5-variant Narxlar bilan bog’liq risklarni boshqarish



Download 22,82 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi22,82 Kb.
#335262
Bog'liq
5-variant


5-variant

  1. Narxlar bilan bog’liq risklarni boshqarish.

  2. Xalqaro korporativ moliya rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari

  3. Xorijiy kapitalni jalb qilishning shakllari

Javoblar

2.

Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining segmentlari tadrijiy ravishda muayyan bosqichlarda shakllangan (13.1-jad- valga qarang). Mazkur bozor taraqqiyotining oxirgi bosqichida fond segmenti va xalqaro derivativlar bozorlari jadal rivojlangan.

Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendensi- yalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1. Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur'atlarda ri- vojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va global- lashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;

2. Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muas- sasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari o‘rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi;

3. Chegaralarni oshib o‘tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur’atlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari o‘rtasidagi aloqadorlikning oshishi;

4. Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi;

5. Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi;

6. Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an'anaviy so- halari o‘zgarishi (universal banklar fond sektorida anderray- ter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya banklari sidikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda, shu- ningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug‘ullanmoqda; tijorat banklari, o‘z navbatida, investitsiya banklarining an’anaviy faoli- yatlariga aralashmoqda va h.k.);

7. Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo‘shilishi yoki yirik ishtirokchilar tomonidan o‘z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o‘z navbatida, moliya bozorining bar- cha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan universal moliyaviy xoldinglarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda;

8. Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab boluvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi o‘sish tendensiyasiga ega;

9. AQSH dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu o‘z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Xalqaro kapital harakatining zamonaviy holati bilan bog‘liq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda:
1. Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
2. Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud.
3. Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda.

4. Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o‘sish tenden- siyasiga ega bo‘lgan bir sharoitda, kapital importida AQSHning ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda.

Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari quyidagilarda o‘z aksini topmoqda:


  1. Fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;

  2. Xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o'sishi;

  3. Jahonning yetakchi moliyaviy markazlarida bozorning konsentratsiyasi

  4. Bozorning yangi vositalarni yaratishi;

  5. Bozorning kompyuterlashuvi;

  6. Xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog‘ozlarining ahamiyatini ortishi.

3.

Bugungi kunda mahalliy korxonalarda oʻrta yoki uzoq muddatli davrlar uchun ma’lum qiymat asosida moliyaviy resurslarni yetarli da- rajada jalb qilish muammoli holat hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish usullaridan biri sifatida xorijiy kapitalni jalb qilishni keltirish mumkin.

Xorijiy kapitalni jalb qilish shakllari xilma-xillikka ega. Bugungi kun amaliyotida keng miqyosda qoʻllanilayotgan shakllar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- xorijiy bank kreditlarini jalb qilish;

- qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qogʻozlarni xorijda joylashtirish;

- aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish va boshqalar.

Xorijiy kapitalni jalb qilishning keltirib oʻtilgan usullari xususida qisqacha tavsif berib oʻtamiz.

Bugungi kunda kompaniyalar loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy banklardan uzoq muddatli kreditlar jalb qiladi.

Xorijiy kreditlarning keng tarqalishi zarur miqdordagi moliyaviy resurslarni nisbatan past foiz stavkalarida jalb qilish imkoniyati bilan izohlanadi. Xorijiy banklar tomonidan odatda, suzib yuruvchi foiz stavkalari qoʻllaniladi. Bunda asos sifatida ba’zi indikativ har kunlik oʻzgaruvchan stavkalar, masalan LIBOR (London Interbank offered rate – London banklararo oʻrtacha foiz stavkasi), PIBOR (Paris Interbank offered rate – Parij banklararo oʻrtacha foiz stavkasi), AQSH bazis stavkasi (prime rate) va boshqalar olinib, ularga individual mukofot summalari qoʻshiladi. Bankning individual mukofot miqdori 0,5 foizdan 5 foizgacha amal qiladi. Har qanday korxona xorijiy kreditlar olish uchun xorijiy bankka yoki uning vakolatxona, boʻlinma, filiallariga murojaat qilishi mumkin. Banklar hududiy joylashuvidan qat’iy nazar qarz olish uchun quyidagi majburiy talablar amal qiladi:

- moliyalashtiriladigan loyihaning asoslangan biznes-rejasi mav- judligi;



  • -  xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlar taqdim etish;

  • -  dunyoga mashhur, masalan “katta toʻrttalik”ka kiradigan audi- torlik tashkilotlari xulosalari;

  • yuqori darajadagi rentabellik va qat’iy belgilangan moliyaviy koʻrsatkichlarning ta’minlanganligi;

- korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va tashkiliy tuzilishining shaffofligi va boshqalar.

Qayd etib oʻtish kerakki, hozirgi kunda aksariyat xorijiy banklar mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan dunyoga mashhur boʻlgan korxonalargagina kredit ajratishga tayyor.

Xalqaro amaliyotda xorijiy kreditlar sindikatli kreditlar shaklida jalb qilinadi. Qarz oluvchiga taqdim etiladigan sindikatli kreditlar xorijiy kreditlar amaliyotida ham risklarni kamaytirish imkonini beradi. Bu jarayonda qarz taqdim etish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgan bank shakllantiriladigan sindikatni boshqaradi. Bunday kredit qiymati foiz stavkasidan tashqari odatda umumiy kredit summasining 0,5 foizidan 2 foizigacha miqdorda belgilanadigan sindikat komissiya toʻlovini ham oʻz ichiga oladi. Moliyalashtirishning mazkur shakli keng koʻlamli loyihalarni amalga oshiruvchi yirik qarz oluvchi kompaniyalar uchun juda qulay. Xorijiy ekspertlarning baholashi boʻyicha dunyo miqyosida 80 foizga yaqin yirik loyihalar aynan sindikatli kreditlardan foydalanish orqali moliyalashtiriladi.

Umumiy holda xorijiy kreditlarning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:



  1. foiz stavkalarining ancha pastligi va kreditdan foydalanish muddatining uzoqligi (3 yildan 10 yilgacha);

  2. garov sifatida debitorlik qarzlari yoki eksport shartnomalari boʻyicha tushumlardan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

  3. xorijdan mablagʻ jalb qilishning boshqa shakllariga nisbatan taqqoslaganda rasmiylashtirish qiymatining yuqori emasligi va boshqalar.

Xorijiy banklardan kreditlar jalb qilishning kamchiliklari sifatida esa quyidagilarni keltirish mumkin:

  1. koʻp sonli talablar va kelishuvlarning amal qilishi;

  2. valyuta riskining yuzaga kelishi;

  3. xalqaro yuridik me’yorlarga asoslanuvchi huquqiy tartiblarga asoslanishi va boshqalar

Ta’minot taqdim etish zarurligi va qarzni boshqarishning qulay mexanizmi mavjud emasligi xorijiy bank kreditlari bilan bogʻliq boʻlgan salbiy holatlardan hisoblanadi.

1.

Narx risklarining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:




  • xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlarni sotib olish narxlarining oshishi;

  • raqobatchilarning bozor narxlaridan past narxlarni belgilash ehtimoli (korxona tomonidan sotiladigan mahsulotlar uchun);

  • narxlarni davlat tomonidan tartibga solishdagi o'zgarishlar;

mahsulot narxiga kiritilgan yangi soliq va boshqa to'lovlarni joriy etish ehtimoli;

  • bozordagi tovarlar darajasining pasayishi;

  • boshqa tashkilotlar xizmatlariga (elektr energiyasi, transport xizmatlari va boshqalar) narxlar va tariflarni oshirish.

Narx xavfi korxona tomonidan sotiladigan mahsulot va xizmatlar narxini aniqlash bilan bog'liq bo'lib, zarur ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, ishchi kuchi va foydalaniladigan kapitalning narxini aniqlashdagi riskni o'z ichiga oladi. kreditlar bo'yicha foiz stavkalari shakli). Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra, sotilgan mahsulot narxining 1% ga xatosi savdo tushumining kamida 1% miqdorida yo'qotishlarga olib keladi. Agar ushbu mahsulotga bo'lgan talab elastik bo'lsa, unda yo'qotishlar 2-3% ni tashkil qilishi mumkin. Mahsulot rentabelligi 10-12% bo'lsa, narxdagi 1% xato foydaning 5-10% yo'qotilishini anglatishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida narx xavfi sezilarli darajada oshadi.
Narx tavakkalchiligi xavfning eng xavfli turlaridan biridir, chunki u tijorat korxonasining daromadi va foydasini yo'qotish ehtimoliga bevosita va sezilarli darajada ta'sir qiladi. Narx riski doimiy ravishda korxonaning iqtisodiy faoliyati bilan birga keladi.
Narx riski - bu tovar yoki moliyaviy vositaning bozor bahosining kelajakdagi o'zgarishi tufayli yo'qotish xavfi. Narx riskining quyidagi kabi turlari mavjud: valyuta riski, foiz stavkasi riski, bozor riski va boshqalar. An'anaga ko'ra, "narx riski" atamasi nafaqat yo'qotish imkoniyatini, balki foyda olish imkoniyatini ham qamrab oladi.

Narx tavakkalchiligi - joriy foiz stavkalari darajasining oshishi yoki pasayishi natijasida qarz narxining o'zgarishi xavfi. Narx riski - qimmatli qog'oz (yoki portfel) qiymatining kelajakda pasayish xavfi. Shuningdek, ikkilamchi bozorda qimmatli qog'ozni sotish vaqtini belgilashdan oldin qarz oluvchi uchun kreditni to'lash muddatini belgilashda ishlab chiqarish segmentida yuzaga keladigan ipoteka davri riskining turi. Agar kreditlar bo'yicha foiz stavkalari darajasi odatda ishlab chiqarish tsikli davomida ko'tarilsa, kreditor kreditni chegirma bilan sotishga majbur bo'lishi mumkin.
Download 22,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish