O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
21
UO‘K:631.528:681.518:911.6 (575.171)
XORAZM VOHASINING SUG‘ORILADIGAN YERLARINI GIDROMODUL
RAYONLASHTIRISHDA GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI
M.X.Xamidov
Q.x.f.d., professor
K.T.Isabayev
Q.x.f.n., dotsent
O‘.P.Islomov
Assistent
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Annotatsiya.
Maqolada suv tanqisligi tobora oshib borayotgan sharoitda Xorazm vohasining sug‘oriladigan yerlarini
gidromodul rayonlashtirilishiga o‘zgartirishlar kiritish, gidromodul rayonlar bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarni taqsimlash
va Xorazm vohasidagi asosiy gidromodul rayonlar bo‘yicha g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblarini aniqlash
bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: geoaxborot tizimlari, gidromodul rayonlashtirish, g‘o‘za, sug‘orish tartibi, sug‘oriladigan yerlar;
sug‘orish davri; agrotexnika; suv tanqisligi; suv tejash texnologiyalari; sug‘orish me’yorlari; mavsumiy sug‘orish
me’yori; cheklangan dala nam sig‘imi, mineralizatsiya; sug‘orish texnikasi.
Аннотация.
В статье представлены результаты исследований изменения гидромодульного районирования
орошаемых земель Хорезмской области в условиях нарастающей нехватки воды, распределения орошаемых
земель в гидромодульных районах и определения научно обоснованных методов полива хлопчатника в основных
гидромодульных районах.
Ключевые слова:
геоинформационные системы, гидромодульное районирование, хлопок, режим орошения,
орошаемые земли; период полива; сельскохозяйственное машиностроение; нехватка воды; водосберегающие
технологии; нормы полива; сезонные нормы полива; ограниченная влагоемкость, минерализация воды и почвы;
методы полива.
Abstract
. The article presents the results of studies of changes in hydromodular zoning of irrigated lands of the
Khorezm region in the context of increasing water shortages, the distribution of irrigated lands in hydromodular areas
and the definition of scientifically based methods of irrigation of cotton in the main hydromodular areas.
Key words:
geoinformation sistems, hydromodular zoning, cotton, irrigation regime, irrigated land; watering period;
agricultural engineering; water scarcity; water saving technologies; watering rates; seasonal watering rates; limited
moisture capacity, mineralization of water and soil; watering methods.
Kirish.
Global iqlim o‘zgarishi muammosi
insoniyat kun tartibida dolzarb bo‘lib, bu
sayyoramizda faqat haroratning o‘rtacha yillik
ko‘tarilishi emas,
balki barcha geotizimning
o‘zgarishi, jahon okeanining ko‘tarilishining
yuzaga kelishi, muz va doimiy muzliklarning erishi,
yog‘ingarchilikning bir tekisda yog‘masligining
ortishi, daryolar oqimi rejimining o‘zgarishi
va iqlimning beqarorligi bilan bog‘liq boshqa
o‘zgarishlar ham demakdir [1].
Do'stlaringiz bilan baham: