98
UY-JOYNI HADYA QILISH SHARTNOMASI
О‗zbekiston Respublikasi Farg‗ona viloyati Marg‗ilon shahri ikki ming о‗n tо‗qqizinchi yil
yigirma birinchi may kuni Biz, Farg‗ona viloyati Marg‗ilon shahar Mustaqillik kо‗cha-si 25-uyda
Mavzu bo„yichа nazorat sаvоllari
1.Hujjatchilik tarixi haqida ma‘lumot bering.
3-Namuna
UY-JOYNI HADYA QILISH SHARTNOMASI
О‗zbekiston Respublikasi Farg‗ona viloyati Marg‗ilon shahri ikki ming о‗n tо‗qqizinchi yil
yigirma birinchi may kuni Biz, Farg‗ona viloyati Marg‗ilon shahar Mustaqillik kо‗cha-si 25-uyda
yashovchi Solijon Xoliqovich Qodirov va Marg‗i-lon shahar Navoiy kо‗chasi 40-uyda yashovchi
Qobil Solijo-novich Qodirov, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. Men, Solijon Xoliqovich Qodirov, Marg‗ilon Mustaqillik kо‗chasidagi 400 kvadrat metrli
yer maydonigajoylashgan 25-raqamli uy-joyimni о‗g‗lim Qobil Solijono-vich
Qodirovga hadya
qildim.Hadya qilinayotgan uy-joy yashash maydoni 72 kvadrat metr bо‗lgan 4 ta xona, 2 ta daxliz
va oldi oynavand ayvonli bitta bir qavatli, pishiq g‗ishtdan qurilgan uydan iborat bо‗lib,
uyning
umumiy foydali maydoni 110 kvadrat metr. Shuningdek, hovlida
yozgi va qishki omborxona,
hammom va hojatxona bor.
2. Hadya qilinayottan uy-joy Marg‗ilon shahar davlat nota-rial idorasi tomonidan 1985
yilning 4 aprelida 1425 raqami bilan rо‗yxatga olinib qayd etilgan uy-joyni oldi-sotdi shart-nomasi
hamda Marg‗ilon shahar texnik inventarlash idorasining 1997-yil 7-maydagi 517-raqamli
ma‘lumotnomasiga asosan menga, Solijon Xoliqovich Qodirovga tegishlidir.
3. Men, Qobil Solijonovich Qodirov, otam Solijon Xoliqovich
Qodirov hadya qilgan uy-
joyni minnatdorlik bilan qabul qildim.
4. Uy-joyning inventar narxi 98800000 (tо‗qson sakkiz million sakkiz yuz ming) sо‗m.
5. Ushbu shartnoma tuzilgunga qadar hadya qilinayotgan uy-joy boshqa shaxsga
о‗tkazilmagan, garovga qо‗yilmagan va bu uy-joy yuzasidan hech
qanday nizo va taqiqlar
bо‗lmagan.
6. О‗zR Fuqarolik kodeksining 488-moddasiga asosan fuqarolar Solijon Xoliqovich Qodirov
va Zulayho Abdullayevna Qodirovalar hadya etilayotgan uy-joydan foydalanish huquqini о‗zlarida
saqlab qoladilar.
7. О‗zR Fuqarolik kodeksining 185-moddasiga kо‗ra, ushbu shartnoma tegishli texnik
inventarlash idorasida rо‗yxatdan о‗tkazilgan paytdan boshlab hadyani
qabul qiluvchida mulk
huquqi vujudga keladi.
8. Fuqarolik kodeksidagi tegishli moddalarning mazmuni bizga notarius tomonidan
tushuntirib berildi.
9. Ushbu shartnomani tuzish uchun ketadigan xarajatlarni
Solijon Xoliqovich Qodirov
tо‗laydi.
10. Shartnoma uch nusxada tuzilib imzolandi: bir nusxasi Marg‗ilon shahar davlat notarial
idorasida
qoldiriladi, ikkinchisi hadyani qabul qiluvchiga, yana bir nusxasi shartnomani rо‗yxatga
olgan texnik inventarlash idorasiga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: