O‘zbekiston zamini /2019 Tahrir hayʼati



Download 16,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/165
Sana21.04.2022
Hajmi16,18 Mb.
#570093
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
Bog'liq
QkpYhJ08PPUGEBGSyzeejz5Djsujhi4K0atZIk0i

Mavzuning 
dolzarbligi.
Global 
iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda 
so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni 
taxminan 30% qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, 
harorat 20Cga ortganda muzliklar hajmi 50%, 
4
0Cga isiganda esa, 78% kamayadi. Hisob-
kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo 
havzasida suv resursi 5%, Amudaryo havzasida 
15% kamayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 
2015 yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy 
taqchilligi 3mlrd3 metrdan ortiqni tashkil qilgan 
bo‘lsa, 2030 yilga borib 7 mlrd3 metrni, 2050 yilga 
borib esa, 15 mlrd3 metrni tashkil qilishi mumkin 
[2].
Iqlim o‘zgarishi suv yuzalaridan suvning 
bug‘lanishini 10-15% ga, o‘simliklar transpiratsiyasi 
va sug‘orish me’yorlarining ortishi tufayli suvning 
10-20% ko‘proq sarflanishiga olib keladi. Bu esa 
suvning tiklanmay iste’mol qilinishini o‘rta hisobda 
18% ga ortishiga olib keladi. Bu, shubhasiz, qishloq 
Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
4/2021


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
22
 
1-jadval
O‘rta Osiyo yerlarini gidromodul rayonga bo‘lishdi
Gidromodul rayonining nomeri
Tuproqning mexanik tarkibi
Sizot suvlarining satxi, m
1
Yengil
3-4 dan chukur 
2
O‘rta
-»-
3
Og‘ir
-»-
4
Yengil
2 dan 3 gacha 
5
O‘rta
-»-
6
Og‘ir
-»-
7
Yengil
1 dan 2 gacha 
8
O‘rta
-»-
9
Og‘ir
-»-
10
Turlicha
0 dan 1 gacha
xo‘jaligi ishlab chiqarishining keyingi o‘sishini 
qiyinlashtiradi [3].
Respublikamizda mustaqillik yillarida 
suvdan foydalanish tizimi tubdan o‘zgardi. Ilgari
Xorazm vohasida sentabr oyida daryolardan suv 
olish to‘xtatilar hamda sho‘r yuvish boshlangunga 
qadar kanal va zovur tarmoqlari ko‘rikdan o‘tkazilib, 
ta’mirlash-tiklash tadbirlari amalga oshirilar edi. 
Hozirgi kunda paxta-kuzgi bug‘doy navbatlab ekish 
tizimi qo‘llanishi natijasida sug‘orish tarmoqlari yil 
davomida uzluksiz ishlamoqda. Kollektor-zovur 
tarmoqlariga tushayotgan yuk juda oshib ketdi. 
Bular o‘z navbatida Xorazm vohasida tuproq hosil 
bo‘lish jarayoniga ham ta’sir qilmoqda, vohada 
gidromorf tuproqlar maydonlarining oshishi 
kuzatilmoqda.
Shuning uchun 80-yillarda ishlab chiqilgan 
Xorazm vohasining sug‘oriladigan yerlarini 
gidromodul 
rayonlashtirilishiga 
o‘zgarishlar 
kiritish, gidromodul rayonlar bo‘yicha sug‘oriladigan 
yerlarni taqsimlash va har bir gidromodul rayonlari 
bo‘yicha g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish 
tartiblarini aniqlash masalalarini hal qilishga 
yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari iqlim o‘zgarishi 
hamda Respublikamizda kuzatilayotgan va tobora 
oshib borayotgan suv tanqisligi sharoitida dolzarb 
hisoblanadi [4,5].
Sug‘orish 
maydonlarini 
gidromodul 
rayonlashtirish – hududni taksonomik birlik 
maydonlarga bo‘lish bo‘lib, uning maqsadi yer va 
suv resurslaridan unumli foydalanish va u yerlarda 
ilmiy-asoslangan sug‘orish tartiblarini qo‘llash, 
hamda ekinlardan yuqori hosil olishdir. 
Gidromodul rayonlashtirishning O‘rta 
Osiyo uchun asosiy prinsiplari 1932-1951 yillarda 
V.M.Legostaev, B.S.Konkov va G.P.Gelserlar 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosida 
tuproqning mexanik tarkibi va yer osti sizot 
suvlarining joylashishi yotadi [6].
1948-1957 yillarda S.N.Rejov, B.V.Fedorov 
va V.E.Eremenkolar rayonlashtirishning asosiy 
prinsiplarini takomillashtirishdi va O‘rta Osiyo 
yerlarini 10 ta gidromodul rayonga bo‘lishdi 
(1-jadval).
Keyingi 
takomillashtirish 
sobiq 
“Sredazgiprovodxlopok” (UzGIP MCHJ) instituti 
tomonidan (Shreder va b.) 1968 yilda olib borildi.
Ular yuqoridagidan tashqari Respublika hududini 
6 ta: Shimoliy I va Shimoliy, Markaziy I va
Markaziy II, Janubiy I va Janubiy II kenglik 
mintaqalariga hamda gidrogeologik-meliorativ 
oblastlarga ajratdilar.
Bular:
- chuqur joylashgan grunt suvlari yaxshi 
oqimga ega va ular tuproq hosil bo‘lish jarayonida 
ishtirok etishmaydi (grunt suvlarini yer ostiga 
singish oblasti);
- yer yuziga yaqin joylashgan grunt suvlari, 
tashqaridan oqib kelishi yaxshi, lekin oqib chiqib 
ketishi qiyinlashgan hudud, ular tuproq hosil bo‘lish 
jarayonida ishtirok etadi (grunt suvlarining yer 
yuziga qalqib chiqish oblasti);
- grunt suvlarining doimiy satxi bo‘lmay, 
ma’lum joydagi tabiiy sharoitga qarab o‘zgaradigan, 
tashqaridan oqib kelishi va ketishi qiyinlashgan 
hududlar (grunt suvlarini yoyilishi oblasti).
Shreder va b. (1968) ta’kidlashlaricha, yer 
osti suvlari sathi va tuproqning mexanik tarkibi bir 
xil bo‘lsa ham, gidrogeologik-meliorativ oblasti har 
xil bo‘lsa, sug‘orish tartibi ham turlicha bo‘ladi. 
Gidromodul rayon – tuproq-meliorativ oblastining 
bir qismi bo‘lib, tuproq qatlamining qalinligi 
yaqinligi, mexanik tarkibi, aeratsiya zonasida 
ularning joylashishi, suv-fizik xossalari, sizot 

Download 16,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish