O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti


MANTIQ FANIDAN TEST SAVOLLARI



Download 0,76 Mb.
bet5/5
Sana11.04.2022
Hajmi0,76 Mb.
#544305
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 TESRLAR

MANTIQ FANIDAN TEST SAVOLLARI



  1. “Mantiq” atamasi qanday ma’noni anglatadi?

  1. Arabcha atama bo‘lib “fikr”, “so‘z”, “aql”, “qonuniyat” degan ma’noni anglatadi.

  2. O‘zbekcha atama bo‘lib “fikr”, “so‘z”, “aql”, “qonuniyat” degan ma’noni anglatadi.

  3. Arabcha atama bo‘lib “ma’nolar majmui”, “ma’no”, “mani” degan ma’noni anglatadi.

  4. Arabcha atama bo‘lib “tushuncha”, “hukm”, “mulohaza”, degan ma’noni anglatadi.




  1. Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini nima?

  1. Tafakkur

  2. Xissiyot

  3. Axloq

  4. Nafosat




  1. «Tafakkur» atamasi qanday ma’noni anglatadi?

  1. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi

  2. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «xis qilish», «xis etiladigan» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi

  3. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «bilim», «ruxiyat» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Tafakkur bilishning qanday bosqichi?

  1. Yuqori bosqichi

  2. Quyi bosqichi

  3. Oliy bosqichi

  4. Quyi va yuqori bosqichlari




  1. . . . . voqelikning, shu jumladan, ong xodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat.

  1. Bilish

  2. Xayol

  3. Go‘zallik

  4. Axloq




  1. Bilishning dastlabki bosqichini qiysi?

  1. Quyi bosqichi

  2. Yuqori bosqichi

  3. Oliy bosqichi

  4. Quyi va yuqori bosqichlari




  1. Hissiy bilish shakllari qiysilar?

  1. Sezgi, idrok va tasavvur

  2. Sezgi, aql,

  3. Sezgi, aql, tafakkur

  4. Tafakkur, intuitsiya




  1. . . . . predmetning birorta tashqi hususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir.

  1. Sezgi

  2. Idrok

  3. Tasavvur

  4. Tafakkur




  1. . . . . predmetning yahlit yaqqol obrazi bo‘lib, u mazkur predmet haqidagi turli hil sezgilarni sintez qilish natijasida xosil bo‘ladi.

  1. Idrok

  2. Sezgi

  3. Tasavvur

  4. Tafakkur




  1. . . . . avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan) ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi obraz yaratishdan iborat Hissiy bilish shaklidir.

  1. Tasavvur

  2. Idrok

  3. Sezgi

  4. Tafakkur




  1. . . . . bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio-aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim hususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi.

  1. Tafakkur

  2. Tasavvur

  3. Idrok

  4. Sezgi




  1. Tafakkur shakllari qaysilar?

  1. Tushuncha, hukm va hulosa chiqarish

  2. Sezgi, idrok va tasavvur

  3. Tushuncha, hukm va tasavvur

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. Formal mantiq nimani o‘rganadi?

  1. To‘gri tafakkurlash shakllari va qonunlarini

  2. Tafakkurning vujudga kelishini.

  3. Tafakkur taraqqiyotini.

  4. Fikrning konkret mazmunini.




  1. Tafakkur shakli nima?

  1. Fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning boglanish usuli.

  2. Fikrning yaqqol ifodalanishi.

  3. Fikrning tilda gavdalanishi

  4. Til va tafakkurning bir-biriga to‘la mos kelishi




  1. Ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli hil mazmunga ega bo‘lgan . . . .larda aks ettiriladi.

  1. Tushuncha

  2. Huqm

  3. Xulosa

  4. Gap




  1. Tushuncha deb nimaga aytiladi?

  1. narsalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli

  2. narsa yoki hodisaga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli

  3. bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi

  4. narsalarning birorta tashqi xususiyatini aks ettiruvchi yaqqol obrazdir.




  1. Hukm deb nimaga aytiladi?

  1. narsa yoki hodisaga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli

  2. narsalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli

  3. bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi

  4. narsalarning birorta tashqi xususiyatini aks ettiruvchi yaqqol obrazdir.




  1. Xulosa chiqarish deb nimaga aytiladi?

  1. bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakliga aytiladi

  2. narsalarning umumiy va muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli

  3. narsa yoki hodisaga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli

  4. narsalarning birorta tashqi xususiyatini aks ettiruvchi yaqqol obrazdir.




  1. Dialektik mantiq nimani o‘zganadi?

  1. Fikrlash qonunlari va shakllarining rivojlanishini o‘rgatadi.

  2. To‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan

  3. Tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi

  4. Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi.




  1. Matematik mantiq nimani o‘zganadi?

  1. Tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi

  2. Fikrlash qonunlari va shakllarining rivojlanishini o‘rgatadi.

  3. To‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan

  4. Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi.




  1. Ko‘p ma’noli mantiq nimani o‘zganadi?

  1. Hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi.

  2. Fikrlash qonunlari va shakllarining rivojlanishini o‘rgatadi.

  3. To‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan

  4. Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi.




  1. Induktiv mantiq nimani o‘zganadi?

  1. Hozirgi zamon noklassik mantig‘i tarmog‘i bo‘lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi.

  2. Hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi.

  3. Fikrlash qonunlari va shakllarining rivojlanishini o‘rgatadi.

  4. To‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan




  1. Konstruktiv mantiq nima?

  1. Bu mantiq konstruktiv matematikaga asoslanib, intuitiv mantiq qoidalarini tanqidiy o‘rganish asosida paydo bo‘lgan.

  2. Hozirgi zamon noklassik mantig‘ining bir tarmog‘i bo‘lib, fikrlashni «chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi.

  3. Fikrlash qonunlari va shakllarining rivojlanishini o‘rgatadi.

  4. To‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fan




  1. Formal mantiqning asosiy qonunlari qaysilar?

  1. Ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno, etarli asos

  2. Ayniyat, nozidlik, uchinchisi istisno

  3. Mantiqiylik, haqiqiylik, mavjudlilik, aqlga to‘g‘ri kelish,

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. “Istisno qonunining” formulasini belgilang?

  1. “A yoki B, yoki B emas”

  2. “A – A dir”

  3. “A ham B, ham B emas bo‘la olmaydi”

  4. “Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud”




  1. “Nozidlik qonunining” formulasini belgilang?

  1. “A ham B, ham B emas bo‘la olmaydi”

  2. “A yoki B, yoki B emas”

  3. “A – A dir”

  4. “Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud”




  1. “Ayniyat qonunining” formulasini belgilang?

  1. “A – A dir”

  2. “A ham B, ham B emas bo‘la olmaydi”

  3. “A yoki B, yoki B emas”

  4. “Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud”




  1. “Etarli asos qonunining” formulasini belgilang?

  1. “Agar B mavjud bo‘lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud”

  2. “A – A dir”

  3. “A ham B, ham B emas bo‘la olmaydi”

  4. “A yoki B, yoki B emas”




  1. Ilmiy bilish metodining zarurligini ta’kidlash va uning asosiy qoidalarini, prinsiplarini ishlab chiqqan alloma ?

  1. Beruniy

  2. Ibn Sino

  3. Farobiy

  4. Xorazmiy




  1. Ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab etuvchi, fikriy ziddiyatning oldini olishga qaratilgan mantiqiy qonun bu.....

  1. Ziddiyat qonuni

  2. Ayniyat qonuni

  3. Uchinchisi istisno qonuni

  4. Etarli asos qonuni




  1. Fikrlashning isbotli, ishonarli bo‘lishini talab etuvchi mantiqiy qonun bu.....

  1. Etarli asos qonuni

  2. Ziddiyat qonuni

  3. Ayniyat qonuni

  4. Uchinchisi istisno qonuni




  1. Tushunchaning ikki zid munosabatini ifodalaydigan mantiqiy qonun bu....

  1. Uchinchisi istisno qonuni

  2. Etarli asos qonuni

  3. Ziddiyat qonuni

  4. Ayniyat qonuni




  1. Har bir fikr, muhokama aniq, ravshan bo‘lishini o‘zida ifodalaydigan mantiqiy qonun bu....

  1. Ayniyat qonuni

  2. Uchinchisi istisno qonuni

  3. Etarli asos qonuni

  4. Ziddiyat qonuni




  1. .....lar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘hshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, hususiyatlarga aytiladi.

  1. Belgi

  2. Sezgi

  3. Tushuncha

  4. Narsa




  1. Nomuhim belgilar deb nimaga aytiladi?

  1. Predmetning mohiyatini tashkil qilmaydigan, ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydigan belgilar

  2. Predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lgan belgilar

  3. Faqat bitta predmetga hos bo‘lgan belgilar

  4. Predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydigan belgilar




  1. Muhim belgilar deb nimaga aytiladi?

  1. Predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydigan belgilar

  2. Predmetning mohiyatini tashkil qilmaydigan, ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydigan belgilar

  3. Predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lgan belgilar

  4. Faqat bitta predmetga hos bo‘lgan belgilar




  1. Individual belgilar deb nimaga aytiladi?

  1. Faqat bitta predmetga hos bo‘lgan belgilar

  2. Predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydigan belgilar

  3. Predmetning mohiyatini tashkil qilmaydigan, ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydigan belgilar

  4. Predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lgan belgilar




  1. Umumiy belgilar deb nimaga aytiladi?

  1. Predmetning ma’lum bir guruhiga tegishli bo‘lgan belgilar

  2. Faqat bitta predmetga hos bo‘lgan belgilar

  3. Predmetning mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydigan belgilar

  4. Predmetning mohiyatini tashkil qilmaydigan, ularning yo‘qolishi bilan predmetning tabiati o‘zgarmaydigan belgilar




  1. Tushunchalar tilda nimalar yordamida ifoda qilinadi.

  1. So‘z va so‘z birikmalari

  2. Gap va yozuvda

  3. Faqat darak gaplarda

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. Tushunchaning mazmunini nimalar tashkil etadi?

  1. Unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig‘indisi

  2. Unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisi

  3. Unda fikr qilinayotgan predmetning muhim shakllari yig‘indisi

  4. Unda fikr qilinayotgan predmetlar rang-baranligi




  1. Tushunchaning hajmini nimalar tashkil etadi?

  1. Unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisi

  2. Unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari yig‘indisi

  3. Unda fikr qilinayotgan predmetning muhim shakllari yig‘indisi

  4. Unda fikr qilinayotgan predmetlar rang-baranligi




  1. Tushunchalar hajmiga ko‘ra turlarini belgilang.

  1. Yakka va umumiy tushunchalar

  2. Abstrakt va konkret tushunchalar

  3. Nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalar

  4. Ijobiy va salbiy tushunchalar




  1. Yakka va umumiy tushunchalarga keltirilgan qaysi misollar to‘g‘ri.

  1. «Namangan davlat universiteti» va «universitet»

  2. «Inson» va «qahramonlik»

  3. «Fan» va «talaba»

  4. «Sabab» va «oqibat»




  1. Miqdori chegaralangan va chegaralanmagan ushunchalarga keltirilgan qaysi misollar to‘g‘ri.

  1. «Himiyaviy element» va «yulduz»

  2. «Inson» va «tabiat»

  3. «Sabab» va «oqibat»

  4. «O‘qituvchi» va «talaba»




  1. Tushunchalar mazmuniga ko‘ra turlarini belgilang.

  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Abstrakt va konkret tushunchalar

  3. Nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalar

  4. Ijobiy va salbiy tushunchalar




  1. Umumiy tushunchalar turlarini belgilang.

  1. Miqdori chegaralangan va chegaralanmagan

  2. Abstrakt va konkret tushunchalar

  3. Nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalar

  4. Ijobiy va salbiy tushunchalar




  1. Taqqoslanadigan tushunchalar hajm jihatidan qanday turlarga bo‘linadi?

  1. Sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan

  2. Moslik, qisman moslik va bo‘ysunish

  3. Birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik

  4. Nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalar




  1. Taqqoslanmaydigan tushunchalar qanday tushunchalar?

  1. Bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalar

  2. Umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalar

  3. Hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladigan tushunchalar

  4. Hajmi jihatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har hil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi




  1. Umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalar bu......

  1. Taqqoslanadigan tushunchalar

  2. Taqqoslanmaydigan tushunchalar

  3. Miqdori chegaralangan tushunchalar

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalar bu....

  1. Taqqoslanmaydigan tushunchalar

  2. Taqqoslanadigan tushunchalar

  3. Miqdori chegaralangan tushunchalar

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi tushunchalar bu....

  1. Sig‘ishadigan tushunchalar

  2. Sig‘ishmaydigan tushunchalar

  3. Taqqoslanmaydigan tushunchalar

  4. Abstrakt tushunchalar




  1. Bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladigan tushunchalar bu....

  1. Moslik munosabatidagi tushunchalar

  2. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar

  3. Bo‘ysunish munosabatida tushunchalar

  4. Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar




  1. Tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega bo‘lgan tushunchalar bu....

  1. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar

  2. Moslik munosabatidagi tushunchalar

  3. Bo‘ysunish munosabatida tushunchalar

  4. Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar




  1. birining hajmi ikkinchisining hajmiga to‘liq kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadigan tushunchalar bu....

  1. Bo‘ysunish munosabatida tushunchalar

  2. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar

  3. Moslik munosabatidagi tushunchalar

  4. Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar




  1. Sig‘ishadigan tushunchalarning turlari.

  1. Moslik, qisman moslik va bo‘ysunish

  2. Birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik

  3. Nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalar

  4. Taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalar




  1. Sig‘ishmaydigan tushunchalarning turlari.

  1. Birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik

  2. Moslik, qisman moslik va bo‘ysunish

  3. Nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalar

  4. Taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalar




  1. Munosabatdagi tushunchalardan biri predmetning birorta hususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladigan tushunchalar bu.....

  1. Zidlik munosabatidagi tushunchalar

  2. Qisman moslik munosabatidagi tushunchalar

  3. Moslik munosabatidagi tushunchalar

  4. Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar




  1. Predmetga ma’lum bir hossaning, munosabatning hosligi yoki hos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli bu...

  1. Hukm

  2. Tushuncha

  3. Xulosa chiqarish

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. “Hukmning voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra turlari”ni belgilang.

  1. Chin, xato, noaniq

  2. Oddiy va murakkab

  3. Inkor va tasdik

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. … bir va undan ortiq chin muloxazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo‘lgan tafakkur shakli nima deb ataladi.

  1. Xulosa

  2. Hukm

  3. Tushuncha

  4. Tafakkur




  1. “yo”, “yoki”, “yoxud” mantiqiy bog‘lamalar vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohoza qanday nomlanadi

  1. Ayiruvchi

  2. Ekvivalentlik

  3. Birlashtiruvchi

  4. Shartli




  1. CHin hukmlar qanday hukmlar?

  1. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar

  2. Ob’ektiv voqelikka mos kelmagan, uni to‘g‘ri ifodalamagan hukmlar

  3. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Xato hukmlar qanday hukmlar?

  1. Ob’ektiv voqelikka mos kelmagan, uni to‘g‘ri ifodalamagan hukmlar

  2. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar

  3. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Noaniq hukmlar qanday hukmlar?

  1. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar

  2. Ob’ektiv voqelikka mos kelmagan, uni to‘g‘ri ifodalamagan hukmlar

  3. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganishdan maqsad

  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. fikrlash madaniyatini o‘stiradi, mulohazalardagi xatolarni ochishga yordam beradi

  3. fikrni to‘g‘ri berish ma’lakasini rivojlantiradi

  4. o‘zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosabatda bo‘lish




  1. Hukmlar qanday gap orqali ifodalanadi?

  1. Darak gap

  2. So‘roq gap

  3. Undov gap

  4. Barcha gap shakllarida




  1. Mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga kura murakkab hukmlarning turlarini toping.

  1. birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent.

  2. “va, yoki, agar ... unda” murakkab hukmlarning

  3. implikativ, shartli, ekvivalent

  4. Umumiy tasdiq va juz’iy tasdiq.




  1. Oddiy hukmlarni sifati ko‘ra turlarini toping.

  1. sifatiga kura tasdiq va inkor hukm

  2. miqdoriga kura tasdiq va inkor hukm

  3. yakka hukm va umumiy hukm

  4. songa ko‘ra inkor va tasdiq.




  1. Deduktiv xulosa chiqarish muhim xususiyati

  1. Umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqiy zaruriy egaligidir.

  2. Xususiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqiy zaruriy egaligidir

  3. Umumiy bilimdan umumiy bilimga o‘tishning mantiqiy zaruriy egaligidir

  4. Hammasi to‘g‘ri




  1. Birlashtiruvchi hukmni toping.

  1. Qung‘roq chalindi va dars boshlandi.

  2. Talabalar keldi imtihon boshlanmadi

  3. Yolg‘on gapirish jinoyatdir.

  4. Ukasi aksidan baland




  1. Xulosa chinlik darajasiga kura necha turga bulinadi

  1. zaruriy xulosa chiqarish, ehtimoliy xulosa chiqarish

  2. bevosita xulosa chiqarish ,bavosita xulosa chiqarish

  3. deduktiv xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish

  4. oddiy xulosa chiqarish va murakkab xulosa chiqarish




  1. Umumiy belgilarga ega bo‘lgan taqqoslanadigan tushunchani toping?

  1. “Metallurg” va “ishchi”

  2. “Fan” va “Mantiq”

  3. “I Karimov” va O‘zbekiston Respublikasining prezidenti

  4. oddiy xulosa chiqarish va murakkab xulosa chiqarish




  1. Tafakkur qonunlari va shakllarini o‘rgatuvchi fan?

  1. Formal logika

  2. Dialektik logika

  3. Matematik logika

  4. Hammasi




  1. “Abdullaev musobaqada yo yutadi, yutmaydi” ushbu gap qanday hukmga misol bo‘ladi?

  1. Ayiruvchi

  2. Birlashtiruvchi

  3. Shartli

  4. Ekvivalent




  1. “Ba’zi yoshlar xunarmand emas” misoli qanday tafakkur shakli kiradi.

  1. Juz’iy inkor hukm

  2. Umumiy inkor hukm

  3. Juz’iy tasdiq hukm

  4. Oddiy inkor hukm




  1. Shartli hukm bu...

  1. ikki oddiy hukmning “agar.. unda” mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi.

  2. ikki oddiy hukmning “agar.. unda” “menda”mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi.

  3. ikki oddiy hukmning “agar.. “menda”mantiqiy bog‘lamasi orqali birikishidan tashkil topadi.

  4. ikki oddiy hukmning “agar.. unda” mantiqiy bog‘lamasi orqali tashkil topmaydi




  1. Sillogizmning qaysi figurasida o‘rta termin ikkala asosda predikat o‘rnini egallaydi.

  1. 4 - figurada

  2. 1 - figurada

  3. 2 - figurada

  4. 3 - figurada




  1. Isbotlash usuli – bu.

  1. Nazariya

  2. Tushuncha

  3. Hukm

  4. Xulosa chiqarish




  1. “Marsda hayot bo‘lishi mumkin ” iborasi qanday hukm.

  1. ehtimollik hukm

  2. voqealik hukm

  3. zaruriylik hukm

  4. diz’yuktiv hukm




  1. Quyidagilardan qaysi biri mavhum tushuncha.

  1. Go‘zallik

  2. Qit’a

  3. Adabiy janr

  4. Quyosh sistemasi




  1. Logika nimani o‘rganadi

  1. Tafakkur shakllari va usularini o‘rganuvchi ta’limot

  2. Tafakkur shakllarini o‘rganuvchi talimot

  3. Tafakkur vositalarini o‘rganuvchi talimot

  4. O‘zgaruvchan faoliyat usullarini o‘rganuvchi talimot




  1. Estetika nimani o‘rganadi

  1. Nafosat falsafasi

  2. Axloq falsafasi

  3. Bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullarini

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. Dunyoqarashning tarixiy shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan

  1. Mifologik, diniy, falsafiy

  2. Mifologik, dualistik, monistik

  3. Diniy, dualistik, mifologik

  4. Diniy, mifologik, idealistik




  1. Zardushtiylik dinining asoschisi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan

  1. Zardusht

  2. Budda

  3. Sidhardxa Gautama

  4. Avesto




  1. «Vedalar» qaysi davrlarda vujudga kelgan?

  1. Mil. av. 1,5 ming yil oldin

  2. Mil. av. 2 ming yil oldin

  3. O‘rta asrlarda

  4. Mil. avv II-III asrlarda




  1. Fikrlash elementlari o‘rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi qonun bu......

  1. Formal mantiq qonuni

  2. Falsafiy qonun

  3. Jamiyat qonunlari

  4. Tabiat qonunlari




  1. Tafakkur nima?

  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Tafakkur – aqliy bilish bosqichi

  3. Tafakkur jarayonida narsa va hodisalarning o‘zaro aloqadorligi, rivojlanish qonuniyatlari, istiqboli haqida bilimlar, g‘oyalar, gipotezlar hosil bo‘ladi

  4. Tafakkur – mantiq ilmining o‘rganish ob’ekti




  1. Chin bilimga erishish maqsadiga hizmat qiladigan to‘g‘ri fikrlashning aniq normalari nima deb ataladi?

  1. Tafakkur qonunlari

  2. Haqiqat

  3. Axloq

  4. Xulosa chiqarish




  1. Davlatning muhim belgilari qaysilar?

  1. Maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega bo‘lishi

  2. Millati, irqi, bayrig‘iga ega bo‘lishi

  3. Fuqaroligi, maydoni, aholisi

  4. Tili, pul birligi, davlat ramzlariga ega bo‘lishi




  1. Predmetlar o‘zaro solishtirilib, ularning o‘hshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlash usuli bu....

  1. Taqqoslash

  2. Analiz

  3. Sintez

  4. Abstraksiyalash




  1. Predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o‘rganish usuli bu....

  1. Analiz

  2. Taqqoslash

  3. Sintez

  4. Abstraksiyalash




  1. Analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirib o‘rganish usuli bu....

  1. Sintez

  2. Umumlashtirish

  3. Taqqoslash

  4. Abstraksiyalash




  1. Predmetning aniqlangan umumiy va individual belgilari muhimlarini ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilish usuli bu....

  1. Abstraksiyalash

  2. Sintez

  3. Umumlashtirish

  4. Analiz




  1. Predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim hususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtish va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini fikr qilish imkoniyati yaratiladigan mantiqiy usuli bu....

  1. Umumlashtirish

  2. Abstraksiyalash

  3. Sintez

  4. Analiz




  1. ............lar so‘z va so‘z birikmalari yordamida ifoda qilinadi.

  1. Tushuncha

  2. Hukm

  3. Xulosa

  4. Belgi




  1. ..........qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi so‘z bo‘lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir hil ma’noda ishlatiladi.

  1. Termin

  2. Tushuncha

  3. So‘z

  4. So‘z birikmalari




  1. Fanning muhim belgilari qaysi?

  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Uning amaliyot bilan aloqada ekanligi

  3. Predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, prinsiplar shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo‘lishi

  4. Dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi




  1. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonun qanday bo‘ladi?

  1. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi.

  2. Bu qonunga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni ham kengayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni ham torayadi.

  3. Bu qonunga muvofiq tushunchaning mazmuni kengaytirilsa, hajmi ham kengayadi va aksincha mazmuni toraytirilsa, hajmi ham torayadi.

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Quyidagilardan qaysilari umumiy tushunchalar.

  1. Yulduz, universitet, viloyat, davlat, millat

  2. O‘zbek millati, Namangan viloyati, NamDU

  3. Zuhro yulduzi, arxiv, planeta, mars sayyorasi

  4. Inson, koinot, dengiz, Uychi tumani, Norin daryosi




  1. Quyidagilardan qaysilari yakka tushunchalar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, O‘zbek millati.

  2. Inson, koinot, dengiz, Uychi tumani, Norin daryosi

  3. NamDU rektori, arxiv, planeta, mars sayyorasi.

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. Quyidagilardan qaysi biri miqdori chegaralangan tushuncha.

  1. Lotin alifbosi

  2. Yulduz

  3. Raqam

  4. Koinot




  1. Quyidagilardan qaysi biri miqdori chegaralanmagan tushuncha.

  1. Yulduz

  2. Hafta kunlari

  3. Guruh talabari

  4. Kimyoviy element




  1. Abstrakt tushunchalar deb qanday tushunchalarga aytiladi?

  1. predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi

  2. predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi

  3. nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi

  4. zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi




  1. Konkret tushunchalar deb qanday tushunchalarga aytiladi?

  1. predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi

  2. predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi

  3. nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi

  4. zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi




  1. Nisbatsiz tushunchalar deb qanday tushunchalarga aytiladi?

  1. nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi

  2. predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi

  3. predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi

  4. zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi




  1. Nisbatdosh tushunchalar deb qanday tushunchalarga aytiladi?

  1. zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi

  2. nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi

  3. predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi

  4. predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi




  1. Quyidagi qaysi javobda abstrakt tushunchalar ifodalangan.

  1. “Go‘zallik”, “Ulug‘vorlik”, “Qahramonlik”, “Yovuzlik”, “Nodonlik”

  2. “Inson”, “Talaba”, “O‘qituvchi”, “Mashina”, “Doska”, “Paxta”

  3. “Mardlik”, “Qalam”, “Tabiat”, “Piyola”, “Vijdon”, “Bilim”, “Dangasa”

  4. “Insof”, “Daftar”, “Ko‘chirmachi”, “Vatanparvar”, “Choynak”, “Talaba”




  1. Quyidagi qaysi javobda konkret tushunchalar ifodalangan.

  1. “Inson”, “Talaba”, “O‘qituvchi”, “Mashina”, “Doska”, “Paxta”

  2. “Go‘zallik”, “Ulug‘vorlik”, “Qahramonlik”, “YOvuzlik”, “Nodonlik”

  3. “Mardlik”, “Qalam”, “Tabiat”, “Piyola”, “Vijdon”, “Bilim”, “Dangasa”

  4. “Insof”, “Daftar”, “Ko‘chirmachi”, “Vatanparvar”, “Choynak”, “Talaba”




  1. Quyidagi qaysi javobda nisbatdosh tushunchalar ifodalangan.

  1. “Ustoz” va “SHogird”, “O‘qituvchi” va “Talaba”, “Sabab” va “Oqibat”

  2. “Mashina” va “Talaba”, “Doska” va “Yulduz”, “Musiqa” va “Tosh”

  3. “Inson” va “Piyola”, “Norin daryosi” va “Musiqa”, “Doska” va “Paxta”

  4. “Insof” va “Daftar”, “Ko‘chirmachi” va “Vatanparvar”, “Choynak” va “Talaba”




  1. Quyidagi qaysi javobda nisbatsiz tushunchalar ifodalangan.

  1. “Norin daryosi” va “Musiqa”

  2. “Ustoz” va “Shogird”

  3. “O‘qituvchi” va “Talaba”

  4. “Sabab” va “Oqibat”




  1. Quyidagi qaysi javobda ijobiy tushunchalar ifodalangan.

  1. “Axloqli talaba”, “Mas’ulayatli talaba”, “Savodli kishi”, “Vijdonli kishi”

  2. “Axloqsiz talaba”, “Mas’ulayatsiz talaba”, “Vijdonsiz talaba”

  3. “Yovuz inson”, “Pastkash inson”, “Tuban inson”, “Diyonatsiz inson”

  4. “Savodsiz talaba”, “Razil inson”, “G‘iybatchi inson”, “Vafosiz qiz”




  1. Quyidagi qaysi javobda salbiy tushunchalar ifodalangan.

  1. “Axloqsiz talaba”, “Mas’ulayatsiz talaba”, “Savodsiz talaba”, “Dangasa talaba”

  2. “Axloqli talaba”, “Mas’ulayatli talaba”, “Savodli kishi”, “Vijdonli kishi”

  3. “Vatanparvar inson”, “Mehnatkash inson”, “Samimiy inson”, “Diyonatli kishi”

  4. “Vafodor ayol”, “Iqtidorli talaba”, “Kamtar inson”, “Hayoli qiz”




  1. Quyidagi qaysi javobda taqqoslanadigan tushunchalar ifodalangan.

  1. «Metallurg» va «Ishchi»

  2. «Ideal gaz» va «Go‘zallik»

  3. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi»

  4. Barcha javoblar to‘g‘ri




  1. Quyidagi qaysi javobda taqqoslanmaydigan tushunchalar ifodalangan.

  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. «Ideal gaz» va «Go‘zallik»

  3. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi»

  4. «Ulug‘vorlik» va «Ko‘mir»




  1. Quyidagi qaysi javobda qisman moslik munosabatidagi tushunchalar ifodalangan.

  1. “Talaba” va “sportchi”

  2. “Fan” va “fizika fani”

  3. “Sabab” va “oqibat”

  4. “Terak” va “insof”




  1. Quyidagi qaysi javobda bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar ifodalangan.

  1. “Fan” va “fizika fani”

  2. “Talaba” va “sportchi”

  3. “Oliy ma’lumotli” va “o‘qituvchi”

  4. “Teatr” va “daftar”




  1. Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga nima deb aytiladi?

  1. Tushunchani bo‘lish

  2. Tushunchani aylantirish

  3. Tushunchani mavhumlashtirish

  4. Tushunchani taqqoslash




  1. Bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar bu....

  1. Bo‘lish a’zolari

  2. Bo‘lish asosi

  3. Bo‘linuvchi tushuncha

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi bu......

  1. Bo‘lish asosi

  2. Bo‘lish a’zolari

  3. Bo‘linuvchi tushuncha

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha bu......

  1. Bo‘linuvchi tushuncha

  2. Bo‘lish asosi

  3. Bo‘lish a’zolari

  4. To‘g‘ri javob yo‘q




  1. Ta’riflash bilishda qanday asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi?

  1. Barcha javoblar to‘g‘ri

  2. Tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‘rsatadi

  3. Tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) ma’nosini ochib beradi

  4. Termin hosil qilishga imkon beradi




  1. Hukmlar tuzilishiga ko‘ra turlari

  1. Oddiy va murakkab

  2. Tasdiq va inkor

  3. Yakka va umumiy

  4. Atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari




  1. Tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga nima deb aytiladi?

  1. Oddiy hukm

  2. Murakkab hukm

  3. Tasdiq hukm

  4. Inkor hukm




  1. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga nima deb aytiladi?

  1. Murakkab hukm

  2. Oddiy hukm

  3. Tasdiq hukm

  4. Inkor hukm




  1. «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza qanday hukmni ifodalaydi.

  1. Oddiy hukm

  2. Murakkab hukm

  3. Tasdiq hukm

  4. Inkor hukm



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish