Ona tili
MAVZU EGA VA UNING IFODALANISHI
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarqalbida hamkorlik ,do’stlik tuyg’ularini sinngdirish
C) rivojlantiruvchi maqsad – gapning tuzilishiga ko’ra turlaridan nutqda o’rinli foydalanish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
138- mashq. Uyga vazifa. Nomustaqil kesim ishtirok etgan xalq maqollaridan beshtasini topib yozing.
B)Savollar orqalli
1.Qanday kesimlar mustaqil kesim deyiladi?
2.Nomustaqil kesim qanday grammatik shaklda bo'ladi? Misollar keltiring.
3.Qo 'shma gap tarkibidagi nomustaqil kesimli gapni sodda gap sifatida qo'llash mumkinmi?
III.YANGI MAVZU BAYONI
Gap kesimining qo'shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma'nosini aniqlashtinivchi bo'lak egadir. Ega, asosan, k i m? nima?qayer? so'roqlariga javob bo'lib keladi.
Ega doimo bosh kelishik shaklida bo'ladi, egalik va ko'plik shakllaiini qabul qilishi mumkin.
Ega quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:
1.Ot bilan: Aziz o 'sha kitobni o 'qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so'ng o'chdi.
2.Olmosh bilan: Sen o 'zingni maqtama, seni birov maqtasin. (Maqol)
Otlashganda:
3.Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi. (M. Ism.)
4.Sifatdosh bilan: O'qigan o'qdan o'zar, o'qimagan turtkidan shoshar. (Maqol)
5.Sifat bilan: Yaxshilar ko 'paysin, yomon qolmasin. (Qo 'shiqdan)
6.Ravish bilan: Ko'p so'zning ozi yaxshi, oz so'zning o'zi yaxshi. (Maqol)
7.Harakat nomi bilan: O'qish jafoli, keti vafoli. (Maqol) Ishlamoq ishtaha ochar. (Maqol)
8.Taqlid so'z bilan: Qars ikki qo'ldan chiqadi. (Maqol)
9.Modal so'z bilan: Bor so'zlaydi, yo'q o'ylaydi. (Maqol)
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
139- mashq. Berilgan gaplardagi kesimning shaxs-son qo'shimchalari asosida uning egasini toping.
1. Tez kunda sayohatga boramiz. 2. Bu yerda nima qilyapsiz? 3. Agar aslingga boqsang, dur-u daryoyi haqiqatsan. (Mashrab) 4. Nima qilsam ekan?
Zukkolarga topshiriq. Eganing gapdagi o'rni va vazifasi haqida umumlashma tuzishga harakat qiling.
140-mashq. Ko'chiring. Gaplarning egalarini aniqlang. Ega qaysi
so'z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
1. Aqlli o'zini ayblar, aqlsiz — do'stini. (Maqol) 2. O'lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi. (Yo.Sh.) 3. Birlashgan o'zar, birlashmaganto'zar. (Maqol) 4. Mastura Mashrabning ko'zlariga qadalib qaradi. (O. Yo.) 5. Yalqov bilan anqov — dushman uchun katta ov. (Maqol) 6. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir. (Maqol) 7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar. (Maqol) 8. Qo'shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. (A. Q.)
B)Savollar orqalli
1.Gapning qanday bo'lagi ega deb ataladi?
2.Ega qaysi kelishik shaklida bo'ladi? Otning qaysi grammatik shakllarini qabul qilishi mumkin?
3.Gap egasi qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanadi? Misollar keltiring
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
.
141-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko'chiring. Ega bo'laklarni topib,
tagiga chizing.
1. O'lmas kechqurun juda horg'in uyga qaytib keldi. (Yo.Sh.) 2. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog'in tishlar. (Maqol) 3. Yugurish sportning bir turidir. 4. U Toshkentda turadigan uzoqroq qarindoshlarining qizi edi. (O. Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |