Kurs ishining maqsadi. Jahon turizm bozorining inqirozga qarshi boshqaruv strategiyalarini o’rganish, turizmni turli tashqi omillarga ta’sirchanligini minimallashtirish, hamda O’zbekiston turizm bozorini pandemiyadan keyingi davrda qayta oyoqqa turishini tezlashtirish kabi muhim vazifalarni o’rganish va tahlil etishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi:
xalqaro turizm bozori va uning tarkibiy tuzilishi ko’rib chiqish;
xalqaro turizmda inqirozga qarshi boshqaruv metodlarini o’rganib chiqish;
xalqaro turizm bozorining mintaqaviy xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalarini ochib berish hamda ular bo’yicha umumlashtirilgan xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovadan iborat.
Xalqaro turizm bozori va uning tarkibiy tuzilishi
Turizm bozorida inqirozning ko’lami va uning yechimi krizisning sohani qaysi segmentiga bog’liqligiga qarab o’zgarishi mumkin. Turizm bozori ko’plab tarkibiy tuzilmalarga ajratiladi. Uning tarkibi bir nechta kichik bozorlarning o'z miqyosi bo'yicha ajralib turadi. Shu sababdan turizm bozorini tasniflashning turli usullari mavjud.
Muayyan hududga (mintaqa, mamlakat) nisbatan quyidagi bozorlar ajratiladi:
- ichki turizm bozori, hudud aholisining ushbu hududga sayohatini qamrab oladi;
- kiruvchi turizm bozori, mamlakat rezidenti bo'lmagan shaxslar uning hududi bo'ylab sayohat qilishi;
- chiqish turizmi bozori, bir hudud aholisining boshqa hududga sayohati.
Sayohat maqsadiga koʻra rekreatsion, biznes, ilmiy, madaniy-maʼrifiy, diniy, etnik turizm bozorlari mavjud.
Sayohatlarni tashkil etish xususiyatiga ko'ra reja qilingan va rejalanmagan turizm bozorlari farqlanadi.
Sayohat ishtirokchilari soniga ko'ra, guruh va individual turizm uchun bozorlar mavjud.
Harakat qilish uslubiga ko'ra piyoda, temir yo'l, aviatsiya, dengiz va daryo, shuningdek avtomobil turizmi bozorlari farqlanadi.
Yuqorida ta’kidlangan turistik bozorlarning har biri turli xarakterga ega bo’lib, inqirozlar ushbu bozorlarga turlicha xavf uyg’otishi mumkin. Turistik bozor turlicha sifat tuzilmasiga ega.
10% potentsial talabni uzoq xorij mamlakatlari (viloyat, shahar va boshqalar) dagi turistlar tashkil etadi. Ammo, faqat mijozning xohishi yetarli emas - sayohat xizmatlarini sotib olish uchun mablag' bo'lishi kerak. To'lov qobiliyatiga ega iste'molchilar o'z ehtiyojlarini qondira oladigan turizm xizmatlariga talabgor xisoblanadilar. Agar yuqoridagi barcha shartlar bajarilsagina, haqiqiy bozor shakllangan xisoblanadi – talabga mos taklif paydo bo’ladi.
1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |