Laybnits inson ma’naviy olamini qanday sohalarga bo‘ladi?
Aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga
Ma’naviyat, ma’rifat, ruhiyatga
Ruhiyat, bilim, hayolga
Ma’rifat, tafakkur, tasavvurga
Bular ichida qaysi biri estetik faoliyat turiga kiradi?
dizayn
tarbiya
mehnat
targ‘ibot
Quyidagilardan qaysi biri ifodali san’at turi hisoblanadi?
me’morlik
dehqonchilik
muallimlik
ganchkorlik
«Estetika» iborasi qanday ma’noni anglatadi?
his qilish, his qilinadigan, his etiladigan
didni yuksaltirish
san’at asarini idrok qilish
go‘zallikni o‘rganish
Aleksandr Baumgarten estetikani qanday nazariya sifatida ilgari surdi?
hissiy idrok etish nazariyasi sifatida
aqliy idrok etish nazariyasi sifatida
ruhiy idrok etish nazariyasi sifatida
ma’naviy idrok etish nazariyasi sifatida
Estetika o‘z tadqiqot ob’ektiga faqat...
nazariy yondashadi
amaliy yondashadi
iqtisodiy yondashadi
umumiy yondashadi
«Ta’limning ijtimoiylashuvi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish» masalasi hukumatimizning qaysi rasmiy hujjatida alohida qayd etilgan?
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»da
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda
O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish Davlat dasturida
Oliy Majlisning fan va madaniyatga doir qabul qilgan qonunida
«Avesto»da go‘zallik timsoli sifatida e’tirof etilgan ma’buda qanday nom bilan atalgan?
Ardvisura Anahita
Agni Dahhaka
Ahura Mazda
Ahriman
Qadimgi Xitoy estetikasida «go‘zal, badiiy, nafosatli» iboralarini anglatuvchi ieroglif qaysi?
«mey» ieroglifi
«da» ieroglifi
«yan» ieroglifi
«xe» tushunchasi
Aflotun san’atning asl manbaini nimada deb biladi?
ilhomda
bilimda
tafakkurda
dunyoqarashda
Arastu forig‘lanish – «katarsis» tushunchasini nimaga nisbatan qo‘llaydi?
san’atga nisbatan
diniy ibodatga nisbatan
axloqiy munosabatlarga nisbatan
hissiy bilishga nisbatan
She’rning (badiiy adabiyotning) Qur’on oyatlariga nisbatan oddiy kishini ko‘proq junbushga keltirishiga qodir ekanini ko‘rsatib o‘tgan donishmandning nomini ko‘rsating?
Imom G‘azzoliy
Ibn Sino
Abu Nasr Forobiy
Ibn Xoldun
Estetik tarbiyaning bosh maqsadi -
Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning estetik didi va estetik dunyoqarashini boyitishdan iborat
Insonning estetik dunyoqarashini boyitish, voqelikka estetik munosabatini kamol toptirishdan iborat
Go‘zallik va ulug‘vorlik tushunchalarining shaxs kamolotidagi o‘rnini belgilab berishdan iborat
Axloqiy kamolotning asoslarini qaror toptirish va shaxsni tarbiyalashdan iborat
«Erkinlikka yo‘l faqat go‘zallik orqali o‘tadi» degan fikr qaysi faylasufga tegishli?
Shillerga
Zolgerga
Kantga
Foyerbaxga
Estetikaning juft mezoniy tushunchalari (kategoriyalari) qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
go‘zallik va xunuklik
sabab va oqibat
chiroylilik va badbasharalik
ulug‘lik va pastkashlik
«Forig‘lanish» (katarsis) iborasini birinchi marta san’at asariga nisbatan qo‘llagan faylasuf kim edi?
Arastu
Pifagor
Aflotun
Suqrot
San’atning ijtimoiylik xususiyati nimada?
Davrning dolzarb muammolari va etakchi g‘oyalarini go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, ezgulik, ideal kabi estetik va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda idrok etuvchiga etkazib berishida
Davrning ma’naviyat bilan bog‘liq jihatlarini haqqoniy aks ettirishida
Ma’naviyat bilan moddiylikni uyg‘un xolda tarannum etishida
Davrning dolzarb muammolari va etakchi g‘oyalarini ilmiy taxlil etishda
Ulug‘vorlik badiiy adabiyotda qanday ko‘rinishda namoyon bo‘ladi?
qahramonlik
donishmandlik
insonparvarlik
halollik
«Did haqida baxslashilmaydi», degan fikr qaysi mutafakirga tegishli?
David Yumga
Georg Gegelga
Immanuil Kantga
Artur Shopexauerga
Estetik idrok etish qanday ro‘y beradi?
estetik bilim orqali
Diniy – badiiy qonun, diniy – ilohiy tasvir, tavhid
Estetikaning falsafiy mohiyatini
san’at asariga yondashuvda ko‘rish mumkin
go‘zallikka munosabatda ko‘rish mumkin
fojeiy dramada namoyon bo‘lishida kuzatish mumkin
Teatr san’atiga ilmiy yondoshuvda ko‘rish mumkin
Estetikaning axloqshunoslik bilan aloqadorligi nimada ko‘rinadi?
estetika o‘rganayotgan har bir badiiy asar ma’lum ma’noda axloqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo‘ladi
estetika o‘rganayotgan muammolar albatta axloqiy bo‘ladi
estetikada san’atkor shaxsi o‘rganadi va u axloqqa tegishli
Estetikaning sotsiologiya bilan aloqadorligini qanday izoxlash mumkin?
yirik asarlar sotsiologik tadqiqotlar uchun o‘ziga xos material bo‘lib xizmat qilishi bilan
estetika muammolari jamiyatdagi ijtimoiy fikrlar orqali qiyoslanishi bilan
san’at asarlariga jamoatchilik fikrini qararatish bilan
badiiy adabiyotning omma orasidagi mavqeini o‘rganish bilan
Estetikaning amaliy ahamiyati nima bilan belgilanadi?
kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda jamiyat a’zolarining go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari qilib tarbiyalash bilan
bozor iqtisodiyoti sharoitida kishilarning go‘zallikka munosabatini to‘g‘ri yo‘naltirish bilan
umumbashariy muammolarni estetikaning mezoniy tushunchalari orqali taxlil etish bilan
inson va jamiyat, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatni to‘g‘ri yo‘naltirish bilan
Qadim Somirdagi tasviriy san’at nimalarda o‘z aksini topgan?
muhrlar, idish-tovoqlardagi rasmlar va rel’eflardagi tasvirlarda
xalq dostonchiligi, haykaltaroshlik va teatrda
milliy va umuminsoniy qadriyatlarda
so‘z san’ati va milliy me’morchilikda
Bobilon so‘z san’ati bo‘lmish diniy-falsafiy dostonlardagi asosiy g‘oya nimadan iborat edi?
ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat
ularning barchasidagi asosiy g‘oya – shaxs va jamiyat o‘rtasidagi kurashdan iborat
ularning hammasidagi asosiy g‘oya – inson va tabiat o‘rtasidagi kurashdan iborat
ularning barchasidagi asosiy g‘oya – turmush tarzi va farovonlik o‘rtasidagi kurashdan iborat
Qadimgi Misr estetik madaniyati merosida kimlarning o‘rni alohida e’tirof etilgan?
mirzalarning
haykaltaroshlarning
shoirlarning
san’atkorlarning
Qadimgi hind estetikasidagi “Dhi “ qanday ma’noni anglatadi?