O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi Reja



Download 88 Kb.
bet9/10
Sana29.01.2022
Hajmi88 Kb.
#418772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1557125048 74280

yettinchidan, islohotlarni inson manfaatlariga bo‘ysundirish. Ularga baho berishda asosiy omil va mezon inson ekanligini yodda tutish.
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasini yanada takomilashtirishda I.A. Karimovning 2005-yil 28-yanvarda parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasi alohida ahamiyat kasb etdi. Unda respublika Prezidenti shunday deydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan izchil va qat’iyat bilan borishdir»8.
Mazkur ma’ruzada mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi haqida gapirar ekan, birinchi muhim vazifa – o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Ikkinchidan siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish, zarurligini ko‘rsatdi.
Ushbu vazifalarni hal etishda 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam ko‘p partiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari 2010-yil 12-noyabrda parlament palatalari qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasiga ana bir karra urg‘u berdi. Ushbu hujjatda davlatimiz Konstitutsiyasida partiyalar partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritishiga doir muhim prinsiplar mustahkamlanganligi va fuqarolik jamiyati barcha institutlarining jadal rivojlanishi tegishli tegishli huquqiy va tashkiliy shart–sharoitlar yartilganligi alohida ta’kidlandi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat ishlarini boshqarish borsidagi davlat faoliyatini to‘ldiradi, chunki ular o‘z ko‘lami, ommaviyligi va moslashuvchanligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashi hamda davlat idoralrining imkoniyatlri cheklangan o‘rinlarda, ayniqsa mahalliy darajalarda keng harakat qilishi mumkin. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat manbai ekanligini, uning layoqati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini anglashga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini ruyobga chiqaradilar.
Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfatlarni qanoatlntirish, ruyobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institular shakllanadi, zurur mexanizmlar vujudga keltiriladi.
Hozirgi kunda, – deb ta’kidlaydi davlatimiz rahbari IAA. Karimov, – yurtimizda aholi keng qatlamlari tomonidan faoliyat qo‘llab-quvvatlanayotgan 5100 dan ziyod jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqdir9. Hozirgi kunda O‘zbekistonda siyosiy partiyalar – 4 ta, Milliy madaniy markazlar – 40 dan ziyod, Jamg‘arma va xayriya tashkilotlari – 69 ta, Jamiyatlar – 77 ta, Uyushmalar – 22 ta, Assotsiatsiyalar –57 ta, Federatsiyalar – 53 ta, Tarmoq kasaba uyushmalari – 14 ta, Ijtimoiy harakatlar – 2 ta, Milliy qo‘mitalar – 5 ta, Ayollar va bolalar tashkiloti – 48 ta, Xalqaro jamoat tashkilotlar – 62 ta, Vakolatxonalar va ularning filiallari – 70 ta, Diniy tashkilotlar – 2000 dan ziyod bo‘lib, ularning barchasi jamoat va nodavlat tashkilotlari, ya’ni fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda baynalmilal milliy madaniy markazlarning tashkil topib, ko‘payib borayotganligi ham fuqarolik jamiyati shakllanishining namoyon bo‘lishidir. 1992-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi. Unga milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi. Milliy markazlar har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm rusumlarini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy ehtiyojlarni qondirishga keng yo‘l ochilmoqda.
Milliy madaniy markazlar – 1989-yilda – 12 ta, 1997-yilda – 90 ta, 2006-yilda – 130 tadan ortiq. Hozirgi kunda 140 dan ziyod milliymadaniy markazlar respublika jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda10.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining 2010-yil noyabrdagi noyabrdagi qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyatiga erishish manfaatlaridan kelib chiqib, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida demokratik o‘zgarishlarni qator muhim yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi. Avvalo, davlat fuqarolik jamiyati prinsiplariga mos tarzda tashkillashtirilishi, hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish, aniqrog‘i, davlat idoralarining vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish nazarda tutilmoqda11.
Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlashtirish islohotlar keyingi bosqichining muhim yo‘nalishi sifatida e’tirof etildi. Jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlarning obro‘si oshib, mustahkamlanib borgani sari fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi roli jamiyatimizda tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda12. Fuqarolik institutlarining yanada rivojlanishiga erishish va ularning nufuzini kuchaytirish maqsadida Prezident tomonidan jamiyat miqyosida davlat va nodavlat jamoat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilganligi ayni muddao bo‘ldi. Shuningdek, davlatimiz rahbari fuqarolik jamiyatining muhim ko‘rsatkichi inson huquqlarini kafolatli ta’minlanishi ekanligiga e’tibor qaratib, quyidagilarni ta’kidladi: «Inson huquqlari sohasida milliy harakat dasturini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu dastur, eng avvalo, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishini ta’minlash, jamiyatda inson huquqlari bo‘yicha madaniyatni shakllantirish va shu kabi boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borishga qaratilgan choratadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak»13.
Shunday qilib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish xalqimiz tarixiy milliy qadriyatlari bilan jahon halqlari umuminsoniy tamoyillari hamda tajribasini inobatga olish asosida ishlab chiqilgan nazariy dasturulamalga tayangan holda amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda adolatli va demokratik fuqarolik jamiyatiga xos yangi ijtimoiy munosabatlar hamda ularni ifodalovchi ijtimoiy institutlarni – jamoat va nodavlat tashkilotlarning keng tarmoqli tizimi vujudga keltirildi. Ular jamiyatimizning nurli istiqbol sari qat’iyat bilan ilgarilab borishiga, jamiyat va inson manfaatlarini to‘la-to‘kis ifodalashga xizmat qilmoqda.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish