Ona tili
MAVZU 10- dars INSHO TURLARI
MAQSAD: A) ta’limiy maqsad - O’quvchilarga mavzu haqida bilim berish
B) tarbiyaviy maqsad –o’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
C) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilar ongiga ijod qilish g’oyasini singdurish
DARS TURI: umumlashtiruvchi
USLUB: an’anavuy
JIHOZ:darslik
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy davr : A) salomlashish
. B) davomatni aniqlash
II. UY VAZIFASINI SO’RASH
A)Mashqlar orqali.
37- mashq. Uyga vazifa. «Onajonim — mehribonim» mavzusida insho yozing
Savollar orqalli
1Inshoga nega «ijodiy mehnatning oliy ko'rinishi» deb baho beriladi?
2Insho yozishdan oldin qanday tayyorgarlik ishlari qilinishi kerak?
3Didaktik maqsadlarga ko'ra insholar necha xil bo'ladi?
III. YANGI MAVZU BAYONI
Insho arabcha so'z bo'lib, «yaratish», «bino qilish»,
«qurish» ma'nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so'zning ma'nosi ancha torayib, asosan, o'quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma'nosida qo'llanadi.
Insho muallifning ma'lum bir mavzu asosida o'z fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik bir asardir. Inshoda muallifning so'z qo'llash mahorati, fikriy, tafakkuriy ko'nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo'ladi.
Insho mazmun-mohiyatiga ko'ra 3 turli bo'ladi:
Adabiy mavzudagi insholar.
Adabiy-ijodiy mavzudagi insholar.
Erkin mavzudagi insholar.
Adabiy mavzudagi insholarga adabiyot darsligida qayd qilingan, o'qituvchi tomonidan tushuntirilgan mavzular asosida yoziladigan insholar kiradi.
Adabiy-ijodiy mavzulardagi insholarga adabiyot darslarida o'tilgan ma'lumotlarga o'quvchining ijodiy munosabati (shaxsiy fikrlari) qo'shib ifodalanadigan insholar kiradi.
Erkin mavzulardagi insholar adabiyot fani dasturida qayd etil- magan mavzularda yoziladi. Boshqacha aytganda, o'quvchining ma'lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir
MUSTAHKAMLASH
A)mashqlar orqali
asar bo'yicha adabiy mavzudagi insho mavzularini tuzing.
mashq. O'zingiz yoqtirgan biror badiiy asar asosida adabiy-
ijodiy mavzudagi insho uchun bir mavzu tanlang. Shu mavzuga murakkab reja tuzing.
mashq. «Insho turlari, ularning bir-biridan farqi» mavzusida il
miy matn yarating.
B Savollar orqali
1Insho nima? Hozirgi tilimizda insho so'zi qanday ma 'noda qo'Uanadi?
Inshoda uni yozgan muallifning qanday xislatlari ko'rinadi?
Insho necha turli ko'rinishda bo'ladi?
Qanday insholarni adabiy mavzudagi insholar deymiz?
Adabiy-ijodiy inshoning adabiy inshodan farqi nimada?
Erkin mavzudagi insholarga qanday talablar qo'yiladi
BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
Uyga vazifa
41- mashq. Xalq dostonlaridan biriga aloqador bo'lgan mavzu tanlang, reja tuzib insho yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |