G`afur G`ulomning «Sen yetim emassan» she‘ri urush yillaridagi she‘riyat dostoniga o`chmas satr bo`lib kirdi.
Bu davr adabiyotining o`ziga hos hususiyatlaridan biri shundaki, M.Ismoiliy, I.Muslim, Nazarmat, A.Rahmat, N.Safarov, I.Raxim, S.Jo`ra, Z.Fathullin singari yozuvchi va jurnalistlar armiya saflariga jalb etilib, o`zbek tilida nashr etilgan front gazetalarida xizmat qildilar. Ular yurtdoshlarining harbiy jasoratlarini o`z ko`zlari bilan ko`rib, front xaqiqati bilan yo`g`rilgan she‘r va ocherklar yozdilar. O`sha kezlarda Toshkentga evakuatsiya kilingan 200 ga yakin yozuvchilar bilan O`zbek adiblarining hamkorligi yanada mustahkamlandi.
Dramaturgiya sohasida o`zbek xalqining dushmanga qarshi kurash sahifalarini aks ettiruvchi ―Muqanna‖ (H.Olimjon), «Jaloliddin Manguberdi» (M.Shayhzoda), «Mahmud Torobiy» (Oybek) kabi dramalar yaratilib, sahnalashtirildi.
O`zbekistonning teatr va musiqa san‘ati arboblari ham fashizmga qarshi faol kurashchilar safida bo`ldilar. Shu yillarda 35 ta mahalliy, 16 ta ko`chirib keltirilgan teatr ish olib bordi. Bularda 203 ta yangi postanovka, 18568 marotaba spektakl va konsertlar ko`rsatildi.
Urush yillarida Respublikamiz san‘at ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo`linib, frontdagi jangchilarga 35 ming, gospitallarda esa 26 ming konsert ko`rsatdilar.
Urushdagi g`alabaga o`zbek kino san‘ati xam o`z hissasini ko`shdi. Bu sohada K.Yormatov, N.G`aniyev, G`.A‘zamov, Toshkentga evakuatsiya qilingan kino ustalarining hamkorligida 3 ta film-konsert, 10 ta ovozli badiiy film yaratdilar. Ular orasida «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra» filmlari o`zbek kinosi dovrug`ini dunyoga taratdi.
Vatanparvarlik va insonparvarlik mavzulari tasviriy san‘atning barcha janrlarida asosiy o`rinni egalladi.
A.Abdullayev, CH.Ahmarov, O`.Tansiqboyev, M.Nabiyev, O.Tatevosyan, V.Ufimsevlarning asarlari jahon urushi badiiy yilnomasiga muhim xissa bo`lib qo`shildi. Bular ichida, ayniqsa, O`.Tansiqboyevning «Ko`qqisdan berilgan zarba», »Partizanlar» deb nomlangan polotnolari diqqatga sazovordir.
Shunday qilib, urushda ko`lga kiritilgan g`alabaga O`zbekiston fan va madaniyat xodimlari o`zlarining fidokorona mehnatlari bilan munosib hissa ko`shdilar.
O`qituvchi sovet hokimiyataning ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davridagi O`zbekistonning madaniy hayotini quyidagicha xulosalagani ma‘qul:
Bu davr Respublikamizning madaniy hayoti savodxonlikning ortishi, aholi umumiy saviyasining yuksalishi bilan e‘tiborli bo`ldi. Ammo 20-yillarning oxirlarida mamlakat hayotida ma‘muriy buyruqbozlik tizimi tarkib topa boshladiki, u Respublika ijtimoiy-madaniy sohalarining yangidan barpo bo`lishini sekinlashtarib qo`ydi. E‘lon qilingan sotsialistik insonparvarlik, adolat haqidagi g`oyalar bilan haqiqiy voqelik o`rtasida ziddiyatlar paydo bo`ldi. Ular milliy-ma‘naviy hayotning asl mohiyatini noto`g`ri tushunish va ko`p asrlik ma‘naviy qadriyatlarlardan voz kechish bilan ifodalanadi.
O`zbekistonning fashizmga qarshi urush yillaridaga fani, maorifi va madaniyati ikkinchi jahon urushiga bag`ishlangan mavzu tarkibida o`tiladi. Shu sababli bayon etilayotgan mavzuniig davomi sifatida Respublikamizning 1946—1990 yillardagi, ya‘ni urushdan so`ng to mustaqilikka erishilgunga qadar kechgan madaniy hayoti o`rganiladi. 1946-1990 yillardagi mamlakatimiz madaniy xayotini ko`rib chiqishda faktik materiallar keng jalb qilinadi.
Dastavval, 1949-1952 yillarda O`zbekistonda qatag`onlikning yangi to`lqini asosan madaniyat va fan arboblariga qaratilganligi, ularning asarlarida guyo millatchilik g`oyalari «mavjudligi» ayblash uchun bahona bo`lganligi qayd etaladi.
Buning oqibatida Oybek, Mirtemir, Shayhzoda, M.Boboyev, Turob To`la, S.Abdulla, Habibiy va boshqalarning nomlari badnom qilindi. Shayhzoda, Shukrullo, Shuhrat, S.Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildilar. Olimlardan: H.Sulaymon, A.Boboxo`jayev, O.Aminov, V.Zohidovlar o`z lavozimlaridan bo`shatildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |