III.YANGI MAVZU BAYONI
. Bu gaplardagi ajratilgan qismlar ajratilgan bo'laklardir.
Gapning ajratilgan bo'laklari o'zlari aloqada bo'lgan bo'laklarning ma'nosini izohlab, bo'rttirib, aniqlashtirib yoki ta'kidlab keladi. Ular boshqa bo'laklardan maxsus to'xtam bilan ajralib, gap urg'u (mantiqiy urg'u)sini oladi. Misollar: Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga — Roziyani avvalgiday go'zal, shod ko'rish niyati- ga — Sattor bir lahzada yetdi. (P.Q.)Sizga, o'rta bo'yli qizga, atlas juda yarashibdi. (Yo.Sh.)
Ajratilgan bo'laklar: a) bir bo'lak holida keladi: Boyagi yigitning, Avazning, qo'li gul ekan. (P.Q.); b) birikmali bo'lak holida keladi: Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo'lib qoldi. (A.Q.)
Ajratilgan bo'lak o'zi izohlayotgan bo'lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire va ba'zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo'laklar, gapdagi qaysi bo'lakka oid ekanligiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi: ajratilgan hollar, ajratilgan aniqlovchilar, ajratilgan izohlovchilar, ajratilgan to'ldiruvchilar.
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
249- mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan so'zlar (yoki so'z birikma- lari)ning qanday vazifa bajarayotganligini va qaysi gap bo'lagi bo'lib kelayotganligini aniqlang.
1. Men, G'ulomova Shohida, hozir 8- sinfda o'qiyman. 2. Ularni, qo'l to'pi sportchilarini, boshqa ishlarga jalb qilmaslikka qaror qilindi. 3. Bugundan, ya'ni 6- maydan 13- maygacha, biz final musobaqalariga tayyorlanamiz. 4. Onasi ham bolasining, baxti qora jigargo'shasining, ko'zlarida shu zor-u mushtoqlik olovini ko'rdi. (M. Ism.)
250- mashq. Gaplarni o'qing, kerakli o'rinlarga tinish belgilarini
qo'yib ko'chiring.
1. Biz sizning do'stlaringiz yo'l qo'yilgan xato halokatga olib borguncha indamay turarmidik. (Sh.R.) 2. Bu xabar ko'plarni shu jumladan Mahkamni ham juda quvontirdi. (P. Q.) 3. Biz mana shu xo'jalik hayotidan nafis film ya'ni kartina yaratmoqchimiz. (A.Q.) 4. Biz ota- o'g'il uydan chiqib bobomning hovlisiga bordik. (S.A.) 5. Bektemirga sobiq cho'ponga komandirning fikri g'oyat yoqdi. (O.)
B)Savollar orqali
1.Ajratilgan bo'lakning gapdagi xizmati nimada?
2.Ajratilgan bo'laklar gapning qaysi bo'lagiga aloqador bo'ladi va qanday talaffuz qilinadi? Fikringizni misollar bilan dalillang.
3.Ajratilgan bo'laklar gapning qayerida joylashadi va qanday tinish belgilari bilan ajratiladi?
4.Gapdagi qaysi bo'lakka oidligiga ko'ra ajratilgan bo'laklarning turini ayting.
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
251- mashq.Badiiy asarlar matnidan ajratilgan bo'laklar
qatnashgan 3 ta gap topib yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |