O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi
fanlaridan
TESTLAR TO‘PLAMI
Namangan-2016
Falsafa, etika, estetika va mantiq qadimiy fanlardan bo‘lib, jamiyat tarixida uch ming yildan ko‘proq davr mobaynida o‘rganib kelinmoqda.
Jamiyat tarixiy-taraqqiyoti boshlangan davrdan boshlab, ya’ni insoniy jamoa shakllana boshlangan paytdan ijtimoiy ong turi sifatida tafakkur, axloq-odob, go‘zallik va san’at tushunchalari shakllana boshladi.
Ushbu testlar to‘plami OO‘MTV tomonidan 2011 yilda tasdiqlangan Namunaviy o‘quv dasturi va shu dasturda tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yhatidagi darslik hamda o‘quv qo‘llanmalar asosida tuzildi.
To‘plam universitet talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, falsafa, axloqshunoslik, estetika va mantiq fanlaridan bilimlairni chuqurlashtirish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. To‘plamdan JN, ON va YaN turlarida talabalar bilimini baholashda foydalaniladi.
Tuzuvchi: o‘qit. N.Mirzaholov
Taqrizchi: f.f.n. dots. D.Raximboyeva
“Falsafa, etika, estetika, mantiq” fanlaridan ushbu testlar to‘plami Namangan Davlat universitetining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining 2016__yil «___»____________dagi ____son yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan.
FALSAFA FANIDAN TEST SAVOLLARI
Borliqni asosi, bilish muammolari, insonning vazifasi va olamdagi o‘rnini qaysi fan o‘rganadi?
Falsafa
Ontologiya
Gnoseologiya
Etika
Jamiyat bilan huquqni qo‘shib borliqni mohiyatini asoslovchi ijtimoiy ongning dunyoqarash shakli qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Falsafa
Sotsiologiya
Tarix
Kulturologiya
Falsafa fanining dunyoqarash funksiyalari nimalardan iborat?
Falsafa insonga o‘zini o‘zi va olamdagi o‘rnini tushunishga yordamlashadi
Falsafa o‘z davri madaniyatining refleksiyasini amalga oshiradi
Falsafa mavjud tuzumning kamchiliklariga qarshi kurashish uchun kishilar faoliyatini yo‘naltiradi
Falsafa kishilar harakterini yaxshilashga ko‘maklashadi
Dunyoqarash bu –
Insonni olamga va o‘ziga nisbatan munosabatini harakterlovchi qarashlar, baholar, emotsiyalar yig‘indisi
Kishilarda mavjud bilimlar yig‘indisi
Inson ongida jamiyatda obyektiv mavjud bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar in’ikos etishi
Shaxsning nuqtai nazarlari yig‘indisi
Diniy dunyoqarashning asosiy belgisi nimadan iborat?
Olamdagi hodisalarning o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazuvchi g‘ayritabiiy kuchlarning mavjudligiga ishonish
Fan yutuqlariga shubha bilan qarash va uning yutuqlarini inkor etish
Inson erkini inkor etish va uning taqdiri avvaldan xudo tomonidan belgilab qo‘yilishini e’tirof etish
Yagona yaratuvchi xudoga ishonish
Xudoning mavjudligini inkor etuvchi yo‘nalish qanday nomlanadi?
Ateizm
Skeptitsizm
Agnostitsizm
Neotomizm
Ontologiya bu –
Borliq va uning fundamental prinsiplari haqidagi ta’limot
To‘g‘ri fikrlash shakllari haqidagi ta’limot
Jarayonlarning umumiy mohiyatga ega ekanligi haqidagi ta’limot
Fanning mohiyati va tabiati haqidagi ta’limot
Gnoseologiya bu –
Bilishning tabiati va mohiyati haqidagi ta’limot
Fanning rivojlanishi va funksiyalari haqidagi ta’limot
Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari haqidagi ta’limot
Olamning mohiyati va tuzilishi haqidagi ta’limot
Antropologiya bu –
Odam haqidagi ta’limot
Rivojlanish va o‘zaro aloqadorlik haqidagi ta’limot
Tabiiy sharoitda hayvonlarning hatti harakati haqidagi ta’limot
Jamiyat haqidagi falsafiy ta’limot
Aksiologiya bu –
Qadriyatlar haqidagi ta’limot
Rivojlanish haqidagi ta’limot
Adolat nazariyasi
Bir guruh odamlarning boshqalaridan ustunligi haqidagi nazariya
Etika bu –
Axloq va axloqiy qadriyatlar haqidagi ta’limot
Bir guruh odamlarning boshqalaridan Axloqiy ustunligi haqidagi ta’limot
Borliq haqidagi ta’limot
Rivojlanish haqidagi ta’limot
Falsafaning bilish muammolarini o‘rganuvchi bo‘limi qaysi?
Gnoseologiya
Ontologiya
Etika
Estetika
Materialistik falsafaning ta’limotiga ko‘ra falsafaning asosiy masalasi nima?
Ongning materiyaga munosabati
Hayotning mazmuni
Tabiiy va ijtimoiiy olamlarning o‘zaro munosabati
Jamiyat rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari
Idealizm uchun harakterli bo‘lgan ta’kid . . .
Ong birlamchi bo‘lib, materiya ongdan mustaqil holda mavjud bo‘lmaydi
Materiya va ong ikki ilk ibtido bo‘lib bir – biridan mustaqil holda mavjud bo‘ladi
Bu qat’iy ziddiyatsiz bo‘lgan tabiat haqidagi mulohazalar tizimi
Ong birlamchi bo‘lib materiya mavjud emas
Dualizm uchun harakterli bo‘lgan tezis . . .
Materiya va ong ikki ilk ibtido bo‘lib bir – biridan mustaqil holda mavjud bo‘ladi
Ong birlamchi bo‘lib, materiya undan mustaqil ravishda mavjud bo‘lmaydi
Bu qat’iy ziddiyatsiz bo‘lgan tabiat haqidagi mulohazalar tizimi
Ong birlamchi bo‘lib materiya mavjud emas
Qaysi falsafiy yo‘nalish tarafdorlarining ta’kidlashicha “hech qanday buyumlar mavjud emas. Biz faqat buyumlar haqida gapirishga ko‘nikganmiz; haqiqatda esa faqat bizning tafakkurimiz va bizning idrokimiz bilan “Men”imiz mavjud”dir.
Subyektiv idealistlar
Dualistlar
Obyektiv idealistlar
Materialistlar
Quyidagi fikrda qaysi dunyoqarash tipi haqida so‘z ketadi: “O‘zida reallik va fantaziyani, tabiiylik va g‘ayritabiiylikni, bilim va e’tiqodni, fikr va hissiyotni omuxtalashtirgan dunyoni yaxlit tushunishdir shaklidir”.
Mifologiya
Falsafa
Din
Fan
Xristian va islom ilohiyotida ta’kidlanishicha xudo butun olamni olti kunda yaratgan. Xudoni o‘zi esa tanasiz intellekt, mukammal shaxsdir. Bu falsafadagi qaysi yo‘nalish ta’limotiga to‘g‘ri keladi?
Obyektiv idealizm
Subyektiv idealizm
Panteizm
Vulgar materializm
Agnostitsizm bu –
Bilish nazariyasidagi olamni monand anglash mumkinligini inkor etuvchi yo‘nalish
Inson tajribasiga ishonchsizlik
Olamdagi barcha jarayonlarni o‘zaro alaqodorlik va rivojlanishda ko‘ruvchi nuqtai nazar
Olamni bilishni ratsional yo‘llarini inkor etish
Olamni bilish imkoniyatini inkor etuvchi ta’limot qaysi?
Agnostitsizm
Materializm
Dogmatika
Pozitivizm
G‘arbiy yevropa falsafasidagi falsafaning bilish imkoniyati, xususiy o‘ziga xos predmeti mavjudligini inkor etuvchi yo‘nalish qaysi?
Pozitivizm
Hayot falsafasi
Pragmatizm
Neotomizm
Buddizm va jaynizmda inson intilishlarining maqsadini anglatuvchi ruhning oliy holati . . .
Nirvana
Sansara
Jen
Dao
Ontologiya nimani o‘rganadi?
Barcha javoblar to‘g‘ri
Insonning olamga bo‘lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim
Borlik to‘g‘risidagi falsafiy bilim
Olam, inson va jamiyatning obektiv-universal mohiyati to‘g‘risida
Gnoseologiya nimani urganadi?
Barcha javoblar to‘g‘ri
Bilish falsafasi
Olamni anglash, bilish nazariyasi
Bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari
Metodologiya nimani o‘rganadi?
Bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullarini
O‘zgaruvchan faoliyat usullarini
Bilish usullarini
To‘g‘ri javob yo‘q
Teologiya nimani o‘rganadi?
Barcha javoblar to‘g‘ri
Olam va odamning munosabatini din bilan bog‘lovchi tizim
Umrning mazmuninin ilohiyot bilan bog‘lovchi yo‘nalish
Mohiyatni diniy etikod tushunchalari bilan bog‘lovchi tizim
O‘rta asr falsafasiga oid “Bilim bu kuchdir” iborasi qaysi mutafakkirga tegishli?
Bekon
Geraklit
Pifagor
Dekart
Qaysi mutafakkir o‘z asarida “Inson o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy tafakkurga ega bo‘lgan jonzod” iborasini ishlatgan?
Aristotel “Siyosat” asarida
Bekon o‘z asarlarida
Alisher Navoiy “Xamsa”da
Dekart o‘z asarlarida
Kubraviya tariqatining mohiyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Tangriga o‘z xohishi bilan yuzlashish, ollohga etiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish
“Dil ba yoru dast ba kor”
63 yoshdan keyingi hayot inson uchun hayot emas
To‘g‘ri javob yo‘q
Sharq mutafakkirlaridan qaysi biriga “Ikkinchi muallim” unvoniga muyassar bo‘lgan?
Forobiy
Yassaviy
Moturidiy
Najmiddin Kubro
Sharq mutafakkirlaridan Forobiy olamni ikki ko‘rinishda . . .
“Vujudi vojib” va “Vujudi mumkin”
Moddiy hamda ijtimoiy olam
Inson olami
To‘g‘ri javob yo‘q
“Oddiy javharlar paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishni bilmaydi” degan g‘oya qaysi mutafakkirga tegishli
Beruniy
Yassaviy
Forobiy
Ibn Sino
Beruniyning ijtimoiy qarashlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan
Barcha javoblar to‘g‘ri
Abadiylik birinchi sabab bilan bog‘liqdir, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi
Olamning Olloh tomonidan yaratilganligini etirof etadi
Qatiy zaruriyat va tamoyillarga bo‘ysunadigan hodisalarga siklik tarzda hosil bo‘ladigan jarayonlar kiradi
Sxolastika so‘zining manosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan
O‘qish joyi, maktab
Ota
«Himoya qilish»
«Madrasa»
Sxolastika falsafasining asosiy mohiyati . . .
Barcha javoblar to‘g‘ri
Barcha mavjudlikning mohiyati xristianlik dini bilan bog‘liq
Xristianlik dinining jamiyatdagi ustuvorligi
Xristianlik dunyoning asosi
Antik falsafaning rivojlanish asrlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan
Eramizdan avvalgi VI asrdan eramizning VI asrlargacha
Eramizdan avv XXVIII – XVIII asrlarda
Eramizning VI – XVI asrlari
Eramizdan avvalgi VI– II asrlar
Antik falsafaning asosiy prinsipi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan
Kosmotsentrizm
Teotsentrizm
Antropotsentrizm
Daulizm
«Upanishadalar»ning ma’nosi nima?
«Sirli bilim»
«To‘rt qoida»
«Sirli kitob»
«Katta axloq»
«Falsafa» atamasini birinchi bo‘lib qo‘llagan allomu bu...?
Pifagor
Arastu
Aflotun
Suqrot
«Falsafa»ni «hikmatni qadrlash ilmi» deya ta’riflagan mutafakkir kim?
Abu Nasr Forobiy
Abu Bakr Roziy
Abu Rayhon Beruniy
Abu Ali ibn Sino
«Fozil odamlar shahri» asari muallifi kim?
Abu Nasr Forobiy
Abu Rayhon Beruniy
Abu Ali Ibn Sino
Abu Bakr Xorazmiy
«Ekzistensial falsafa» qachon paydo bo‘lgan?
XX asrning 30 yillarida
XIX asrning 30 yillarida
XII asrning 30 yillarida
XXI asrning boshlarida
Antissientizm falsafasining mohiyati nima?
Jamiyat taraqqiyotida fanning rolini inkor etadigan falsafiy oqim
Bu diniy falsafiy ta’limot
Bu inson va uning dunyoda o‘zini anglashi haqidagi falsafiy ta’limot
Fanning rolini mutlaqlashtiradigan diniy oqim
«Apologetika» so‘zining lug‘aviy ma’nosi bu...?
“Himoya qilish”
“Ruhlantirish”
“Ishontirish”
“Iymonga chaqirish”
«Kategoriyalar» asarining muallifi kim?
Arastu
Immanuil Kant
Ogyust Kont
Fridrix Vilgelm Gegel
«Patristika» so‘zining ma’nosi...?
«Ota» («padre»)
«Himoya»
Vatanparvar
Odillik
«Sistema» deganda nimani tushunasiz?
Narsa va hodisalarning bog‘lanishi, aloqadorligi, munosabatining tartibi, tadrijiy rivojlanishni ifodalaydi
Narsalarning munosabati, aloqasi, muhim jihatlari, o‘zaro bog‘lanishlari strukturaviy bog‘lanishlarni ifodalaydi
Maxsus, zaruriy, muhim, tartibli tadrijiy rivojlanishni ifodalaydi
Olamda individual namoyon bo‘ladigan tadrijiy rivojlanishni ifodalaydi
Agnostiklar bu...?
«Olamni bilish mumkin emas» deb hisoblovchi oqim vakillari
«Bilish bilimning natijasidir» degan qarashni ilgari surgan oqim vakillari
Bilishning shakllari va darajalarini ajratuvchi oqim vakillari
«Olamni bilish mumkin» deb hisoblovchi oqim vakillari
Aqliy bilish bu ....?
Bilishning yuqori bosqichi, faqat insonlargagina xos bo‘lgan bilishdir
Barcha tirik mavjudotlarga xos bo‘lgan, sezgilar vositasida bilishdir
Bilishning oliy bosqichi, faqat insonlarga xos bo‘lgan bilish
Barcha javoblar to‘g‘ri
Aksiologiya bu...?
Qadriyatlar haqidagi ta’limot
Bilish haqidagi ta’limot
Borliq haqidagi ta’limot
Axloq haqidagi ta’limot
Antropologiya nimani o‘rganadi?
Inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini o‘rganadi
Tabiat va tabiat hodisilarini o‘rganadi
Tabiat va jamiyatning estetik tomonlarini o‘rganadi
Jamiyatning iqtisodiy tomonlarini o‘rganadi
Bilish darajalari qaysilar?
Quyi, yuqori, oliy
Past, o‘rtacha, yuqori
Ilmiy, falsafiy, diniy
Aqliy, ruhiy, hissiy
Bilish nima?
Insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan, aqliy, ma’naviy, faoliyat turi
Bilimning natijasi
Bilish insonni hayvondan ajratib turadigan xislat bo‘lib, hissiyotga tayanadigan ilmiy mezon
Insonni bilish imkoniyatlari
Bilish obyekti bu...?
Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa va munosabatlar
Bilim sohalari, texnik fanlar, insonning bilim bilan shug‘ullanishi
Har bir hodisa mohiyatini bir tomondan namoyon bo‘lishi
Eng kichik zarralar bilish obyekti va munosabatlari
Bilish predmeti bu...?
Subyektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obyektining ayrim sohalari va tomonlari
Tabiat va jamiyatni o‘rganishga qaratilgan yo‘nalish
Insonni o‘rganishga qaratilgan yo‘nalish
Borliqni o‘rganishga qaratilgan yo‘nalish
Bilishning subyekti nima?
Bilish bilan shug‘ullanuvchi va butun insoniyat bilishning subyekti
Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa va munosabatlar
Jamiyatning muhim elementi bo‘lib, faqatgina tabiatshunoslikni o‘rganuvchilar
Borliq
Bilishning falsafiy muammolari bilan shug‘ullanadigan falsafiy ta’limot bu...?
Gnoseologiya
Sotsiologiya
Ontologiya
Aksiologiya
Butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz echish mumkin bo‘lmagan muammolar qanday muammolar?
Umumbashariy muammolar
Mintaqaviy muammolar
Mahalliy muammolar
Individual mummolar
Gnostiklar bu ...?
«Dunyoni bilish mumkin» deb hisoblaydigan faylasuflar
«Dunyoni to‘liq bilish mumkin emas» deb hisoblaydigan faylasuflar
«Dunyoni anglash mumkin emas» deb hisoblaydigan faylasuflar
«Dunyoni to‘liq o‘rganish mumkin emas» deb hisoblaydigan faylasuflar
Davrlar o‘tishi bilan, taraqqiyot rivojlangan sari o‘zgarib boradigan haqiqat turi bu...?
Nisbiy haqiqat
Mutlaq haqiqat
Mifologik haqiqat
Konkret haqiqat
Davr o‘tishi bilan, taraqqiyot rivojlangan sari o‘zgarmaydigan haqiqat turi bu...?
Mutlaq haqiqat
Nisbiy haqiqat
Mifologik haqiqat
Konkret haqiqat
Demokrit fikricha «Olamdagi narsalar asosi ...lardan tashkil topgan?
Atomlardan
Sonlardan
Suvdan
Tuproq, suv, havo, olovdan
Jamiyat moddiy hayoti ehtiyojlariga qaysilar kiradi?
Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar
kitoblar, texnika va texnologiya, internet
suv, havo, neft, gaz, oziq ovqatlar
ma’naviy tadbirlar, ma’rifiy suhbatlar, oziq ovqatlar
Imkoniyat va voqelik bu...?
Narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlash qonuniyatlariga asoslangan rivojlanishning namoyon bo‘lishidir
Umumiy mantiqiy tamoyil
Narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonini ichki birligi
Narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonini tashqi birligi
Individual ong bilan ijtimoiy ongning bir-biridan farqi nimada?
Individual ongning subyekti alohida shaxs bo‘lsa, ijtimoiy ongning subyekti jamiat hisoblanadi.
Individual ong bilan ijtimoiy ongning farqi yo‘q
Individual ongning subyekti jamiyat, ijtimoiy ongning subyekti alohida shaxs
Individual ongning subyekti xalq, elat, millat bo‘lsa, ijtimoiy ong subyekti alohida inson
In’ikos nima?
Voqelikda narsa va hodisalarning inson miyasida aks etishi
Voqelikda narsa va hodisalarning o‘lchovi
Voqelikda narsa va hodisalarning o‘zaro aloqasi
Voqelikda narsa va hodisalarning mikro va makro tuzilishi
Qadimgi Hindiston dastlabki yozma manbalari va eposliri?
Vedalar, Ramayana, Mahabharata, Kalala va Dimna
Tavrotda, Ramayana, Mahabharata
Injilda, Ramayana, Mahabharata, Kalala va Dimna
Avestoda, Alpomishda
Qarama-qarshilik birligi va kurashi qonunining mohiyati nimada?
Narsa va hodisa-larning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga inkor etuvchi kuchlarning o‘zaro munosabati
Narsa va hodisalarning miqdoriy tarzda namoyon bo‘lishi
Narsalarning umumiylii, yaxlitligi, nisbiy barqarorligida
Predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligida
Qonun bu…?
Olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi aloqadorliklarini o‘rganadi
Qonun zaruriy bog‘lanishlarni o‘rganadi
Qonun aloqadorliklarni, hodisalarni o‘rganadi
Narsa va hodisalarning miqdoriy tarzda namoyon bo‘lishi
Metafizika so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Grekcha so‘z bo‘lib “fizikadan keyin” degan ma’noni anglatadi
Grekcha so‘z bo‘lib “uslub” degan ma’noni anglatadi
Yunoncha so‘z bo‘lib “uslubiyat” degan ma’noni anglatadi
Lotincha so‘z bo‘lib “donishmandlik” degan ma’noni anglatadi
Mifologiya bu ...?
Mif-«afsona», logos-«ta’limot»
Mif-«sarguzasht», logos-«ta’limot»
Mif-«dunyoqarash», logos-«ta’limot»
Mif-«ilohiyat», logos-«ta’limot»
Neopozitivizm qanday ma’noni anglatadi?
Neo–«yangi» va pozitiv – «ijobiy»
Neo-«yangi» va pozitiv- «amaliy»
Pozitiv-«qarshi» va neo-«yangilik»
Neo-«yangi» va pozitiv-«faollik»
Odatiy ong bu ...?
Hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidir
Nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi
Jamiyatning ichki strukturasini belgilaydigan ijtimoiy ong shakli
To‘g‘ri javob yo‘q
Nazariy ong deganda nima tushunasiz?
Nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi
Xayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidir
Jamiyatning ichki strukturasini belgilaydigan ijtimoiy ong shakli
To‘g‘ri javob yo‘q
Ong nima?
Ong – oliy in’ikos shakli
Ong – moddiylikni miyada aks etishi
Ong – biologik harakat
Ong – miyaning mahsuli
Pifagorchilar ta’limotiga ko‘ra olamning asosida nima yotadi?
Sonlar
Suv
Havo
Atom
Plyuralizm qanday ma`noni anglatadi?
Lotin tilidan olingan bo‘lib “ko‘plik” degan ma’noni anglatadi
Yunoncha “yakka” degan ma’noni anglatadi
Lotin tilida «ikki» degan ma’noni ifodolaydi
Lotin tilida «jism» degan ma’noni ifodolaydi
Rivojlanish nima?
Orqaga qaytmaydigan, ilgarilama miqdoriy va sifatiy o‘zgarishdir
Orqaga qaytmaydigan, sifatiy, shakliy o‘zgarish
O‘zgarishlarning shakli, muayyan sistema
Olamdagi har qanday o‘zgarish
Sinergetika ta’limotining asoschisi kim?
N.Prigojin
Pifagor
Arastu
Abu Nasr Farobiy
Sistema nima?
Sistema-grekcha so‘z bo‘lib, butunlik, yaxlitlik elementlardan tashkil topgan birikma
Elementlarning funksional faoliyati
Sistema muhim metadalogik faolyat
Samaradorlikni ta’minlaydigan faolyat
Sifat deganda nimani tushunasiz?
Narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligi
Hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan harakterlanadi
Narsalarning o‘xshash tomonlarini ifodalaydi
Olamdagi narslarning umumiy va zaruriy tomonlarini o‘rganadi
F.Nitsshe o‘zining “Zardo‘sht tavallosi” asarida qanday g‘oya ilgari surilgan?
Kuchli shaxslarni tarbiyalash goyasi
Irodasiz kishilarni yetaklash g‘oyasi
Mahluqlik g‘oyasi
Xalqchillik g‘oyasi
Diniy dunyoqarash.....
Teologiya
Gnoseologik
Sotsiologik
Sofistik
Haqiqat tushunchasiga berilgan ta’rif qaysi qatorda to‘g‘ri ifodalangan?
Inson bilimining voqeilikka muvofiq kelishidir
Haqiqat nisbiylikka va mustaqillikka ega bo‘lgan falsafiy tushuncha
Haqiqat xamisha obyekti va harakterga ega bo‘lgan falsafiy tushuncha
Haqiqat konkretlikka ega bo‘lgan falsafiy tushuncha
Harakat turlari qaysilar?
Mexanik, fizik, kimyiviy, biologik, ijtimoiy
Ijtimoiy, sotsiologik, biologik, fizik, mexanik
Mexanik, fizik, jismoniy, biologik, madaniy
Mexanik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy, jismoniy
Hindlar “Veda”ni kim tomonidan aytilgan so‘zlar deb biladi?
Braxma
Ram
Lakshman
Krishna
Ekzistensiya so‘zining tom ma’nosi nima?
Mavjud bo‘lmoq
Himoyalanish
Erkinlik
Ihtiyorlik
Yunon tilida “baxs va suhbatlashish san’ati” degan ma’nolarni ifodalaydigan falsafiy ta’limot bu…?
Dialektika
Materializm
Metafizika
Plyuralizm
«Falsafa» so‘zining lug‘aviy ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – donolik
Yunoncha, phileo – sevaman va sophia – bilish
Lotincha, philo – sevaman va sophi – donishmandlik
Lotincha, phileo – sevaman va sophia – donolik
Dunyoqarashning tuzilishi qanday?
Dunyoni sezish, idrok etish, tushunish
Dunyoni tasavvur qilish
Axloqni yuksaltirish
Barcha javoblar to‘g‘ri
Quyidagilarning qaysi biri dinning funksiyasi emas?
Farovonlik funksiyasi
Tartibga solish funksiyasi
Kommunikativ funksiyasi
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi
Dunyoqarashning qaysi shakllari e’tiqod va tuyg‘ularga tayangan?
Mifologik va diniy dunyoqarash
Falsafiy dunyoqarash
Ilmiy dunyoqarash
Kundalik dunyoqarash
Falsafiy dunyoqarash dunyoni nimalarga tayangan holda tushuntiradi?
Aql va bilimlarda
Tuyg‘ularda
E’tiqodda
Sezgilarda
Quyidagilardan qaysi biri dialektik bilimlar sohasiga tegishli?
Rivojlanish va o‘zgarishlar haqidagi ta’limot
Axloq haqidagi ta’limot
Hayot haqidagi ta’limot
Qonunlar va usullarni o‘rganuvchi fan
Tafakkur qonunlari va usullari haqidagi fan bu?
Mantiq
Dialektika
Etika
Tarix
Materialistlar bu….
Olamni azaldan, moddiy deb, ong bu materiyaning mahsuli deyuvchilar
Ongni birinchi o‘ringa qo‘yuvchilar
Olamning markaziga madaniyatni qo‘yuvchilar
To‘g‘ri javob yo‘q
Fanning mohiyati bu - ...?
Borliq to‘g‘risidagi ob’ektiv bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish
Borliq to‘g‘risidagi sub’ektiv bilimlar
Dalillarsiz aniqlash
Hujjatlarni yig‘ish
XX asrning 30-40 yillarida fan-texnikaning taraqqiyoti nimaga olib keldi?
Fan-texnika inqilobiga
Ma’naviyatning inqirozi
Olamning anglashning qiyinlashuviga
To‘g‘ri javob yo‘q
Obyektiv dunyoga va insonning undagi o‘rniga, odamzotning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatiga nisbatan yondashuvlar tizimi, bu - ...
Dunyoqarash
Tafakkur
Idrok
Tasavvur
Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
Ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, logika, estetika, falsafiy antropologiya
Fenomenologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
Pragmatizm, pozitivizm, strukturalizm, etika, estetika, aksiologiya, fenomenologiya
Ontologiya, ma’naviyat asoslari, g‘oyalar falsafasi, falsafa tarixi, antropologiya
Dunyoni idrok etish bu?
Atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir
Bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etish
Inson o‘zini tushunish
Barcha javoblar to‘g‘ri
Falsafiy tafakkur Qadimgi Sharq va G‘arbda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatida qanday ko‘rinishda vujudga kelgan?
Mifologiya
Ontologik
Gnoseologik
Dialektik
Mifologiyada dastlab qanday masalalar qo‘yilgan?
Dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi? Hayot va o‘lim nima?
Nega tug‘ildik va nimaga o‘lamiz
Biz kimmiz nega tug‘ildik
Unday nazariya bo‘lmagan
Markaziy Osiyoda ma’naviy-falsafiy merosning eng qadimgisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Avesto
Talmut
Injil
Qur’oni Karim
“Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” g‘oyasi kim tomonidan ilgari surilgan?
Zardusht
G‘azzoliy
Nasafiy
Navoiy
“Ahmoqni maqtagan aslida unga yomonlik qiladi” ushbu fikr kimga tegishli?
Demokrit
Epikur
Suqrot
Platon
Milet maktab asoschisi kim?
Fales
Geraklit
Demokrit
Pifagor
Milet maktabining qaysi namoyondasi olamning asosiga suvni qo‘ygan?
Fales
Geraklit
Demokrit
Pifagor
Anaksimen olam asosiga nimni qo‘ygan?
Havoni
Suvni
Tuproqni
O‘tni
Olam asosiga apeyronni qo‘ygan G‘arb faylasufi kim?
Anaksimandr
Demokrit
Platon
Fales
“Ayni bir daryoga ikki marta tushishi mumkin emas, ikkinchi marta tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi” degan fikr qaysi faylasufga tegishli?
Geraklit
Suqrot
Arastu
Platon
“Osmon har bir insonning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, uni jazolaydi” bu fikr kim tegishli?
Konfutsiy
Nyaya
Lao Szi
G‘azzoliy
Konfutsiyning qaysi talimoti uning muhim talimotiga aylangan?
Osmon qonuni
Tabiat - inson oshyoni
Jamiyatda davlatning o‘rni
Ijtimoiy tabaqalanish
Qadimgi hind falsafiy maktablarining ikki guruhi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Astika va Nastika
Vedanta, Sankxya
Yoga, Vaysheshika
Nyaya va Mimansa
Dunyo bo‘linmas bo‘lakchalar (atomlar)dan tashkil topgan, degan ta’limotni ilgari surgan yunon faylasufi kim?
Demokrit
Fales
Geraklit
Anaksimen
IX-XIII asrlarda qaysi mutafakkirlar Markaziy Osiyo hududida yashab ijod etgan?
Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy
Forobiy, Ibn Rushd, Farididdin Attor
Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Beruniy
Alisher Navoyi, Forobiy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino
Yangi davrda fanlarning rivojlanish jarayonida falsafada qanday ajralishlar sodir bo‘ldi?
Sxolastika va din
Tabiat va din
Sxolastika va tabiat
Falsafada ajralishlar bo‘lmadi
Sharq mutafakkirlaridan kim borliq muammosini hal qilishda «Vujudi vojib» va «Vujudi mumkin» ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi?
Forobiy
Al - Xorazmiy
At – Termiziy
To‘g‘ri javob yo‘q
«... – falsafiy kategoriya sifatida dunyoni, uning butun rang – barangligi va turli – tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi», bu nima?
Borliq
Yo‘qlik
Bilish
Harakat
Borliqning shakllari nechtaga bo‘linadi?
4 ta
3 ta
2 ta
5 ta
«... – inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i», bu nima?
Tabiat borlig‘i
Inson borlig‘i
Ma’naviy borliq
Ijtimoiy borliq
Ma’naviy borliq nechtaga bo‘linadi?
2
3
4
5
Individuallashgan ma’naviy borliq - bu nima?
Insonning ichki dunyosi
Insonning tashqi dunyosi
Ijtimoiy makon va vaqt
To‘g‘ri javob yo‘q
Falsafaning qaysi sohasida borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalar o‘rganiladi?
Ontologiyada
Gnoseologiyada
Aksiologiyada
Ijtimoiy falsafada
Qadimgi Sharqda ilk marotaba qaysi manbada borliq masalalari tahlil qilingan?
Veda va Upanishadalarda
Konfutsiy ta’limotida
Islom falsafasida
Daosizmda
Ontologiya tushunchasini falsafada birinchi bor kim qo‘llagan?
X.Volf
D.Yum
J.Berkli
I.Kant
Dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat nima deb atalad?
Substansiya
Shakl
Vaqt
Harakat
Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv nima deb ataladi?
Dualizm
Totemizm
Fetishizm
Deizm
Falsafa tarixida dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin olgan faylasuf kim?
R.Dekart
Gegel
Shelling
Spinoza
Dunyoning negizida ikkita emas balki undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limot?
Plyuralizm
Dualizm
Deizm
Monizm
Monizm ta’limotiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni ko‘rsating?
Dunyoning narsalar va hodisalar rang – barangligi bir substansiyadan iborat
Dunyoning negizida ikkita emas undan ko‘proq mohiyat bor
Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv
Dunyoning to‘rt asosi haqidagi ta’limot
“Men fikrlayapman demak, demak men mavjudman” iborasi muallifi kim?
Dekart
Spinoza
Kant
F. Nitsshe
Dunyoda mavjud barcha jismlar makonlar necha o‘lchamga ega?
3
4
5
2
Materiya borlig‘ining barcha ob’ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakl sifatida qaysi falsafiy kategoriya ta’riflanadi?
Vaqt
Makon
Jism
Ong
Falsafada turli jismlarning makonda mexanik siljishi, tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi nima deyiladi?
Harakat
Rivojlanish
Zamon
Jism
Harakatning asosiy xususiyatlari qanday?
Abadiy va mutloq
Nisbiy va o‘tkinchi
Jarayon
O‘tkinchi
Harakatsizlikning asosiy xususiyatlari qanday?
Nisbiy va o‘tkinchi
Abadiy va mutloq
Jarayon
Abadiy
Harakat shakllari nechtaga bo‘linadi?
5
4
3
2
Tabiiy jarayonlar va hodisalar holatlarining har qanday o‘zgarishi bu - ...
Harakat
Taraqqiyot
Rivojlanish
O‘zgarish
Elementar zarrachalar, maydon va atomlarning harakati qanday harakat hisoblanadi?
Fizik harakat
Ximik harakat
Biologik harakat
Ijtimoiy harakat
Atomlar va molekulalarning harakati qanday harakat xisoblanadi?
Ximiyaviy
Biologik
Fizik
Ijtimoiy
Insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o‘zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikrlar harakatning qanday turiga kiradi?
Ijtimoiy harakat
Biologik harakat
Fizik harakat
Ximik harakat
«Ekologiya» atamasi etimologik jihatdan yunoncha oikos va logos so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, oikos-bu....
Uy, boshpana
Tabiat
O‘simlik
Ta’limot
Ibtidoiy odamlar mehnat qurollarini yasash uchun nimadan foydalanganlar?
Tosh va yog‘ochdan
O‘simlik va hayvondan
Jez va temirdan
Yog‘och va hayvondan
“Tabiatga salbiy antropogen ta’sir darajasi ortida tabiiy muhit tanazzuli orqaga qaytarib bo‘lmaydigan xususiyat kasb etadigan holat... deyiladi.”
Ekologik tanglik
Ekologik rivojlanish
Ekologik o‘sish
Ekologik sakrash
«Noosfera» bu— ?
Aql-idrok sohasi
Tabiiy bilim sohasi
Ijtimoiy soha
Iqtisodiy rivojlanish sohasi
Gumanizm so‘zining ma’nosi?
Insonparvarlik
Mehnatsevarlik
Tinchliksevarlik
Milliylik
Inson uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa bu- …?
Shaxs
Harakat
Ong
Ongsizlik
Ong va ong osti hodisalarni ilk bor mufassal o‘rgangan faylasuf kim?
Z.Freyd
K.Yung
D.Yum
E.Fromm
Miqdoriy ifodalash, sezish yoki kuzatish mumkin bo‘lmagan, massasi ham, energiyasi ham yo‘q, moddiy ob’ektlar kabi muayyan shakl-shamoyilga ham ega bo‘lmagan falsafiy kategoriya, bu –
Ong
Sezgi
Harakat
Mohiyat
«O‘zingni bilsang, olamni bilasan» degan ibora qaysi muallif qalamiga mansub?
Suqrot
Aflotun
Aristotel
Demokrit
“Dialektika” so‘zining ma’nosini toping.
yun. Dialektika – suhbat qurish san’ati
yun. Dialektika – sezgi, xis-tuyg‘u
yun. Dialektika – ong
yun. Dialektika – ongsizlik
Narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi bu - …?
O‘zgarish
Qonun
Rivojlanish
Sabab
Qarama-qarshilik bu - …?
Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir
Narsalar, hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi
Ob’ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari bo‘ysunadi
Narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui bu–...?
Sifat
Qarshilik
Ziddiyat
Harakat
Dialektika kategoriyalarini tizimga solish va formal mantiqiy fikrlashning umumiy qonunlarini ishlab chiqishga urinish kimning ijodi bilan bog‘liq?
Arastu
Aflotun
Suqrot
Demokrit
“Sof aqlning tanqidi” asrining muallifi kim ?
Kant
Fixte
Shelling
Gegel
Borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim mazmunini o‘zida aks ettiruvchi falsafiy tushuncha nima?
Kategoriya
G‘oya
Gipoteza
Mulohaza
Fan va falsafa kategoriyalarining farqi nimada?
Falsafiy kategoriyalar o‘ta keng tushunchalardir
Fan kategoriyalari o‘ta ma’noli
Falsafa kategoriyalari juda oz
Fan kategoriyalari irratsionallikni tan oladi
Yakkaga nisbatan umumiy, umumiyga nisbatan yakka hodisa qaysi kategoriyani toping?
Xususiylik
Umumiylik
Yakkalik
Ayrimlik
Faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya qaysi?
Yakkalik
Umumiylik
Xususiylik
Xodisa
Quyidagilardan qaysi biri narsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatadi?
Element
Struktura
Sistema
Butun
Qaysi mulohaza to‘g‘ri?
Oqibat sabab ta’sirida vujudga keladi
Sabab oqibat ta’sirida vujudga keladi
Butun va qism fan kategoriyalaridir
To‘g‘ri javob yo‘q
Amalga oshgan borliqni tavsiflovchi falsafiy kategoriya qaysi?
Voqelik
Zaruriyat
Tasodif
Butun
Struktura nima?
Narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa yo‘li
Narsaning boshqa bo‘linmaydigan qismi
Narsaning eng umumiy xossalari
Narsaning, predmetning yaxlit belgilari
Falsafada “narsa o‘zida” g‘oyasi kimga tegishli?
Kant
Shelling
Gegel
Fixte
Borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmui, bu - ...
Falsafiy kategoriyalar
Fan kategoriyalari
Umumiy kategoriyalar
Atamalar
Bilish haqidagi ta’limot bu - ...?
Gnoselogiya
Ontologiya
Ideologiya
Epistemologiya
Bilim bu - ...?
Haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonchdir
Bilim - yolg‘on ma’lumot
Hali asoslanmagan fikr
Haqiqatga mos kelmaydigan fikr
Subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki xodisa bu ...?
Obyekt
Makon
Zamon
Tushuncha
Inson ongi yordamida oladigan dunyo xaqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasi nima?
Bilim
Hissiyot
Sezgi
Tasavvur
Falsafada gnoseologiya nimani o‘rganadi?
Bilish jarayonining umumiy, falsafiy mohiyati va muammolarini o‘rganadi
Bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi
Tafakkurning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi
Bilim va e’tiqodimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi
Ratsionalizm bu...
Aqliy bilim
Xissiy bilim
Emperik bilim
Tajribaviy bilim
Ilmiy bilish darajalarini ko‘rsating.
Empirik va nazariy
Xissiy va amaliy
Transendental va aqliy
Empirik va amaliy
Haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz anglab etish qobiliyati nima deb ataladi?
Intuitsiya
Xulosa
Tafakkur
Sezgi
Bilish jarayonini, inson ongini o‘tmish va kelajak bilan bog‘lovchi, egallangan bilimlarni saqlovchi hodisa nima deyiladi?
Xotira
Tasavvur
Xayol
Idrok
Qachonlardir insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlari bu - ...
Tasavvur
Xotira
Xayol
Idrok
Sezgi a’zolari orqali olingan bilim qanday bilim hisoblanadi?
Hissiy
Aqliy
Tanssendental
Irratsional
Qanday haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning ma’lum tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklanadi?
Nisbiy haqiqat
Mutloq haqiqat
Subyektiv haqiqat
Obyektiv haqiqat
Odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushunish?
Yolg‘on
Haqiqat
Shubha
Ishonch
Bilimning mutloq qadriyati – ?
Haqiqat
Shubha
Yolg‘on
Yanglishish
Falsafa metodlari qaysilar?
Dialetika, metafizika, sofistika, eklektika
Tarixiy, ob’ektiv, sub’ektiv
Doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy
Analiz, induksiya, deduksiya
Falsafada hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan bir-biriga zid dalillarga asoslanadi?
Eklektika
Dialektika
Sofistika
Metofizika
«Sinergetika» so‘zining ma’nosi?
Kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir
Yurakdan, chin dildan degani
O‘ylamoq, hayol surmoq
Kuzatish, chuqur tahlil qilish
Dialog nima?
Savol- javob metodi
Qarama- qarshilik metodi
Tortishuvlar metodi
Munozara metodi
“Kashf etaman, topaman” ma’nosini anglatuvchi so‘z...
Evristika
Abduksiya
Eksperiment
Unday so‘z yo‘q
Tushunish bu …….?
Fikr yuritish orqali simvolda yashirin ma’noni aniqlash demak
Borliqni anglash
Olimning iqtisodiy yondashuvi
To‘g‘ri javob yo‘q
Tushunish jarayoni nima bilan bog‘liq bo‘ladi?
Anglab etish ya’ni inson uchun ma’lum ma’noga ega bo‘lgan narsalarni aniqlash bilan
Izohlash bilan
Tavsiflash bilan
Talqin bilan
“Simvol” so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Yunoncha “ramz”, “shartli belgi”
Yunoncha, “o‘xshatish”
Yunoncha, “qiyoslash, o‘lchash”
Yunoncha, “o‘lchash”
Jamiyatni ma’naviy kichik tizimini vujudga kelishi nimalar bilan belgilanadi?
Har xil ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlar bilan
Ijtimoiy va moddiy ehtiyojlar bilan
Mulkiy ehtiyojlar bilan
To‘g‘ri javob yo‘q
“Madaniyat”so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
Arabcha “madina” shahar degani
Davlat so‘zidan olingan
Inglizcha “uy” degani
Lotincha “kitob” so‘zidan olingan
Jamiyatda siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat va siyosiy tashkilotlar, institutlar va muassasalar majmui bu?
Siyosiy tizim
Diniy tizim
Axloqiy tizim
Barcha javoblar to‘g‘ri
Ajdodlar tomonidan yaratilgan va har bir jamiyatning ijtimoiy-madaniy jarayoniga kiritilgan qadriyatlar majmui bu...?
Madaniy meros
Diniy iqtisodiy
Huquqiy siyosiy
To‘g‘ri javob yo‘q
Biologizm bu...?
Insonning tabiiy-biologik xususiyatlari
Insonning huquqiy-siyosiy xususiyatlari
Insonning ma’naviy-ruhiy xususiyatlari
To‘g‘ri javob yo‘q
Insonning ijtimoiy xususiyatlari?
Sotsiologizm
Psixologizm
Biologizm
Barcha javoblar to‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: |