III.YANGI MAVZU BAYONI
Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bo'lgan bitta kesim bo'ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo'laklar shu kesim atrofida birlashadi. Qo'shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyshmagan) kesim bo'ladi.
- Bilib oling. Grammatik asoslarning miqdoriga ko'ra gaplar sodda (bir grammatik asosli) va qo'shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo'linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo'qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. (A. Q.) — Kampirning ko'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. (O.)
Sodda gaplar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko'ra ikki xil bo'ladi: egali gaplar (Biz yangi filmni tomosha qildik) va ega ishtirok etmagan gaplar (Yangi filmni tomosha qildik).
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko'ra: sodda yig'iq gaplar (Kamola kirib keldi), soddayoyiq gaplar (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi)ga bo'linadi
IV.MUSTAHKAMLASH
A)Mashqlar orqali.
110 -mashq. Juftlab berilgan gaplarning kesimini aniqlab, ularni sodda
va qo'shma gaplarga ajratib ko'chiring. Sodda va qo'shma gaplar orasidagi asosiy farq xususida fikringizni ayting.
1. Biz uyga qaytdik va birga dars tayyorladik. — Biz uyga qaytib, birga dars tayyorladik. 2. Kun botdi. Qosh qoraya boshladi. — Kun botib, qosh qoraya boshladi. 3. Shamol turdi va hammayoqni to'zon qopladi. — Shamol turgach, hammayoqni to'zon qopladi. 4. Men sinfga kirdim va deraza oldida turgan Shahnozani ko'rdim. — Men sinfga kirgach, deraza oldida turgan Shahnozani ko'rdim.
B) savollar orqali
1.Grammatik asoslarning miqdoriga ko'ra gaplar necha turli bo'ladi? Misollar keltiring.
2.Sodda gaplar o 'z tarkibida eganing ishtirok etgani yoki etmaganiga ko'ra necha xil?
3.Ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko'ra sodda gaplar necha turga bo'linadi? Misollar keltiring.
4.Sodda gap tarkibida nechta kesim bo'ladi? Qo'shma gapda-chi?
V.BAHOLASH MEZONI
Ishtirokiga qarab
VI.UYGA VAZIFA
112- mashq. Matnni o'qib, undagi sodda gaplarni ko'chirib yozing.
Bir chumoli suvga tushib, cho'kib ketayotgan edi. Uni ko'rgan kabutar darhol tumshug'iga bir somon cho'pini olib, chumoliga uzatdi. Chumoli so'nggi quwatini to'plab, cho'pga osildi. Kabutar chumolini qutqarib qoldi. Chumoli kabutarga qanday rahmat aytishini bilmasdan unga mehr bilan qaradi. Kabutar uchib ketdi. Kunlardan bir kun chumoli bir ovchining kabutarni nishonga olib turganini ko'rdi. Chumoli bor quwati bilan yugurib, ovchining yoniga bordi. Oyog'idan o'rmalab, boshiga chiqib oldi va ko'zidan shunday chaqdiki, ovchijon achchig'ida miltig'ini qo'lidan tushirib yubordi. Kabutar ham ovchini ko'rib qolib, uchib ketdi.
(Sharq hikoyasi)
MAVZU GAPNING BO'LAKLARGA AJRATILISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |