II BOB. MUHAMMAD RIZO OGAHIY TARIXIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK GOYALARI AKS ETISHI
Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlarida gumanistik goyalarning mohiyati
Manaviy tafakkur tarixida gumanistik (insonparvarlik) qarashlar, gumanistik meros markaziy orinda turadi. Birorta mutafakkir yoki talimot insonparvarlik bilan bogliq ahloqiy mavzularni tilga olmay, gumanizmga davat etmay otmagan. Masalan, axloqiy fikrlar, deb yozadi falsafa fanlari doktori, professor X. Aliqulov,-zardushtiylik dinining kitobi bolmish Avesto da, turk xoqonligiga oid bitiklarda, Quron va hadislarda, tasavvufda mutafakkirlarning asarlarida, turli pandnoma, vasiyatnoma, nasiyatnomalarda, didaktika, tarix, badiiy adabiyot va talim-tarbiyaga oid kitob va qolyozmalar, xalq ogzaki ijodi, jumladan, dostonlarda oz inikosini topgan.31 Umuman olganda, qadimdan to bizning davrimizgacha axloqiy fikrlar rivojlanib kelgan, turli davrlarda jabr-zulm, adolatsizlik, yomonlik va qabihlik mavjud bolishiga qaramasdan, axloq umuminsoniy va gumanistik qadriyatlar hisobiga boyib borgan.32
Gumanizm xaqida turli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy-siyosiy konsepsiyalar mavjud. Ularni tahlil qilish bizning vazifamizga kirmaydi, ammo mavzuga oid tarifni berib otishimiz shart. Ustozimiz X.Aliqulovning quyidagi fikrlari bizga yaqindir: Gumanizm, insonparvarlik keng manoda,- deb yozadi u,- insonning yirik mavjudotlar ichida eng aqlli, yuksak fazilatli ekanligini asoslashga qaratilgan. U eng avvalo, insoniylikni yuksaltirish, gozal fazilatlarni uluglashni bildiruvchi qarashlar yigindisidir. Insonparvarlik tushunchasi kishida insoniylik, ozgalarning izzat-nafsiga tegmaslik, haq-huquqini kamsitmaslik, erkin hayot kechirishni taminlash, doimo boshqalarga adolatli va xolisona munosabatda bolish, oziga nimani ravo korsa, atrofdagilarga ham shuni ravo korish, bagri keng va kechirimli bolishni anglatadi.33 Demak, gumanizm faqat axloq bilan cheklanib qolmasdan, balki ijtimoiy hayot va manaviyatning hamma jabhalariga taalluqli keng tushunchadir.34 Xorazm mutafakkirlarining gumanistik qarashlarini organganda, tahlil qilganda ushbu metodologik ahamiyatga ega fikrni yondashishni nazarda tutish lozim, aks holda biz Xorazm mutafakkirlarining gumanistik merosini faqat axloq va axloqqa oid voqeliklar bilan cheklab qoyishga, natijada, ularning gumanistik qarashlarini tor, faqat axloq doirasida talqin qilishga majbur bolamiz. Bunday yondashish Xorazm mutafakkirlar merosidagi gumanistik goyalarni obektiv, toliqroq baholashga olib kelmaydi. Ogahiy oz davriga baho berar ekan, uni garduni dun (pastkash dunyo), davri kaj (teskari aylanuvchi falak), gunbazi davvor (“bevafo davron) kabi iboralar vositasida uchraydi:
Komiga etkan kishi tong yoq, jahondin topmasang,
Kim bu olam, Muhammad Rizo Ogahiy, bir kohna hasratxonadur.35
Yoki:
Dahr uyi bunyodkim, su uzradur mahkam emas,
Onda kirgan el xavotirdin amon bir dam emas.36
Bu misralar Ogahiyning oz davriga bergan bahosi, falak haqidagi fikrlaridir.
Mutafakkir dunyo haqida fikr yuritar ekan, uni kohna hasratxona, mehnatxona, hech kimga rahm qilmas, gam va kulfatlar, azob-uqubatlardan iborat makonga qiyoslaydi. U dunyo kaj tuzilganligi bois turmush ganga chola, “jafo ahli hamisha xurramu, ahli vafo mahzun deb nadomat chekadi. Shoir ajab koshona otkinchi dunyoning kirdikorlarini fosh qilib, erkin faravon hayotni orzu qiladi. Ushbu hayotdagi eng muhim narsa insonga mehr-muhabbatdir. Shu tariqa u ozining tushkun, pessimistik holatini insonga mehr-muhabbat bilan boyitadi.
Muhammad Rizo Ogahiyning inson aqli haqidagi falsafiy mushohadalari qiziqarlidir. U aqli kull va uning darajalari haqida yozadi:
On aql, toqqiz sipehru sekiz jannat,
Ham etti munir axtaru ham olti jihat,
Ham besh hisu tort unsuru uch mavlud,
Ham ikki jahon bir sangga aylar xizmat.37
Ruboiyda-gposeologik va ontologik masalalar- olamning tuzilishi va mohiyati, unda insonning orni va roli haqida gap boradi. Bu ruboiyni falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Safarboev38 va Avaz39 tahlil qilganlar. Ularga kora, On aql odam ruhining vujudga kelishi darajasiga ishoradir. Oninchi aql aqli foilyaratuvchi aqldir. On aqlni Avaz shunday sharhlaydi: “Tafakkur toji bolmish aql sifatlari xirmanini barmoq bukib, 10 gacha sanash ham mumkin idrok, zehn, donolik, bilimdonlik, fahm-farosat, hushyorlik, onglilik, maftunlik, mulohazalik, tajribalilik. Shularning bari mujassamlashgan odamlarni etuk, komil va sozning yashirin sirlarini tushunuvchi nozik tab insonlar sirasiga kiritib, aqli javharshunos demak mumkin.40
Aqli tufayli inson barcha maxluqotdan ustundir u aqlu zakovati bilan dunyoni anglaydi, ozligini biladi. Toqqiz sipehr bu toqqiz qavat osmonning yaratilishi, yaratuvchi tangrining qudratiga va yana oziga xizmat qilishiga ishoradir. Bu haqda Aziziddin Nasafiy yozadi: “Arsh paygambari Xotam ruhining maqomi, Kursiululazm paygambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi, ettinchi osmon mursal paygambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi, oltinchi osmon anbiyo ruhi maqomi, beshinchi osmon avliyo ruhi maqomi, tortinchi osmon hakimlar ruhi maqomi, uchinchi osmon zohidlar ruhi maqomi, ikkinchi osmon taqvo aqli ruhi maqomi, birinchi osmon imonlilar ruhi maqomi, shu tariqa, osmonning toqqiz darajasi tugal yakun topdi.41
Etti munir axtar deya Ogahiy etti sayyoraning vujudga kelishi va mohiyatini bilishga chaqirgan. Olti jannat - olti taraf, olti tomon insonga xizmatga keladi. Ramziy manoda ust-osmon, ruhiyat, ost, er, borliq, orqa-ajdod, old-avlod, ong-tasavvur, sol-tasavvurning ifodasi bolmish tasvir, aqliy va jismoniy mehnatdir. Demak, etti kok va olti tomon ular koinotning asosini tashkil etadi. Besh his - bu korish, eshitish, hid bilish, tam bilish va sezishdir.
Muhammad Rizo Ogahiy hissiy bilishga alohida etibor bergan. Uning talqiniga kora, hissiy bilish yaxshi yashash uchun, borliq, hayot nematlaridan bahramand bolmoqlik uchun Allohning yaratgan buyuk inoyatidir. Tort unsur bu tuproq, suv, havo, olovdan yaralgan moddiy dunyo inson xizmatidadir. Bu erda tort unsurni Avestoda ezozlangani kabi hayotning asosi, hayot falsafasi sifatida uluglash goyasi yotibdi. Uch mavlid bu tabiat olami, osimlik olami, hayvonot olamidir. Shu uch mavliddan tarkib topgan olam faqat insonga xizmat qiladi. Demak, ikki jahon dunyoviy va ilohiy ishq, inson unda sevadi va seviladi. Ikki jahon tushunchasini u dunyoyu bu dunyo deb ham talqin qilish mumkin. Shu manoda uning negizida gumanistik, umumbashariy goya yotadi. Yani sherda inson markaz bolgan (antropotsentrizm) olamning tuzilishi haqida gap boradi.
Borliqdagi barcha narsalar insong uchun, unga xizmat qiladi. Olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, ozgarish-yangilanishlar inson orqali mushohada etiladi, tushuntiriladi. Ulug olamda nimaiki bolsa, u kichik olamda ham mavjuddir42, deyiladi. Darhaqiqat, Ogahiy faylasuf shior sifatida borliqni suv ustiga qurilgan omonat uyga oxshatadi, u doim harakatlanib, chayqalib turadi. Bu uydagi odam yashaydi. Shoir borliqni goh gulshanga, goh hasratxonaga, goh karvonsaroyga oxshatadi. Olamning bunday ziddiyatli ekanligini va manguligini bunday ifodalaydi:
Dahr bir gulshandurur, boyi, vafosi yoq oning,
Jonga haz etkurgudek obu havosi yoq aning.
Yoq bahorida hazon osibidin bir dam omon,
Koz yumub ochguncha faslining baqosi yoq oning.43
Yoki:
Harob olsun, ilohi, gunbazi davvor, charxi dun,
Ki, doyim davri kajdur, tavri shumu hayati vojun.44
Korinib turibdiki, Ogahiy olam manzaralarini turli insonparvar goyalar va axloqiy tushunchalarda ularning xususiyatlarini esa yorqin badiiy boyoqlarda ifodalaydi. Ushbu tasvirlarida uning tasavvuf falsafasidan yaxshi xabardor ekani bilinib turadi. Umuman, Xorazm mutafakkirlari, vahdati vujud nazariyasini etirof etadilar. Masalan, Komil Xorazmiyning fikricha, dunyodagi butun mavjudotlar, narsa va ashyolar Allohning namoyon bolishi, Alloh jamolining korinishidir. Mutafakkirlar Alloh, borliq va insonning birligini etirof etgan holda, tasavvufning koproq amaliy tomoniga, axloqiy, insoniy va talim-tarbiyaviy jihatlariga etibor qaratadilar. Bu masalada ular hazrat Navoiy yolidan boradilar, yani tasavvufning axloq va xulq-odobga oid va insonparvarlik goyalaridan foydalanadi.45 Olam bilan odam, jamiyat va shaxs, inson va uning erki, taqdiri masalalari mutafakkirlarning doim diqqat markazida turgan. Mazkur masalalar, muammolar tafakkur mahsuli sifatida otkir falsafiy mushohadalar bilan tasvirlangan. Ular asarlarida gumanistik goyalar, xalq manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qoyish, eli uchun jon kuydirish, kishilarga mehr-shafqat, muruvvat korsatish kabi oliyjanob fazilatlarni uluglashda namoyon boladi. Muhammad Rizo Ogahiy dunyoni anglashda va hayot guli bolgan insonni madh qilishda yaratganning qudratiga ishonadi. Shu bois Sharqona ananaga muvofiq dastlab olamni, butun mavjudotni Yaratganga uning hamdu sanolar aytadi. Masalan, u Taviz ul-oshiqin devoni debochasida “ofoq va anfus” (tashqi olam va inson botiniy olami)ni yaratguchiga quyidagicha hamdlar choqiydi: “Adadsiz hamdu sano maxozinining javohiri va hadsiz shukru vafo maodinining zavohiri ul hakimi alal-itloqning oliy dargohiga nisor va ul donoiy anfus va ofoqning rafi ostonasiga sazavordurkim, bani odam vujudi devoniga aqlu farosat debochasi bila oroyish va takallum va dirosat tugrosi bila namoyish berib, jamii maxluqot vujudi kutubidin muntaxab va mumtoz qildi....46
Mutafakkirning fikriga kora, olam va undagi maxluqotlarni yaratgan mutlaq hokim insonni hamma narsadan mukammal qilib yaratgan. Olamning, borliqning sirlarini, hikmatini anglashga insongina qodir. Negaki, u aqlu farosat, tafakkur va nutq egasidir. Demak, inson aqlu tafakkuri orqali olamni, borliqni anglashi mumkin. Qodiri Mutlaq uni insonni shunday qudratli zot qilib yaratgan.
Yaratganni uluglashdan keyin, odat boyicha, devonda nat (Paygambarni madh etish) boshlanadi. Islom olamida insonlarning piri komili bolgan Muhammad paygambarga madh yozar ekan, Ogahiy uning insoniy sifatlarini nasr va nazmda bayon etadi. Shoir Yaratgandan uning shafoatidan bebahra qoldirmaslikni, noumid etmaslikni otinib soraydi. Bu bilan Muhammad paygambarning islom olamida inson nomini sharaflovchi ulug zot ekanligini korsatadi.
Mutafakkirning talqiniga kora inson katta olam (makrokosm) ning barcha xislatlarini jam etgan, bir qismi kichik olam (mikrokosm)dir. Inson ana shu sifatlari bilan ham boshqa maxluqotlardan ustun turadi. Haqning ilk va oxirgi murodi ham inson, degan gumanistik goya Muhammad Rizo Ogahiy dunyoqarashining magzini tashkil etadi.
Ey dalilining oyoqiga boshing xok et mudom,
Istasang qoymoq agar faqru fano yoliga kom.47
Ushbu baytda solih ishq otashida poklanib yaratganinng sifatlarini ozida jamlasagina, mutlaq visoliga erishadi, degan tasavvufiy goya ilgari suriladi.
Muhammad Rizo Ogahiy insonning yaratganiga muhabbati hali uning ozi yaratilmasdan oldin joni hali imkoniyat tarzida bolgan paytidayoq mavjud edi, deb hisoblaydi:
Edi ishqingga jonlar mubtalo ul chogdakim erdi,
Ne tan, ne tanda bosh, ne boshda yuz, ne yuzda lab paydo.48
Yani: xoliq oz husnini olam va undagi mavjudotlarda zohir etadi, uning turli jilvalarini inson qalb kozi bilan tomosho qilishni ixtiyor etgan. Xoliqning husni bemisl uni, olamdagi hech bir narsaga qiyos qilib bolmaydi. Bu orinda olam va haq munosabatlari vahdati vujud nuqtai nazaridan baholanayotganini koramiz. Navoiyning devoni hamd va nat bilan boshlanadi:
Ashraqat min aksi shamsil - kasi anvorul Hudo,
Yor aksin mayda kor, deb jomdin chiqti sado.49
Navoiydan ilhomlangan Muhammad Rizo Ogahiy ham devonidagi ilk gazalni Navoiyyona ohang bilan boshlaydi:
Chu mazhar aylading olamni husni bemisolingga,
Bu kozgu ichra boldi necha naqshi bulajab paydo.50
Muhammad Rizo Ogahiyning tasiri asosida Komil ham oz devonidagi ilk gazalini ananaviylik tariqasida shunday ruh bilan davom qildirdi:
Zihi husnung guliga bahori ibtido paydo,
Va ham ermas bu bahoringga xazoni intiho paydo.51
Mazmuni: olam bir kozgu bolib, unda Allohning zuhuri aks etadi. Allohning husni aks etgan olam hamisha bezavol, ozi kabi qarimaydi. Yaratgan olamda ozining rang-barang gozalligini, turfa korinishlarini jilolantiradi, bulbullarning ming nagma bilan xonish qilishlari bejiz emas. Zero, yaratuvchining ozi gozal bolgani uchun uning yaratgan hamma narsasi ham gozaldir:
Jamoli bezavolingga chu mazhar qilding ashyoni,
Gulistonlarda boldi rangu bu nashu namo paydo.
Bu gulshan ichra lutfing subhi jon parvar nasimidin,
Gulu bulbulgadur yuz barg birla ming navo paydo.52
Mutafakkir tabiatdagi hodisalar va ularning uzviy bogliqligini tasvirlar ekan, tasavvuf talimotidagi Alloh bilan borliq yagona haqiqatning ikki tomoni bolib, bitta mohiyatga ega, degan falsafiy fikrni ilgari suradi. Uning fikricha, baland-past, osmon-yer, kun-tun ham Allohning irodasi, amridir. Negaki, birovi yaratganning maqbuli lutfi bolsa, birov mardudi qahridir. Hamma narsaning bunyodkori bolgan Alloh on sakkiz ming olam ichida insonni mukammal qilib yaratgan. Shunday ekan, inson, u asliga qaytish uchun komillik sari intilmogi lozim.
Ogahiyning estetik qarashlarini tadqiq qilgan M.Safarboev oz xulosalarida uning dunyoqarashini murakkab harakterga ega bolganligi, A.Navoiyning tasavvufiy qarashlaridan tasirlanganligi, umumfalsafiy goyalarida insonning mehnat faoliyatini uluglaganligini, tinchlikparvarlik, vatanparvarlik, ozbek millatiga bolgan sadoqatning yuqoriligi, insoniy histuygularning mushtarakligini alohida korsatib otadi.53 Yani, Ogahiy oz millatini nihoyatda sevgan inson. Ozining bu qarashi bilan u hech kimni haqorat qilmoqchi yoki kamsitmoqchi emas: bu achchiq gaplar xalq dardida ortangan mutafakkirning alamli fikrlaridir. Ogahiy odamlarning xudbinlashib, maydalashib ketayotganidan, yerdagi oz insoniy vazifasi va masuliyatini bajarmayotganidan gazablanadi. Muhammad Rizo Ogahiy dunyoqarashida insonparvarlik goyalari qanchalik ilohiyot bilan boglanmasin, ular axloq insondagi eng oliy qadriyat, aqliy zukkolik esa insonning eng muhim insoniy fazilati ekanligini yakdillik bilan maqulladilar. Uning fikricha, insondagi eng yuksak boylik yuksak axloqiy fazilatdir. Shuningdek, ular haqiqat va adolatni, qonun va tartibni, ijod va erkinlikni, shafqat va muruvvatni ham yuqori baholaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |