O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyat asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohatlar Reja - 1. Milliy davlat boshqarish tizimi. Mustaqil O‘zbekstanda hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili.
- 2. O‘zbekistonda ko‘p partiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohatlar.
- 3. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
Jahon tarixiy tajribasining ko’rsatishicha, mustaqillikni qo’lga kiritgan, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishgan har qanday mamlakat, xalq va millat oldida davlat qurilishining u yoki bu turini, demokratiyaga borishning o’ziga xos va mos yo’lini, yangi jamiyat barpo etishning o’z andozasini erkin va ixtiyoriy ravishda tanlab olish, hayotga joriy etishdek o’ta murakkab va nihoyatda ma’suliyatli vazifa kundalang bo’lib turadi.
Dunyoda davlat hokimiyatini tashkil etish va boshqaruvning turli variantlari va shakllari mavjud. Davlat qurilishining u yoki bu turidan qaysi birini o’zi uchun maqul deb tanlab olish ayrim shaxslarning hoxish irodasiga emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy tarixiy shart-sharoitlariga, rivojlanish darajasiga milliy manfaatlarga, xalqning azaliy turmush tarzi, ananalari, urf-odatlari, manaviy-axloqiy qadriyatlariga bog’liqdir.
Bugun biz qurayotgan huquqiy davlat o’zining mano-mohiyati, shakli siyosiy va ijtimoiy negizi, asosiy tamoyillariga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, davlatlarning boshqa tiplaridan jiddiy ravishda farq qiladi. Bu – tabiiy qonuniy jarayondir. «Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash ikkita inson bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikkita davlat ham yo’q.
Huquqiy davlat o’zining insonparvarlik mohiyati, adolatparvarligi, boshqa xislat va fazilatlariga ko’ra inson, uning moddiy, manaviy manfaatlariga tamomila zid bo’lgan sobiq sovet davlatidan keskin farq qiladi.
«Hammamizga malumki, -deydi bu haqida yurtboshimiz, -biz yillar mobaynida davlatga qaramlik va sig’inish holatida yashadik. Mamlakatdagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat deb hisoblab keldik. Qaysi masalani olmaylik, davlat manfaati birinchi o’rinda, fuqarolar, shaxs manfaati esa deyarli hisobga olinmasligi eski Konstituciyalarning har qaysi moddasida yaqqol ko’zga tashlanar edi».
O’sha tizimda mulk hech kimniki emasdi, balki mavhum «umumniki» edi. Davlat mulki – «umumniki» degan aqida natijasida kishilar mulkdorlik, mulkka egalik tuygusidan batamom mahrum qilingandilar. Odamlar bora-bora mulkdan, mulk esa odamlardan begonalashib qolgan edi.
Sovet davlati mehnat ahlidan xususiy mulkka ega bo’lish huquqini tortib olib, «yagona davlat mulki egaligini» shakllantirdi. Totalitar tuzum davrida «davlat mulki», «shaxsiy mulkdan» ustuvor hisoblandi.
Sho’ro tuzumi davrida odamlar ongida o’rnashib qolgan yaramas bir odat, ko’nikma bor edi: uzoq yillar davomida odamlar miyasiga, bizda hamma narsa davlat mulki, degan g’oya chuqur singdirib yuborilgandi. Buning oqibatida sobiq mamlakatda million-millionlab insonlar, barcha jumhuriyatlar va ulardagi qanchadan-qancha xalqlar, millatlarning umumiy mehnatlari, chekkan azob-uqubatlari evaziga yaratilgan barcha mol-mulklar, boyliklar va daromadlar egasiz bo’lib qoldi. O’sha tizimda mulk hech kimniki emasdi, balki mavhum «umumniki» edi. Davlat mulki – «umumniki» degan aqida natijasida kishilar mulkdorlik, mulkka egalik tuygusidan batamom mahrum qilingandilar. Odamlar bora-bora mulkdan, mulk esa odamlardan begonalashib qolgan edi.
Sovet hukumati davrida kishilar ongida yaxshi ishlasang ham, yomon ishlasang ham baribir davlat boqadi, degan tushuncha chuqur singdirib yuborilgan edi. Bunday ishonch va his-tuyg’ular kishilardagi mehnatga bo’lgan qiziqishni shaxsiy rag’batni, ijodiy tashabbusni bo’g’ib qo’ygandi.
Natijada kishilarda boqimandalik kayfiyati, ko’r-ko’rona itoatkorlik, «qorni to’ysa bas» degan o’ta zararli his-tuygu rivojlangandi. Buning oqibatida sovet davlati chuqur inqirozga mubtalo bo’lib, jar yoqasiga yaqinlashib qolgandi.
O’tmishda allomalarning, sharq mutafakkirlarining davlat boshqaruvi va ijtimoiy adolat haqidagi bebaho me’roslari hozirgi davlatchiligimiz rivojida o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda, Xoja Axmad Yassaviy, Xoja Baxovuddin Naqshband, İmom Buxoriy, İmom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim». Bizda barpo etilayotgan davlat umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon civilizaciyasiga, bu sohada boshqa xalqlar va millatlar erishgan tajribalarga, xalqaro huquqning umume’tirof etgan tamoyillari va meyorlari ham asoslanishini aytmasdan o’tib bo’lmaydi.
Xalqaro huquqning umumbashariy tamoyillariga insonning o’z hoxishi-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va ja’miyat boshqaruvida Qonun ustivorligi va boshqa shunga uxshashlar kiradi.
Huquqiy davlat o’zining bir qancha o’ziga xos xususiyatlari, asosiy belgilari, tamoyillari, farqli jihatlari va talabalariga ham ega.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida inson, uning xayoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-manaviy, siyosiy manfaatlari, shani, qadr-qimmati, qadriyatlari, huquqlari va erkinliklari muqaddas sanaladi va ularni amalga oshirilishi kafolatlanadi.
Huquqiy davlatda shaxs eng oliy qadriyat hisoblanadi. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Uning hoxish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini taminlashga qaratilgan bo’ladi.
Huquqiy davlatda xalq ham bevosita, ham o’z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to’liq imkoniyatga ega bo’ladi.
Huquqiy davlat insonning, barcha fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlaydi.
Huquqiy davlat kuch bilan, inqilobiy o’zgarishlar asosida emas, balki tabiiy-tarixiy jarayon, tadrijiy ravishda, evolyuciya yo’li bilan, fuqarolar madaniyati, ma’naviyati va marifati o’sishi orqali shakllanadi. «Osiyo mintaqasi va musulmon Sharqidagi demokratik qadriyatlar va o’zgarishlarning rivojlanish tajribasi o’ziga xos xususiyatlar, o’ziga xos an’analarga ega. Sharqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g’oyasi, jamoatchilik fikrining ustivorligi zaminida shakllanadi. Bizning mamlakatimizda demokratik jarayonlar xalqimizning Qonunni hurmat qilish, Qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi za’rur. Ahloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor»-deb takidlaydi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti İ.A.Karimov.
Huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri-huquqning oliy hukmronligidir. Huquqiy davlatda hamma narsa, har qanday masala qonunlar, huquqiy meyorlar asosida adolatli yo’l bilan hal etiladi. Qonun ja’miyat va davlat hayotidagi eng muhim munosabatlarni tartibga solib turadi. Huquqiy davlatning asosi, uning poydevori-Qonun, Qonuniylikdir. Huquqiy davlat qonun asosida faoliyat ko’rsatadigan, Qonun asosida yashaydigan, Qonun belgilab bergan chiziqdan har qanday holatda ham chiqmaydigan davlatdir. Huquqiy davlatning eng oliy o’zi ham, o’bru-martabasi ham, qalbi, tan-joni, hullasi kalom, tirikligi ham Qonun hazrati oliylaridir, huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko’zi ham, so’zi ham, qalqoni ham Qonundir.
Huquqiy davlatda birinchi navbatda davlatning o’zi, uning barcha organlari va mansabdor shaxslar ham qonunga itoat etishlari majburiyligi asosiy Qonunimizda belgilab quyilgan. Uning 15-moddasida «O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstituciyasi va Qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi», - deyilgan.
Qonun huquqiy davlatning poydevori bo’lsa, qonuniylik uning asosiy tamoyili, sharti ekanligi haqidagi masalaga O’zbekiston Prezidentining asarlarida, nutqlarida juda katta e’tibor berilgan. Uning «O’zbekiston-bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga hos yo’li» asarida bu haqida shunday deyiladi: «Qonunning ustivorligi-huquqiy davlatning asosiy principidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qa’tiyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo’jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo’ysunish majburiyatidan halos bo’lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobar. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi.
- Qonunning ustuvorligini bilish, e’tirof etish-ijtimoiy adolat qaror topishining asosidir. Soqibqiron bobomiz Amir Temur aytganlaridek, «Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo’ladi». Shuning uchun ham Amir Temur kuch-qudrat zurlik-zo’ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini qayta-qayta o’qtirgan.
-Qonun ustuvorligiga qatiy rioya qilish-huquqiy davlatning asosidir. O’zbekistondagi huquqiy davlatda birinchi o’rinda huquqiy, ikkinchi o’rin davlatning qo’yilishi bejiz emas, albatta.
Takror va takror aytadigan bo’lsak, bizning ja’miyatimiz va davlatimizda qonun, tag’in bir bor qonun kattayu kichik, jinsidan, millatidan, e’tiqodidan va mansabidan qatiy nazar, barcha uchun ustuvordir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10-moddasida aytilishicha «O’zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O’zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas».
Konstituciyamizga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |