«Oltin shabadalar», Parda Tursun «O`qituvchi», Asqad Muhtor «Opa- singillar», Abdulla Qahhop «Qo`shchinor chiroqlari» romanlarini yozdilar. Bundan keyin qator qissa va dramalar yaratildiki, bular o`zbek adabiyoti «hosili» barakali bo`lganidan dalolat beradi.
She‘riyatda tinchlik mavzusi keng ishlandi (F.Fulom, Uyg`un, Zulfiya, Mirtemir).
1956 yilda Stalin shaxsiga sig`inishning fosh etilishi munosabati bilan sovetlar mamlakati tarixiga «xrushchevcha iliqlik yillari» deb kirgan yangi davr boshlandi. Mamlakatda biroz bo`lsada, demokratik mezonlar tiklanishi adabiyotda o`z samarasini berdi. Barcha adabiy tur va janrlarda ijod kuchaydi.
60-yillarda adabiyotda yangi avlod paydo bo`ldi. Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O`.Umarbekov, E.Voxidov, A.Oripov, O`.Hoshimov, M.Ali, O.Matjon, R.Parfikabi ijodkorlar ijodida o`tmish va bugunni yangicha idrok etish, ijtimoiy turmush masalalariga adolat nuqtai nazaridan qarashga urinish ular maqsadining eng muhim xususiyatlarini tashkil etdi.
70-yillardan sovetlar mamlakatida boshlangan turg`unilik xolati davrida ijodiy erkinlik bo`g`ila boshlandi. Shunga qaramay yuqorida nomlari zikr kilingan adiblar va ularnint izdoshlari mustamlakachilik va turg`unlik davri illatlariga qarshi adabiy ijodnint hikoya, she‘r va publitsistika kabi usullaridan foydalandilar.
Qayta ko`rish siyosati jamiyatning mazmun jihatdan yangilanishini ta‘minlagan bo`lsada, biroq unint natijasi shu bo`ldiki, xalqlarda o`ziga xos milliy uyg`onish yuz berdi.
Qayta qurish davrida o`zbek adabiyoti yangi izga tushib, hayot haqiqatini tasvirlash, yaqin va olis o`tmishni markscha-lelincha aqidalardan xoli holda aks ettirish yo`lidan rivojlana boshladi. Bu davrda publitsistika o`zbek adabiyotinint yetakchi janriga aylandi.
Publitsistlar Orol fojiasi va boqsha fojialar to`g`risida bong urib, o`zbek tilining Davlat tili maqomiga erishishi uchun kurashni boshlab berdilar, o`tmishda jabrdiyda bo`lgan yozuvchilar ijodini qayta baholash va adabiy xizmatlarini tiklash masalasini ko`tardilar.
1989 yil 21 oktabrda o`zbek taliga Davlat tili maqomining berilishi respublika ijtimoiy-madaniy xayotida katta tarixiy voqea bo`lib, mustaqillik sari tashlangan muhim qadam bo`ldi.
Mazkur davrda milliy-madaniy merosimizni o`rganishga bo`lgan qiziqish o`sdi, u ijtimoiy extiyojga aylandi, milliy marosimlar, an‘analarga munosabat o`zgardi. Xususan, dinning jamiyat xayotida tutgan o`rni va roliga etibor kuchaydi. Diniy erkinliklar himoya qilina boshlandi.
O`qituvchi urushdan keyingi yillarda mustabid tuzumning milliy madaniyatni cheklashlariga qaramay, O`zbekiston san‘ati rivojlanishda ma‘lum natijalarga erishganini qayd etadi. Bu rivojlanish ziddiyatlarga tula bo`lsada, 1946—1990 yillarda O`zbskistonning teatr, kino, musiqa, tasviriy san‘atida halqning milliy ruhini teran aks etirgan asarlar yaratildi. Masalan, teatr san‘atida «Oltin devor» (E.Vohidov), «Kelinlar qo`zg`oloni» (Said Ahmad), «Temir Hotin» (SH.Boshbekov), kino san‘atida «Mahallada duv-duv gap» (SH.Abbosov),