Ona tili
MAVZU So’z birikmalari zanjiri
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
«0'zbekistonda yil fasllari» mavzusida kichik
matn tuzing. Tuzgan matningizdagi 3 ta gapni so'z birikmalariga ajrating, turg'un bog'lanmalar (iboralar) bo'lsa, ularning ma'nosini izohlang.
B)Savollar orqalli
1.So'z birikmasi bilan turg'un bog'lanmaning asosiy farqi nimada? Misollar bilan tushuntiring.
2.Ularning qaysi biri tushuncha, qaysi biri leksik ma'no anglatadi?
3.So 'z birikmasi qismlarining va turg 'un bog 'lanmalarning gap bo 'lagi vazifasidagi xususiyatlari haqida gapiring.
4.So 'z birikmasi va turg 'un bog 'lanmaning gapda shaklan teng qo'llanishiga misollar ayting.
III.YANGI MAVZU BAYONI
Gap tarkibida bir so'z birikmasidagi hokim so'z boshqa bir so'zga tobelangan, bir hokim so'z bir necha tobe so'z yoki bitta tobe so'z bir necha hokim so'zga aloqador bo'lgan hollarda so'z birikmalari zanjiri hosil bo'ladi. So'z birikmasidagi tobe va hokim so'zlar orasida bir necha boshqa so'zlar va so'z birikmalari kelishi mumkin.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
84-mashq. Berilgan so'z birikmalari juftliklarini birlashtiring.
1. Yangi asar, qiziqarli asar. 2. O'zbek xalqi, qozoq xalqi. 3. Chiroyli bino, baland bino. 4. O'zbek tili, o'zbek adabiyoti. 5. Xal- qimizning urf-odatlari, xalqimizning an'analari. 6. Mustaqillik bayrami, Navro'z bayrami.
N a m u n a:
Yangi va qiziqarli asar; xalqimizning urf-odatlari va an 'analari.
85-mashq. Quyida berilgan gaplarda 6 tadan so'z birikmasi bor, ularning tobe va hokim so'zlari grammatik jihatdan shakllangan. Ularni diqqat bilan tahlil qilib, so'z birikmalari zanjiri nima ekanligi va u qanday hosil bo'lishini izohlang.
1. O'z Vatanini sevgan kishi shu Vatanning ravnaqi uchun kura-
shadi.
2. Kcchqurunlari buvimdan oy yorug'ida turli rivoyatlar tinglardim
86- mashq. Berilgan gaplarni so'z birikmalariga ajrating. So'z birikmalari zanjirini aniqlang. Bir gapda nechtagacha so'z birikmalari zanjiri bo'la olishi haqida xulosa chiqaring.
1. Kishi moliga suq podsholarni ko'p ko'rgan Binoiy o'n olti yoshli Boburning bunchalik halolligidan juda qattiq ta'sirlandi. (P. Q) 2. Darveshalining zindonda yotishi Alisherning yuragida dushmanlik olovini to'ldiradi. (U.) 3. Bu masalalarni tezda yechish kerak. (As.M.)
B)savollar orqali
1.«So'z birikmalari zanjiri» deganda nimani tushunasiz? Fikringizni misollar bilan isbotlang.
2.So'z birikmalari zanjiri gapning kesimi atrofida birlashgan holatiga misol keltiring.
3.So 'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatiga misollar keltiring.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
87- mashq. Uyga vazifa. Gaplardagi so'z birikmalari zanjirini chiz- malar asosida ko'rsating.
1. Badanni junjituvchi sovuq shamol izg'ib qoldi. (H.N.) 2. Sayo- hatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. (H.N.)
Ona tili
MAVZU Matndagi asosiy fikr
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali
87- mashq. Gaplardagi so'z birikmalari zanjirini chizmalar asosida ko'rsating.
1. Badanni junjituvchi sovuq shamol izg'ib qoldi. (H.N.)
2. Sayo- hatchilar daraning pillapoya kabi yotiqroq yerlaridan yuqoriga intildilar. (H.N.)
B)Savollar orqalli
1.«So'z birikmalari zanjiri» deganda nimani tushunasiz? Fikringizni misollar bilan isbotlang.
2.So'z birikmalari zanjiri gapning kesimi atrofida birlashgan holatiga misol keltiring.
3.So 'z birikmalari zanjiri gapning egasi atrofida birlashgan holatiga misollar keltiring.
III.YANGI MAVZU BAYONI
IV.MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
88- mashq. 1- topshiriq. Matnda nima haqida gap boryapti (uning mavzusi nima)? Yozuvchi Said Ahmadning fikricha, kek- salar qanday fazilatlarga ega bo'ladilar? Muallifning asosiy fikri ifodalangan jumlani toping.
Bobo eshigi oldidagi supada soatlab o'tirardi. O'tgan-ketganga choy tutib, supaga taklif qilardi.
Bu bahor u supa yonboshiga kichkinagina gulzor qildi. Chiroyli jo'yakchalar tortib anvoyi gullar ekdi. Mana, bir tup atirgul g'unchaga ham kirdi.
Tikilgan qozon qaynamas degandek, uning ochilishi juda qiyin bo'ldi. Bobo unga tikilaverib ko'zlari toldi.
Bugun ertalab odati bo'yicha sholchasini sudrab, supaga chiqsa, biram chiroyli bo'lib ochilibdiki... Choi tishsiz og'zini ochganicha, unga tikilib qoldi. Sholchani supaga tashlab, gul tepasiga kelib engashdi. Kafti bilan uni beozor ko'tarib, huzur qilib hidladi.
Boboning tabiati ravshan bo'lib ketdi.
2- topshiriq. Matndagi bitishuv munosabatidagi so'z birikmalarini
aniqlang va ko'chirib yozing.
89- mashq. Devoriy gazetaga yozilgan maqolani va muharrirning u haqdagi e'tirozli mulohazalarini o'qing. Maqolada sarlavha talab etgan asosiy fikr ifodalanganmi? Maqolani tahrir qiling, bunda sarlavhani shu holida qoldirishingiz yoki o'zgartirishingiz mumkin.
90- mashq. ; 1- topshiriq. She'rni o'qing. Unda bolalarning qanday kamchiligi kulgi ostiga olingan? Bolalar nega uyaldi? Mulohazalaringizni bayon qiluvchi matn tuzing.
Hasharga borganda
Bog'ga yetib borgan kez,
Dovuchcha teramiz deb,
O'rikka tirmashdik tez.
Keyin ishkom oralab,
Quvlashmachoq o'ynadik.
Esdan chiqdi yumush ham,
Irg'ishladik — quvnadik.
Oshga!
Deya bir mahal
Ovoz berdi xolamiz.
Uyat! Ovqat yeyishga
Endi qanday boramiz?
Chorlab bizni hasharga
Ketgan edi xolamiz,
Maslahat qildik shunda:
Boramizmi?
Boramiz!
Ketmon oldim qo'lga men,
Nodir esa belkurak.
Endi bog'da kechgacha
Rosa ishlasak kerak.
(S. Inoyatov)
2- topshiriq. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni unga bog'lanib kelgan so'zlar
bilan birga (so'z birikmasi holida) ko'chiring.
B)savollar orqali
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
91- mashq. Maktab devoriy gazetasiga ona tili va adabiyot to'garagining mashg'ulotlari haqida xabar maqola yozing. Unda asosiy fikrni beruvchi jumlani ajratib ko'rsating
Do'stlaringiz bilan baham: |