Shu bilan birga, afsonaviy folklor syujetlariga asoslangan opera, balet ham, musiqa drama spektakllari ijodkorlari ham «zaharli» g`oyalarni targ`ib qilishda ayblandilar
Shu bilan birga, afsonaviy folklor syujetlariga asoslangan opera, balet ham, musiqa drama spektakllari ijodkorlari ham «zaharli» g`oyalarni targ`ib qilishda ayblandilar.
O`zbekiston madaniyatining asossiz qatag`on qilingan ko`pgina arboblari 1956 yilda shahsga sig`inish fosh etilishi sharofati bilan batamom oqlandilar.
Shuni ta‘kidlash joizki, ko`rsatilayotgan davrda O`zbekiston madaniy-ma‘rifiy muassasalarining moddiy-tehnik jihatdan ta‘minlanishi bo`yicha sobiq Sovet Respublikalari o`rtasida eng quyi pog`onada turardi. Masalan, 1969 yilda Rossiya aholisinit 10 ming nafariga 14 klub muassasasi to`g`ri kelsa, O`zbekistonda atigi 4 ta edi.
Madaniy-ma‘rifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag` aholi jon boshiga Estoniyada 21, 3 so`mni, O`zbekistonda 4, 5 so`mni tashkil qilardi.
Bu holat umumiy o`rta ta‘lim maktablarida ham mavjud edi. 1980-1981 o`quv yilida Respublikamizda mavjud maktablarning 69%i nobop binolarda joylashgan, 700 tasi avariya holatida bo`lib, qishloq maktablarining 75%ga yaqini vodoprovod va kanalizatsiyaga, yarmidan ko`prog`i markaziy isitish moslamalariga, oshxona va sport zallariga ega emas edi.
Fan, madaniyat va xalq ta‘limiga qilinadigan sarf-xarajatlarni qo`shib xisoblaganda, ular byudjet mablag`larinig 2,7% foizidan ortmas edi.
Maktablar o`qituvchi kadrlar bilan ta‘minlangan bo`lsa ham, biroq oliy ma‘lumotlilar ularning uchdan ikki qismini tashkil etardi.
Maktablarda ijtimoiy fanlarni o`qitish o`ta siyosiylashtirilgan bo`lib, O`zbekiston tarixi juda kam xajmda o`qitilardi. Ko`zdan kechirilayotgan davrda maorif sohasida
erishilgan yutuqlar bilan birga, yoshlarni milliy an‘analar va ma‘naviy-madaniy manbalardan uzoqlashtirish an‘anasi ko`zga tashlanib bordi.
Umumta‘lim maktablarining faoliyati o`sha davrda madaniy-ma‘naviy hayotning barcha jabhasini qamrab olgan «rivojlangan sotsializm» g`oyasini o`quvchilarga singdirish, ularni «kommunistak ruhda» tarbiyalashdan iborat bo`ldi.
1985 yilda oliy o`quv yurtlari soni 42 tani, talabalar soni 285.5 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek, Respublikada 249 ta o`rta maxsus bilim yurtlarida 281.7 ming o`quvchi bilim oldi. Biroq bu mikdor ko`rsatkichlaridagi siljish bo`lib, sifat ko`rsatkichlari bo`yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar jahon g`alablaridan orqada edi.
60-yillarning boshlarida «shaklan milliy, mazmunan sopialistik madaniyat»to`g`risidagi nazariya madaniyatlarning gullab-yashnashi va bir-biriga yakinlashuvi to`g`risidagi yangi nom bilan almashtirildi.
U amalda millatlar bir-biriga qorishib, chatishib ketishi va shonli sovet xalqi tashkil topadi, degan ma‘noni anglatar edi. Binobarin, bu baynalminal madaniyat yaratishga erishish vazifasini amalga oshirishni bildirardi.
Bunday milliy siyosat yoshlarni milliy-ma‘naviy ildizlardan ajratib, milliy iftihor tuyg`ularini bo`g`ib qo`ydi. Respublikada urushdan keyingi yillarda fan sohasida yutuqlar qo`lga kiritildi. 80-yillarning o`rtalarida ilmiy-tadqiqot muassasalarinint soni 100 dan ortdi. Ularda fanning turli sohalari bo`yicha tadqiqotlar olib borildi, yuqori malakali jahon tan olgan olimlar masalan, H.Abdullayev, O.Sodiqov, Q.Niyoziy, S.Yunusovva boshqalar yetishib chikdi.
Biroq mustabid tuzumning ma‘muriy buyruqbozlik usulini qo`llashi, yuqoridan turib «ko`rsatma» berishlar erkin ijodiy muhitni bo`g`ib, o`z salbiy ta‘sirini o`tkazmay qo`ymadi. 1946-1991 yillar orasida O`zbek adabiyoti o`z taraqqiyotining murakkab va turli bosqichlaridan iborat davrni bosib o`tdi. Bular ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish yillarini (1945—1956); Stalin shaxsining fosh etilishi va xrushchevcha «iliqlik» yillarini (1956-1964); «Rivojlangan sotsializm» g`oyasi olg`a surilgan yillarni (1964-1985); «Qayta qurilish» yillarini (1985—1991) o`z ichiga olgan har to`rt bosqich shu yillarda ro`y bergan ijtimoiy voqealarga ko`ra nomlangan bo`lib, o`zbek adabiyotining taraqiyot yo`li va tamoyillari ham shu davrda turlicha ko`rinishga ega bo`ldi.
Urushdan keyin partiya tomonidai yozuvchilarga sovet voqeligi uchun tipik bo`lmagan nuqsonlar va qiyinchilik tasviridan qochish hayotni «gulgun» ranglar bilan aks ettrish vazifasi topshirildi. Xayotda biror kamchilik ko`rgan har qanday ijodkor ta‘qibga uchradi.
O`sha kezlarda adiblar va madaniyat xodimlariga nisbatan o`tkazilgan katag`onlik haqida yuqorida so`z yuritilganligi uchun, asosiy e‘tibor bu davrdagi adabiyotning asosiy mazmunini nima tashkil etganligiga qaratiladi.
Urushdan keyingi davrda yana sotsialistik g`oyaviylikka zo`r berildi. Oybek