3 -rasm9
Shunga mutanosib ravishda transport tizimi ham yangi talablarga moslashtirilishi kerak.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi pandemiya paytida onlayn turizm yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lum qilib quyidagi takliflarni bildirdi:
Hozirgi davrda O‘zbekistonda ko’plab gidlar ishsiz. Ularga diqqatga sazovor joylarga, jumladan, qadimiy ziyoratgohlarga kirib, o‘sha yerdan jonli efirlar qilib, ijtimoiy tarmoqqa joylashlariga imkoniyat yaratib berish lozim. Videoni tomosha qilish 50 sent yoki 1 dollar qilib qo‘yilsa, ko‘pchilikka qimmatlik qilmaydi va uni bajonidil qo‘rishi mumkin.
Ham virtual tarzda mablag‘ topish, ham sayyohlar ong ostiga O‘zbekistonga karantindan keyin, albatta, kelish fikrini singdirsa bo‘ladi.
Ichki sayyohlarni jalb qilish uchun turizmning qaysi turlariga e'tibor qaratish kerak?
– Karantin tugagach, ko‘pchilik ehtiyotkor bo‘lib qolishi tabiiy. Gavjum joylardan qochishga harakat qiladi. Ziyorat turizmi bilan odamlarni jalb qilish mushkil ish. Ekoturizm imkoniyatlaridan foydalanish katta foyda beradi. Tabiat qo‘yniga sayohat qilinganda, ijtimoiy masofani saqlashga hojat qolmaydi. Odamlar kam bo‘ladi. O‘zbekistonda sayohat qilishga arziydigan tabiat manzaralari juda ko‘p, lekin ko‘pchilik bilmaydi. Shu joylarda sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratilishi lozim.
O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi. Bu haqida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi hamda Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida o‘tgan “Tiklanish yo‘li” xalqaro onlayn turizm konferensiyasi doirasida ma'lum qilgan edi.
Birinchi bosqichda, 2020-yilning 1 iyunidan O‘zbekistonning “yashil” va “sariq” toifali karantin zonalarida ichki turizm qayta tiklandi.
Shu sanadan eʼtiboran belgilangan zonalarda tegishli tashkilotlar – turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat, madaniy meros obyektlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin.
O‘zbekistonda 63 foiz turoperatorlar va 81 foiz joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, hostellar) o‘z faoliyatini to‘xtatgan, birinchi bosqich ichki turizm orqali ularning faoliyatini qayta tiklashga bag‘ishlandi. Shuningdek, xalqaro turizmni tiklashga maksimal tayyor bo‘lish uchun ushbu bosqichda «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» xavfsizlik tizimi joriy qilindi.
Ikkinchi bosqich qo‘shni mamlakatlar va MDH davlatlari bilan tashkillashtirilgan hududiy turizmni qayta tiklashdan iborat bo‘ldi.
Bunda turistik guruhlarning butun sayohat davomida xavfsizlik, sanitar-gigiyenik talablar va ijtimoiy masofa choralariga rioya qilish masalalarini ishlab chiqish juda muhim, operativ reaksiya bildiruvchi qo‘shma guruhni tuzish ham maqsadga muvofiq.
Shuningdek, bu ishni hududlar bo‘yicha turizm sohasi vakillariga turli tematikadagi yangi aralash turlarni ishlab chiqish bilan ham uyg‘unlashtirishni taklif etildi: gastronomik turlar, vitamin turlari, ko‘chmanchi turlar, mototurlar, palov turlari, arxeologik hamda turistik shahar va markazlardan o‘tuvchi boshqa turlar.
Bundan tashqari, maxsus «Silk Road Project» platformasi yaratilgan bo’lib, unda nafaqat Ipak yo‘li mamlakatlari turistik salohiyati, balki istiqbolli mintaqaviy turmahsulotlar va marshrutlar ham targ‘ib qilinadi.
Uchinchi bosqichda O‘zbekiston sekin-astalik bilan tashqi turizmni tikladi, bunda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib, fuqarolariga mamlakatimizga kirish ruxsat etiladigan uzoq xorijiy davlatlar ro‘yxati tuzildi10.
Aksariyat Yevropa va Osiyo mamlakatlari asta-sekin koronavirus pandemiyasi inqirozidan chiqmoqda va turistik bozorlar uzoq muddatli tanaffusdan so’ng kuchli tayyorgarlik bilan 2020-yil kuzidan boshlab ochila boshladi.
Shu munosabat bilan mamlakatimiz boshqa mamlakatlarda sanitar-epidemiologik xavfsizlik hamda kasallikning yangi holatlarini oldini olish nuqtai nazaridan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilgan holda turizm faoliyatini tiklay boshladi. Bunday tahlil yakunlariga ko‘ra, yurtimizga amalga oshiriladigan xalqaro reyslarni qayta tiklash geografiyasiga doir qarorlar qabul qilinadi.
Taʼkidlash joizki, turizm sanoatini tiklashning uch bosqichi davomida mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrifi doirasida xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda yangi tematik tadbirlarni o‘tkazishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Gastronomik festival va aksiyalar, “Stixiya” musiqa festivali, “Aqchako‘l” plyaj o‘yinlari, Hosil festivali, “Uchinchi yosh turizmi” haftaligi kabilar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |