O`zbekiston xalqlari madaniyati tarixi fanidan


«Chodira», «Rovot qashqirlari»



Download 40,01 Kb.
bet3/9
Sana25.04.2022
Hajmi40,01 Kb.
#580358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-МАВЗУ

«Chodira», «Rovot qashqirlari» kabi filmlar ishlandi.
30-yillarga kelib bu sohada anchagina milliy kadrlar yetishib chiqdi.
  1. Qayumov, K.Yormatov, S.Ho`jayev, N. Baniyev, E.Damroyev, G`.A‘zamov,


  2. Rahimov shular jumlasidandir.

Nabi G`aniyev «Ramazon», «Yigit», G`.A‘zamov «Qilich» singari filmlarni ekranga chiqardilar.
1937 yilda yaratilgan birinchi o`zbek ovozli «Qasam» badiiy filmi madaniy hayotda muhim voqea bo`ldi. 1939 yilda «Azamat» filmi ekranlashtirildi.
Shu yillarda musiqa va teatr san‘atida xam iste‘dodli milliy kadrlar yetishib chiqdi. M.Qori Yoqubov tomonidan birinchi bo`lib 1926 yilda o`zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. Uning zaminida 1929 yili O`zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. O`zbek milliy musiqasini rivojlantirishda o`zbek kompozitorlaridan To`xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Muhtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Mutavakkil Burhonovlar ko`p mehnat qildilar.
O`zbek musiqa va vokal madaniyatining rivojlanishida 1936 yili Toshkentda ochilgan davlat konservatoriyasi muxim rol o`ynadi.
O`zbek milliy teatri rus, ozarbayjon, tatar teatr tomoshalari tasirida paydo bo`ldi. Bu ishda jadidlar jonbozlik ko`rsatdilar. Chunonchi, 1914 yilda «Turon» nomli madaniy va ma‘rifiy jamiyat qoshida «Turkiston» nomi berilgan ilk havaskorlar truppasi A.Avloniy tomonidan tashkil etiladi. Truppada o`zbek milliy teatriiing tashkilotchilaridan M. Uyg`ur, mashhur drammaturg F. Zafariy va boshqalar ijod qilgan. Uning repertuarida Hamzaning «Zaharli xayot», Behbudiyning
«Padarkush», A.Kodiriyning «Bahtsiz kuyov» kabi spektakllari bo`lgan.
O`qituvchi bu drammtruppa, keyinchalik Hamza nomli akademik - hozirgi Milliy teatrimizning tashkil topishida asos bo`lganligini ko`rsatib o`tishi muhim.
Jumladan, M. Uyg`ur 1918 yili shu jamiyat qoshida o`zbek teatr truppasini tuzadi. 1920 yilda u O`lka Davlat namuna teatriga aylantiriladi. 1925 yili bu teatr jamoasi Qo`qondagi Hamza tuzgan teatr truppasi bilan ko`shilib, Samarqandda faoliyat ko`rsatgan. 1929 yilda esa u Hamza nomidagi O`zbek davlat drama teatri maqomini olib, Toshkentda ish boshlagan. Respublikaning eng iqtidorli ijodiy kuchlarini birlashtirgan jamoa tez kunda O`zbekistoi teatr madaniyatining markaziga aylandi.
Teatrning birinchi aktyorlari A.Hidoyatov, O.Jalilov, S.Olimov, Ziyo Sadrlar xalq orasida zo`r e‘tibor qozondilar. Keyinchalik ushbu jamoaga SH.Burhonov, O.Ho`jayev, N.Rahimov, G`.A‘zamov, S.Eshonturayeva singari aktyorlar kelib qo`shildilar.
30-yillarda teatrning Shekspir («Xamlet», «Otello»), Hamza («Boy ila xizmatchi») asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar shuhrat qozondi.
1928 yilda rus, 1929 yili O`zbek yosh tomoshabinlar teatri tashkil etildi. 1939 yilda Davlat opera va balet teatri ochildi.
1940 yilga kelib respublikada turli janrlarda 50 ta, jumladan, 47 ta milliy teatr ishlab turdi.
Bu davrda rus rassomlari tomonidan targ`ib etilgan tasviriy san‘atning o`lka madaniyati uchun yangilik bo`lgan rangtasvir, plakat, kitob va matbuot nashrlariga mo`ljallangan grafika, haykaltaroshlik kabi turlari rivojlandi hamda yangicha hayot uchun kurashda kuchli g`oyaviy qurolga aylandi. Milliy kadrlar tayyorlashda Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda tuzilgan badiiy maktablar, ochilgan muzeylar, shuningdek, rus rassomlari (L.Bure, A.Nikolayev, A.Volkov, P. Benkov va b.) muhim rol o`ynadi.
30-yillarning boshlarida O`zbekistonda tasviriy san‘at ham rivojlandi. Bu yillarda O`.Tansiqboyev, B.Hamdamiy, A. Siddiqiy, L Abdullayev, L.Nasriddinov kabi o`zbek rassomlari ijod qilishga kirishgan edilar.
1938 yili O`zbekistan rassomlar uyushmasi tashkil etildi.
20-yillarda Respublikada dastlabki ilmiy-tadqiqot muassasalari ochildi.
20-yillar ohiri va 30-yillar boshida Tropik tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda boshqa ilmiy- muassasalar tashkil topdi.
30-yillarda Respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo`shgan mahalliy millatga mansub olimlar yetishib chiqdilar. Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, O.Sodiqov, N.Dolimov, S.Yunusov, T.Zohidov, CH.Mo`minov, Y.G`ulomov, P.Soliyev va ko`pgina olimlar yangi ilmiy yo`nalishlar hamda ilmiy maktablarning asoschilari bo`lib qoldilar.
Ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirib turish uchun 1932 yili Fan qo`mitasi ta‘sis etilib, 1940 yilda Ittifoq Fanlar akademiyasining O`zbekiston filiali - O`z FAN tuzildi.

Download 40,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish