Mavzuning organilish darajasini, Muhammad Rizo Ogahiy asarlaridagi manaviy va gumanistik goyalar mazmuni va qamrov doirasini belgilash, ularning yoshlar dunyoqarashida insonparvar goyalarni qaror toptirishi kabi muammoli masalalarning hamda axloqiy jihatlarini organish borasida M.M.Xayrullaev, X.P.Vohidov, M.Baratov, X.A.Aliqulov, Y.Jumaboev, M.Safarboev, F.Qobulov, S.Hasanov kabi olimlarimiz tadqiqotlarini alohida qayd etish lozim.3
Kurs ishining obekti: Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlari va ular bilan bogliq manbalar.
Kurs ishining predmeti: Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlarida manaviy -marifiy qarashlarning umumtalim tizimida organish jarayoni.
Kurs ishining maqsadi: Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlarida manaviy -marifiy qarashlarini milliy tarbiya mezonlari asosida tadqiq etish.
Kurs ishining vazifalari:
- Ogahiy yashagan davr tarixiy madaniy muhitning ijtimoiy omillarini tarix nuqtai nazardan yoritish;
- Ogahiy manaviy va gumanistik merosining milliy manaviy taraqqiyotidagi ornini belgilash;
- Muhammad Rizo Ogahiyning manaviy -marifiy qarashlarini madaniy tamoyillar va goyalarini aniqlash;
- Ogahiy manaviy marifiy merosidan talim-tarbiya jarayonida foyda-lanishning mezonlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish.
Kurs ishining metodlari tarixiylik va mantiqiylik, obektivlik va qiyosiy tahlil, konkretlik va umumlashtirish, kuzatish va ilmiy bilish metodlaridan iborat.
Kurs ishining tarkibiy qismi.
Kurs ishi Kirish, ikkita bob, tortta paragrafni oz ichiga olgan, Xulosa hamda Foydalanilgan adabiyotlar royxatidan iborat. Matnning umumiy hajmi 39 betni tashkil etadi.
I.BOB. MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING TARIXIY ASARLARIDA AKS ETGAN MANAVIY- MARIFIY MEROSINING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlarida manaviy-marifiy qarashlarini taminlagan tarixiy shart-sharoitlar.
Ozbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yoliga kirishi bilan ozining manaviy qadriyatlarini va milliy davlatchiligini qayta tiklash davriga qadam koydi. Iqtisodiy, va ijtimoiy-siyosiy sohalarda tub ozgarishlar davri boshlandi. Bu esa, milliy madaniyatimizni yuksaltirishni, manaviy merosimizni chuqur organishni milliy mafkurasi goyalariga mos kelishini taqazo etadi.
Respublika birinchi prezidenti I.Karimovning oqtirishicha, Ozbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishidan iborat oz yoli - respublikani rivojlantirishning asosiy oziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi: Avvalo, u aholining milliy- tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlari togrisida gamxorlik qilish, ochiq, kongillik, millatidan qatiy nazar, odamlarga hayrixohlik bilan munosabatda bolish, ozgalar kulfatiga hamdard bolish va ozaro yordam tuygusi kishilar ortasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi. Ozbeklar diyoriga, oz Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, marifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat, ehtirom Ozbekiston aholisiga xos fazilatdir.4 Ma’lumki, ulug mutafakkirlarmizning boy meroslari, ularning hikmatli sozlari, ayniqsa axloq-odob, insof, diyonat, imon, vijdon, mehnatsevarlik, ilmsevarlik, insoniylik xususidagi saboqlari shaxsni har tomonlama va uygun rivojlantirishning asosiy omili bolib kelgan. Shu jihatdan qaraganda, XIX asr, ozbek allomasini fikrining namoyondalaridan biri Ogahiyning manaviy-marifiy merosidagi vatanparvarlik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, imon-etiqodlik, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, hurfikrlilik-komil inson haqidagi goyalarini oquvchi-yoshlar ongiga singdirish, allomalarmizning boy manaviy merosiga shu kun nuqtai nazaridan yondoshish eng dolzarb masaladir.
Ogahiy ozi yaratgan va tarjima qilgan asarlari bilan xalqimizning ilm-marifatni rivojlantirishga va Ozbekiston xalqlari tarixi hamda ijtimoiy-manaviy fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qoshgan. Ogahiyning hayoti va ijodiy faoliyatini S.Dolimov, Ogahiy lirikasini R.Majidiy, tarixiy asarlarini Q.Munirov, Ogahiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarini M.Safarboev ozlarining ilmiy izlanishlarida yoritib berganlar.
Ogahiy asarlari faqat majmua (xrestomatiya) lardangina joy olmay, bal-ki alohida qollanmalar tarzida nashr etilishi ham tilga olish mumkin.
Ogahiy manaviy-marifiy merosini ilmiy tamoyillar asosida max-sus organish va uni xalq talimi sohasiga tadbiq etishda V.I.Zoxidov, S.Dolimov, R.Majidiy, YU.YUsupov, Q.Munirov, G.Karimov, S.Xasanov va boshqalarning asarlarida oz aksini topgan. Ogahiy on toqqiz xil sheriy janrlarda qalam tebratib, mumtoz adabiyotimiz xazinasiga ulkan hissa qoshgan serqirra ijodkordir. Shoir ijodida gazal, ruboiy, qita, muxammas va qasidalar qatorida masnaviylar ham muhim orin tutadi.
Kelib ey sohibi xujastaliko misrasi bilan boshlanadigan 99 bayt masnaviyda sevgida sodiqlik, ahdga vafo, visolga erishmoq uchun hijron azoblariga bardosh berish kabi insoniy fazilatlar uluglanadi.5
Zohiran qaraganda asar boshdan oyoq insoniy muhabbat tuygu- kechinmalarini tarannum etayotgani korinib turibdi. Mumtoz adabiyotda majoziy ishq orqali ilohiy ishq ham ozaro uygunlikda ifoda qilinganligi kop olimlarimiz tomonidan takidlangan. Jumladan, adabiyotshunos Ibrohim Haqqul Tasavvuf va sheriyat kitobida shunday yozadi: “Navoiy, ishq nomi bilan Insonni uluglovchi ilohiy sirlarni tadqiq etadi, buyuk Shoir tasvi-ridagi haqiqiy ishq kechinmalari Inson va Xudo orasidagi ruhiy yaqinlik, birlik tuygularini ifodalaydi...” Shunga oxshash fikrlar prof. A.Hayitmetov, N.Komilov, filologiya fanlari nomzodlari E.Ishoqov, S.Olimov, N.Jomaeva, S.Rafiddinov ishlarida ham yaqqol kozga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Ogahiyning ishqiy masnaviylari botinida ham lirik qahramonning (ayni paytda Shoirning ham) yagona yaratuvchi - Ollohga bolgan cheksiz ehtirosli muhabbati yotganligini ilgash mumkin.
Shoirning badiiy-sheriy merosi Taviz-ul oshiqin (Oshiqlar tumori) nomli devoniga jamlangan.
F.Ganixojaev Ogahiy tarjima asarlaridan 39 ta qolyozmani aniqlashga muvaffaq bolgan va ularni tavsif etgan. Bular orasida Qobus ibn Vashmgirning Qobusnoma, Nizomiy Ganjaviyning Haft paykar, Sadiyning Guliston, Jomiyning Yusuf va Zulayho, Mirxondning Ravzat us-safo asarining 2-3 jildlari, Vosifiyning Badoe ul-voqoe si alohida ahamiyatga ega. Korsatib otilgan asarlarning oziyoq Ogahiyning tarjima sanati orqali ozbek adabiyoti va madaniyatini boyitishga naqadar salmoqli hissa qoshganligidan dalolat beradi. Afsuski, adib ozbek tiliga ogirgan asarlardan yana torttasi (Xusrav Dehlaviyning Hasht behisht, Sharafiddin Ali Yazdiyning Zafarnoma, Jomiyning Bahoriston, Salomon va Ibsol) hozirgacha topilgani yoq.
Ogahiy gazal janrini rivojlantirdi. U didi otkir, zukko Shoir edi. Ogahiy umrining oxirigacha sher ijod qilishdan toxtamagan, oz hayotini Harakatdan toxtamaydigan oqar daryo deb bilgan. Uning sherlari Harakat -umrga Baraka, Hayot - bu yashash demak degan sharq falsafasini eslatadi. Shoir yozadi:
Eyki zamiringga safo istasang,
Sayr qilma sabot ixtiyor negaki
Tagyir topar obi sof, doim
Agar qilsa chuqurda qaror.
Xiva xonligi sharoitida jamiyat ijtimoiy hayotida uchrab turadigan ayrim salbiy holatlar laganbardorlik, chaqimchilik Ogahiyni qattiq tashvishga solardi. Mehnashkash xalq ahvolidan xabar olmaydigan el tashvishini unutgan shaxsiyatparastlar Ogahiy satiralarining qahramonlari bolib qoldi. Ogahiy madhiyaboz saroy shoirlarining faqat formalizmdan iborat tuturihsiz sheriy sanatiga qarshi otkir mushohadalar yuritdi.
Shoir ijodkorlarni oz istedodlarini tinimsiz takomillashtirishga va xalq orasida goyat kamtar, elparvar bolishga, ikki buyuk turkiygoy mutafakkir Shoirdan ibrat olishga chaqirdi:
Navoiy ekdi-yu, ordi,
Fuzuliy moshogin terdi,
Alardin songgi Shoirlar,
Alarning toshlogin terdi.
Shuning uchun biz ham Ogahiyning manaviy-marifiy qarashlarini tahlil qilar ekanmiz, XIX asrda Xorazmdagi ijtimoiy-madaniy hayotning mutafakkir dunyoqarashining va manaviy-marifiy qarashlarining shaklllanishiga korsatgan tasiri bayonidan boshlashni ilmiy nuqtai nazardan togri deb oylaymiz. Chunki Ogahiy dunyoqarashni shakllanishida va uning manaviy-marifiy qarashlarining mazmunini belgilashda eng muhim omil u yashagan ijtimoiy-siyosiy va madaniy sharoitdir. Darvoqe, har bir mutafakkir bevosita ozi yashagan hayotdan oziqlanadi, oz qobiliyati bilimi, dunyoqarashi asosi va doirasida oz davri hayotini yoritadi.6
Xorazm, Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan ozbek xalqi ilm-fan va madaniyat tarixida juda qadimdan muhim rol oynagan olkalardan hisoblanadi, Lekin XVIII asrning oxiri va XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtini egallagan Muhammad Rahim I (1806-1825), Olloqulixon (1825-1843), Rahimqulixon (1843-1846), Muhammadaminxon (1846-1855), Abdullaxon, Qutlugmurodxon (1856), Sayid Muhammadxonlar (1856-1865) hukmronlik qilgan davrda feodal tuzumiga xos bolgan ozaro va talonchilik urushlari davom etadi. Bunday uzluksiz bolib turadigan ozaro urushlar va harbiy toqnashuvlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga, madaniy hayotiga tasir etmasdan qolmasdi, albatta. Tarixiy manbalarda qayd eti-lishicha, XIX asrning birinchi yarmida Xivada Tosh xovli, Rahimquli madrasasi, Saidmuhammadxon madrasasi, Muhammadamin II madrasasi, Muhammad Devonbegi madrasasi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qala singari oziga xos memorchilik sanatiga ega bolgan binolar qad kotaradi va tamirlandi. Ayniqsa, Muhammad Rahim II Feruz (1865-1910) davrida Xiva Xonligini boshqarish ancha takomillashdi. Xon davlatni boshqarishda devoniy oliy tasis etib, bojxona, pul va soliq islohoti otkazadi, soliqlarni muntazam undirib olish yoli bilan davlat daromadini oshirib, bojxona va pultovar munosabatlarini yaxshilaydi. Natijada savdo-sotiq, hunarmandchilik, memorchilik, adabiyot, kitobat, hattotlik, tarjima, musiqa, tasviriy sanat maktablari faoliyat korsatadi. Bu davrda mamlakat har jihatdan osib, maktab va madaniyat ishlari ham rivoj topadi. Yangi masjidlar va maktablar quriladi, maktab-madrasalarda oqitish ishlari yuksak pogonaga kotariladi. Haqiqatan ham XIX asrning 2-yarmiga kelib, Xorazm madaniy hayotida alohida taraqqiyot yuz beradi. Ilgari vayron bolib ketgan binolar qaytadan tiklandi. Yangidan sugorish inshootlari, karvonsaroylar va 80 ga yaqin masjid, madrasalar barpo etildi. Xiva va uning atrofidagi Shoir va adabiyotchilar, olimu fozillar saroyga yigi-lib, ilmiy-adabiy markaz vujudga keltrildi. Muhammad Rahimxon Munis, Ogahiy, Ravnaq, Rahim, Komil, Rojiy, Doiy, Mirzo, Tabibiy, Niyoziy, Bayoniy, Faqiriy, Mutrib, Avaz Otar ogli kabi qobiliyatli Shoirlar va olimlarni atrofiga yigar ekan, ularga manaviy-moddiy homiylik qildi. Har bir shoirning sherlarini jam qilib devon tuzish kabi xayrli ishlarni amalga oshirdi, osha davrda deyarli barcha Shoirlar bitta, ikkitadan oz gazallarining majmuasini tuzdilar. Buning natijasida yuzga yaqin devon va bayozlar dunyoga keldi. Bu devon va bayozlarning yaratilishicha bevosita Feruzning ozi boshchilik qildi, ularga ketadigan xarajatlarini u oz zimmasiga oldi. Xorazmda bayozchilikning keng taraqqiy etishi natijasida Bayozi musad-dasot, Bayozi majmuai ashor, Bayozi muxammasoti va Bayozi ashor kabi san’at durdonalari vujudga keldi. Bu bayozlar ozining tuzilishi, sherlarining goyaviy mazmuni, kitobat uslubi hamda husnixati bilan ajralib turadi, Bu ishlarga bevosita Muhammad Rahimxon homiylik qilardi. Feruz rahbarligi ostida Tabibiyning Majmuat ush-shuaro, Bayoniyning Shajarai Xorazmshohiy tazkiralari yaratiladiki, natijada biz juda koplab ijodkorlar nomlari bilan tanishish baxtiga ega boldik. Shu davrda Xivada toshbosmaxonaning barpo etilishi Muhammad Rahimxonning eng ezgu ishlaridan biridir. Bu davrda hatto madaniy ishlar ancha rivoj topgan general-gubernatorlik markazi Toshkent shahrida ham bunday toshbosmaxona yoq edi. Xullas, Xorazmda matbaachilik ishlarining keng yolga qoyilishi mahalliy xalq va ziyolilar uchun marifiy ahamiyatga ega bolib, olkada kitobat va tarjimachilikni rivojlantirdi. Jumladan, Mulla Bobojon Xatib Valadi Xudoyberdibek Mangitiy- Sanoiy Mehri moh, Haft Kishvar, Magrufxoja Said Xasan Xorazmiy Vomik, va Uzaro, Muhammadrasul Mirzo Rano va Zebo, Dilovorxoja Badoyoul vaqe, Munis Ravzat us-safo, Ogahiy Yusuf va Zulayho, Tuliston, Haft paykar, Shohu Gado singari axloqiy-ta’limiy, ilmiy-tarixiy asarlarni fors tilidan ozbek tiliga tarjima qilib, ozbek xalqining manaviy boyishiga, yosh avlodning kamol topishiga katta hissa qoshdilar. Bu davrda Xorazmda musiqa sanati sheriyat bilan uzviy bogliq holda taraqqiy etdi. Komil Xorazmiy, Muhammadrasul Mirzo, Yoqub Dorichi kabi kopgina shoirlarning deyarli kopchiligi usta musiqachi va hofiz edi. Muhammad Rahimxon Feruz ham gozal sherlar yaratgan istedodli Shoir bolish bilan birga, musiqa sirlaridan ham boxabar bolgan: uning Shashmaqom ga on uchta kuy bastalagani bizga malumdir.
XIX asrning 2-yarmida Xiva xonligi hududidagi xalqlar hayotida tarixiy fojea yuz berdi. Chor Rossiyasi Xiva xonligini bosib olib, 1873 yil 12 avgustdagi Gandimiyon shartnomasiga kora oz mustamlakasiga aylantirdi. Muhammad Rahimxon Feruz Xiva xonligidagi xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, madaniyatini rivojlantirish maqsadida Russiya bilan Xiva xonligi ortasidagi diplomatik munosabatlarda nozik siyosat yuritdi, hatto chor amaldorlarini chalgitdi ham.7 Ikki ortadagi diplomatik munosabatlarni keng yolga qoyishda uzoqni kora oladigan, xalq manfaati uchun kurashuvchi Eshnazar, Yoqubboy, Muhammadamin yuzboshilar, shayxulislom Fozilxoja Islomxojalarning xizmatlari katta boldi. Shubhasiz, Muhammad Rizo Ogahiy ozining ulug qobiliyati, barakali ijodi bilan zamonasiga qaraganda ancha ilgarilab ketdi. Negaki, har bir yuksak qobiliyat egasi malum tarbiya va ijtimoiy-tarixiy muhit mevasidir. Ogahiyning ijodiy mevasi xalqchilligi, marifiy-pedagogik goyalarning mazmundor va chuqurligi bilan alohida mavqeini egallaydi. Shunga kora uning marifiy-pedagogik qarashlarini taminlagan muhim omillarni ilmiy-nazariy tahlildan otkazish ishning ibtidosini tashkil qiladi. Muhammad Rizo Mirob Erniyozbek ogli Ogahiy 1809 yilning 17 dekabrida Xiva shahriga yaqin bolgan Qiyot qishlogida mirob oilasida dunyoga kelgan.8 U tavallud topgan oilaviy muhit sanat, adabiyot va ilm ahllaridan bolib, bu muhit uning yoshlik davri hayotiga, tarbiyasiga katta ijobiy tasir etdi.
Ogahiyning otasi Erniyozbek miroblik qilib, bir parcha erida dehqonchilik va bogdorchilik bilan shugullanib umr kechirgan bolsa ham, uning amakivachchasi Shermuhammad Munis va birodarlari Roji (Muhammad Qilichbek), Nozim (Muhammad Yaqubbek) oz zamonasining atoqli va qobiliyatli Shoiru fuzalolaridan bolganlar. Xivadagi madrasalarda oqib, zamonasida mumkin bolgan diniy va dunyoviy ilmlar bilan tanishadi. Tabiatan ziyrak va istedodli bolgan Ogahiy madrasada oqigan choglarini Taviz-ul oshiqin devoniga yozgan debochada quyidagicha izohlaydi:
Qadam aylabon ilm yolida bosh,
Hunar kasbida aylar erdimtalosh,
Na tunlar manga xobi rohat edi,
Ne kunlar zamoni farogat edi.9
Ogahiyning malumotiga kora, zamonasining ilgor kishisi bolgan Sher-muhammad Munis Xorazmning shu davrdagi mashhur shoir, olim, mashshoqlari bilan yaqin aloqada bolgan. Ular tez-tez Munisning hovlisida toplanishib adabiyot, sanat va boshqa ilmiy mavzularda suhbatlar otkazganlar. Tabiiyki, Ogahiy bunday suhbatlarda doim qatnashgan, bu esa uning ilm-fanga qiziqishiga chuqur tasir korsatgan. Bu haqda uning ozi bunday deb yozadi:
“Shabob ayyomining avoyilidirkim, umrim bogining navbahori va hayotim navbahorining navshukufta lolazori erdi, fazlu kamol iqtisobiga mayl va ragbat korguzub, madrasanishinlik rasmin ixtiyor qildim va har erda ham fuzalo va shuaro haylining majmui va majlisi bolsa, alarning xizmatiga bormoqni ozimga vojib va lozim bildim.”10
Ogahiy ozidan ilgari otgan fuzalo va shuarolarning asarlarini qunt bilan organdi. Uning ilmiy-adabiy asarlariga nazar tashlar ekanmiz, u Alisher Navoiydan soz sanatini organganligini, fuzuliy chashmasidan suv ichganligini, ustozi Munisning hayot baxsh gazallariga oxshatib baytlar bittanini, zamondosh Rojiy, Dilovar gazallarida kuylangan insonparvarlik va marifatparvarlik goyalarini ozi yashagan davrga hamohang tarzda oziga xos salohiyat va mazmun bilan ifoda etganligini koramiz.
Ogahiyning ijtimoiy, manaviy, marifiy, qarashlarining shakllanishidagi omillardan biri uning shaxsiy turmush tarzi va mashaqqatli hayoti ham muhim ahamiyatga egadir. U madrasada oqib yurgan choglarida otasi vafot etadi. Bu qayguli hodisani bir sherida u ... rozgor andugi shiddatining ogir yuki tog yanglig boshim ustiga tushdi11 misrasi orqali bayon qiladi. 1829 yilda shoir va olim mehribon ustozi va amakisi Shermuhammad Munis vafot etgach uning orniga Ogahiy miroblik vazifasiga tayinlanadi. Ogahiy miroblik vazifasida xizmat qilsa ham, yirik mulkdor bolmagan va aksincha oddiy, xalqona hayotni afzal korgan.
Yer yuzida, Ogahiy, chun yoq sango bir kolcha er,
Barcha umringda na hosil aylasang miroblig.12
Ogahiy yuksak saviyali madaniyatli kishi bolib jamiyatning madaniy, marifiy talablarini ongli suratda idrok qilgan. Shuning uchun u “andak forig bolgon va fursat topgon vaqtlarda kamoli shavq va ixlos bilan ulamoi uzaro xizmatlariga ragbat bila borib, nuqtadonliglari sharbati lazzatidin shirinkom bolnb, surat bila oxtorib kitobxonliglari vaqtidin hajzi vofir olib, ruxafas iboratlariga quloq solur ekan, oz zamondoshlari Shermuhammad Munis, Komil Xorazmiy, Rojiy, Dilovariy, Xoja, Nozimiy, Xisraviy, Roja, Feruz, Muhammad Yakubxoja ibn Ibrohimxoja Xevakiy, Abdullo ibn Mullo Olloberdi Xazoraspiy, Muhammad Safoxoja ibn Aminxoja Xojayliy kabi shoiru olimlar muhitida osdi va yetuk shoir, olim bolib voyaga etdi.
Ogahiyning miroblik vazifasidagi bir necha yillik xizmati uning mavjud jamiyat haqidagi tushunchalarning shakllanib etishida katta rol oynadi. Shoirning ozi oqtirishicha:
Yeturdim har jamoatga ozimni,
Ochib ibrat bila har yon kozumni.
Borining holidin boldim xabardor,
Ayon konglumga boldi barcha asror.13
Ogahiy ozining bosib otgan mashaqqatli yoli haqida shunday yozadi:
Etak sanchib belimga chustu cholok,
Qadam xar yol sari urdum tarabnok.
Qolumdin shavk, olib ixtiyorim,
Tamomi kuy aro tushti guzorim
Ogahiy 1845 yilda miroblik vazifasi bilan safarda yurgan vaqtida otdan yiqilib, oyogi qattiq shikastlanadi. Shunga qaramay u yana bir necha yil oz vazifasini ado etadi. Nihoyat 1857 yilda u istefo beradi. Hayotining qolgan yillarini (1874 yilda vafot etgan) butunlay ilmiy-adabiy ijodga bagishlaydi. Natijada bu davrda yuksak badiiy qimmatga ega bolgan sheriy devon qatorida, muhim ilmiy-tarixiy asarlar yaratildi.
Sharq mumtoz va didaktik adabiyotining yigirmaga yaqin nodir namunalari forschadan ozbek tiliga tarjima qilindi.
Yuqoridagilarga qoshimcha qilib yana shuni ham alohida takidlash kerakki, Muhammad Rizo Ogahiyning manaviy-marifiy qarashlarining shakllanishida xalq ogzaki ijodining avloddan-avlodga otib kelayotgan talim-tarbiya borasidagi umuminsoniy qadriyatlar ham muhim ahamiyat kasb etganligi shubhasizdir. Bulardan tashqari Ogahiy Xorazmda juda qadimdan davom qilib kelayotgan boy ilmiy-adabiy ananalar va shu zamindan etishib chiqqan al-Xorazmiy, ibn Irok, Beruniy, Zamaxshariy, Pahlavon Mahmud, Haydar Xorazmiy kabi ulug mutafakkirlar yaratgan qomusiy asarlarning bevosita merosxori boldi. Bu hodisa ham, shubhasiz Ogahiy dunyoqarashining shakllanishiga va uning marifiy pedagogik qarashlari rivojiga katta ta’sir korsatgan muhim omillardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |