O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyat asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohatlar



Download 1,26 Mb.
bet2/3
Sana24.10.2022
Hajmi1,26 Mb.
#855785
1   2   3
Bog'liq
5. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyat asoslarining shakllanishi (1)

O’zbekiston Prezidenti mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi;
Respublika Oliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro axvol hususida ma’lumotnoma taqdim etadi. 4 ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi;
Respublika oliy hokimiyati va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taminlaydi;
Bosh Vazir, uning birinchi o’rinbosari, o’rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, O’zbekiston Respubikasi Bosh Prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdig’iga kiritadi;
Oliy Majlisi Konstituciyaviy sud raisi va a’zolari, Oliy sud raisi va a’zolari, Oliy xo’jalik sudi raisi va a’zolari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
Viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo’mondoni hisoblanadi.
Davlat hokimiyatining yana bir tamoyili-bu hokimiyatning taqsimlanishidir. Bu demokratik huquqiy davlatga hosdir. Ana shu tamoyil asosida davlat organlari tashkil qilinadi. Natijada biron-bir davlat organida haddan tashqari vakolatlar to’planib qolishining oldi olinadi. Turli davlat organlarining vakolatlari aniq bo’lib, ular bir-birining vazifasini bajarishga, o’rnini bosishga harakat qilmaydi. Turli davlat organlari bir-birini nazorat qilib turadi. Hokimiyatning suistemol qilinishiga yo’l qo’ymaydi.
Hokimiyatning bo’linish tamoyili asosiy qonunda hamda O’zbekiston Prezidenti asarlarida belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasining II-moddasiga muvofiq davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatidan iborat.
Konstituciyada belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, shahar va tuman Kengashlari tomonidan bajariladi.
O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-respublika parlamenti dastlab Oliy Kengash deb atalib, 1990-1994 yillarda faoliyat ko’rsatdi. Oliy Kengash murakkab davrda sobi sho’rolar tuzumining qonunlari hali kuchda bo’lgan paytda faoliyat ko’rsatgan bo’lishiga qaramay yaxshi va unumli ishladi.
2002-yilda umumxalq referendumi o’tkazildi va referendum natijasida O’zbekistoni Respublikasi qonun chiqaruvchi hokimiyati Oliy Majlis ishlash tartibi ikki palatali Parlament asosida amalga oshirila boshlagan. Mazkur yilda O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasining yangi tahriri nashr etilgan. Bu hujjatda parlament vakolatlari to’liq o’z ifodasini topgan.
Mamlakatimizda 2002-yilning 27-yanvarida o’tkazilgan umumxalq referendumi va u asosida qabul qilingan «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy principlari to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida»gi konstituciyaviy Qonunlari ikki palatali parlament tizimiga o’tish uchun zarur huquqiy asosni yaratdi. Shu qonunlar asosida O’zbekiston Konstituciyasiga tegishli o’zgartirishlar kiritildi, saylovlar to’g’risida qonunlarimiz esa yanada takomillashtirildi.
Mamlakatimizni modernizaciya qilish borasida uzoqni ko’zlaydigan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» degan tamoyil asosida amalga oshirilishi kerak, albatta.
Ikki palatali parlamentning afzalliklari juda ko’p. Bunday parlament faoliyatida jamiyatning turli qatlamlari doirasi kengroq qamrab olinadi, hududlar manfaati esa to’liq aks etadi. Albatta yuqori palata deputatlariga quyi palata deputatlariga nisbatan yanada ko’proq talab qo’yiladi.
Shuning uchun yuqori palata tarkibida malakasi yuqori, tajribasi ko’p, yoshi va hurmati ulug’ bo’lgan kishilar bo’ladi. Bu palata o’z faoliyati orqali quyi palatani muvozanatga solib turadi, u qabul qilgan qonun va qarorlarni takomillashtiradi, baxs-munozaralarda esa behuda ehtiroslarga berilmaydi, qurilayotgan masalalarni davlat manfaatlari foydasiga hal qilishga intiladi.
O’zbekiston Respublikasining İjro etuvchi hokimiyatini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Agar kuchli ijroiya hokimiyati bo’lmasa eng demokratik yo’l bilan qabul qilingan qonunlar ham bajarilmasligi aniq. Amalga oshmagan qonunning amaliy ahamiyati bo’lmaydi. Mamlakatimizda ijro hokimiyati Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan, joylarda esa tuman, shahar va viloyat hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish