» demokratik partiyasi paydo bo‘lgan edi. Uning rahbari 1991-yil 29dekabrda muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtirok etib, atigi 10 % ga yaqin ovoz olgan. XDP nomzodi bo‘lgan I.A. Karimov esa 86 % ovoz olib Prezident etib saylangan edi.
O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi o‘zining 1995-yil 18-fevralda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida rasmiylashdi. U demokratik jarayonlarni jadallashtirish, adolatli, ma’rifiy fuqarolik jamiyatini qurishda faol ishtirok etish maqsadlarini ko‘zlab maydonga keldi.
1995-yil 3-iyunda o‘tgan qurultoyda O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashkil topdi. Mazkur partiya asosan ziyolilarga tayanadi. U millatning ma’naviy birligi, milliy qadriyatlarni qayta tiklash g‘oyasi ostida uyushdi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 25-dekabri va 1995-yil 8 hamda 25-yanvardagi saylovlarida demokratik yo‘l bilan shakllangan parlamenti – Oliy Majlis ilk bor ko‘p partiyaviylik asosida saylandi. Uning tarkibida XDP dan – 69 deputat, «Adolat» SDP dan – 47 deputat, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan – 14 deputat bo‘lib, har bir siyosiy partiya o‘z fraksiyasini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisning 1996-yil 29-avgustdagi sessiyasida so‘zlagan «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari» nomli ma’ruzasi mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga qo‘shimcha demokratik ruh bag‘ishladi. Islohotlarning shunday to‘lqinida Oliy Majlis 1996-yil 26-dekabrda «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunni umumxalq muhokamasidan so‘ng qabul qildi. Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2004-yil 30-aprelda «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qonun ham qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida (1997-yil) fuqarolik jamiyati haqidagi ta’limotni quyidagi muhim qoidalar bilan boyitdi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini o‘zi kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi». Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart»2.
Shuningdek, mazkur asarda davlatni boshqarishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish, siyosiy faolligini oshirish, davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqaro oldidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi. «Fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda, – deb yozadi I.A. Karimov, – O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyali tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiyalar va jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlanishini sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir»3.
Davlatimiz rahbari 1999-yil 14-aprelida Oliy Majlis sessiyasida so‘zlagan «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma’ruzasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish, demokratik islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Shu asosda 1999-yil aprelida «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida» yangi tahrirdagi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi va boshqa qator qonunlar qabul qilindi.
1998-yil 28-dekabrida I ta’sis qurultoyida Fidokorlar milliydemokratik partiyasi tashkil topdi. Uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 1999-yil dekabrida saylangan Oliy Majlis tarkibida 34 nafar «Fidokorlar» partiyasi a’zolari bor edi. 2000-yil 14-aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» MDP qo‘shma qurultoy o‘tkazib, ular birlashdilar.
2008-yil 20-iyunda «Fidokorlar» partiyasi va «Milliy tiklanish» partiyasi birlashuvi asosida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasi qaror topdi.
Ammo bu bilan O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik shakllanishi nihoyasiga yetgani yo‘q. 2003-yil 15-noyabrda O‘zbekiston liberaldemokratik partiyasi (O‘z.Li.Dep) tashkil topdi. U tadbirkorlar, kichik biznes, o‘rta mulkdorlar, fermerlar partiyasi sifatida siyosiy maydonga chiqdi.
Hozirgi kunda mamlakat parlamentida (2011-yil sentabr holatiga ko‘ra) to‘rtta siyosiy partiya – O‘z XDP, «Adolat» SDP, «Milliy tiklanish» va O‘z.Li.Dep. partiyalari fraksiyalari faoliyat olib bormoqda.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyati yuksak darajada uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizmlari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq, erkinlik hamda manfaatlarini aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalar, birlashmalar, nodavlat tashkilotlar va idoralar mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida aktiv faoliyat yuritadi. Shu maqsadda inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni ta’minlaydigan tashkiliy tuzilmalar – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (1996-y.) va Amaldagi qonunchilik monitoringi instituti (1997-y.) tashkil topdi. 1997yil 24-aprelda qabul qilingan «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, 1995-yilda ta’sis etilgan Inson huquqlari bo‘yicha parlament vakilining faoliyati qat’iy huquqiy asosga ega bo‘ldi.
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalari salmoqli o‘rin tutadi. Islohotlarning dastlabki davrida «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi (1991-y.). Respublikada ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va ularni qo‘llabquvvatlash bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy-siyosiy jamg‘arma ta’sis etildi (1996-y.) va sermazmun hamda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Bir tomondan davlat vakolatli organlari va, ikkinchi tomondan, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining sa’y-harakatlari bilan qisqa muddat ichida «Jurnalistik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi (1997-y.), «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi (1997-y.) va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga samarali joriy etib kelinmoqda. Keyingi o‘n yilning o‘zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko‘payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi4.
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari qatorida aholining barcha qatlamlari o‘z vakilligiga ega bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra mamlakatda jamoat birlashmalarining, nodavlat-notijorat tashkilotlarining keng ko‘lamli tarmog‘i vujudga keldi va rivoj topib bormoqda. Masalan, mustaqillikning dastlabki kunlarida O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Uning 53 mingga yaqin boshlang‘ich tashkiloti, federatsiya tarkibida 21 ta tarmoq uyushmalari, jami 7, 5 milliondan ziyod a’zosi bor.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi qarori bilan O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi tuzildi. Uning maqsadi ayollarni ko‘p bolali onalarni har tomonlama muhofaza etishni yanada kuchaytirish, ularning mehnat va ijod sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
1996-yil dekabrda Prezident farmoni bilan faxriylar Kengashi «Nuroniy» jamg‘armasiga aylantirildi. 1996-yil 17-aprelda yosh ijodkorlarga, olimlar va ijodkorlarga ko‘maklashuvchi, umuman yoshlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi «Kamolot» jamg‘armasi ta’sis etildi. 2001-yil 25-aprelda Ta’sis qurultoyida O‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakati demokratik tashkilot sifatida tashkil topdi. U yoshlar manfaatini ifodalovchi institut tarzida fuqarolik jamiyati tizimida o‘z munosib o‘rniga ega bo‘ldi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo‘llab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida farmon qabul qilindi5. Bu hujjat mazkur tashkilot keng ko‘lamda faoliyat olib borishi uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish