O‘ZBEKISTON XАLQАRO ISLOM АKАDEMIYАSI MUMTOZ SHАRQ FILOLOGIYАSI FАKULTETI O‘ZBEK TILI VА MUMTOZ SHАRQ АDАBIYOTI KАFEDRАSI
5120100-Filologiyа vа tillаrni o‘qitish (mumtoz tillаr bo‘yichа) tа’lim yo‘nаlishi
“O‘zbek mumtoz adabiyoti” fаnidаn
KURS ISHI
MАVZU: Ogahiyning tarixiy asarlarida ma’naviy-ma’rifiy qarashlar
Bаjаrdi: G.Iqboljonovа
Ilmiy rаhbаr:A.Nig‘monov
Toshkent-2021
MUNDАRIJА:
KIRISH….……………………………………………………………….…3
I BOB. MUHAMMAD RIZO OGAHIYNING TARIXIY ASARLARIDA AKS ETGAN MANAVIY- MARIFIY MEROSINING NAZARIY ASOSLARI .
.7
1.1. Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlarida manaviy-marifiy qarashlarini taminlagan tarixiy shart-sharoitlar 7
1.2. Ogahiy manaviy- marifiy ijodida talim-tarbiya masalalari .
...16
II BOB. MUHAMMAD RIZO OGAHIY TARIXIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK GOYALARI AKS ETISHI 23
2.1. Muhammad Rizo Ogahiyning tarixiy asarlarida gumanistik goyalarning mohiyati .. .23
2.2. Muhammad Rizo Ogahiy qarashlarida adolatparvarlik g‘oyasi aks etishi………………………………………………………………………………30
Xulosа…………………………………………………...……...………….35
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yxаti…………………………..………….37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritib, jamiyat va ijtimoiy hayotning barcha sohalari, ayniqsa birinchi navbatda mustaqillik mafkurasi asosida Sharqona va umumbashariy qadriyatlarga tayangan milliy tarbiya tizimini vujudga keltirishi asosiy vazifaga aylandi. Uni milliy davlatchilikning manfaatlariga hamohang, mos va xos tarzda hal qilish bugungi kunning, jumladan manaviyat tizimining bosh yonalishini belgilaydi. Milliy manaviyat tizimi esa asriy sayqallangan tarix sinovidan otgan xalqimizning manaviy-marifiy va milliy qadriyatlariga tayanadi. Milliy davlatchiligimizning vujudga kelishi shoro mustamlakachiligi davrida toptalgan tariximiz, tilimiz, dinimiz va milliy qadriyatlarimizni bugungi ijtimoiy-marifiy muammolarimizni ijobiy hal qilishga keng yol ochdi. Natijada bugungi avlod bu manaviy-marifiy va milliy qadriyatlarimizdan tola bahramand bolish, ozligini anglash, otmishdagi buyuk tarixiy shaxslarimiz, mutafakkirlarimiz, alloma va manaviyat daholarimiz merosidan tarix haqiqati, xolislik mezonida manaviy komil inson bolib ulgayishdek ilohiy inomga ega boldi. Prezidentimiz, Sh. Mirziyoyev takidlashicha, Ozbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, tosiq va sinovlarni oz kuchi va irodasi bilan engib otishga qodir, deb baralla aytishga tola asos beradi. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, oz hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bagishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz.1
Ajdodlarimiz tafakkuri natijasi bolgan tarixiy manbalar kelajagi buyuk davlat yaratishda tayanch omillardandir. Uning Ozod va Obod Vatan hamda qudratli davlat yaratishdagi siyosiy-manaviy ahamiyatini tola anglagan Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagicha fikrni bildirgan edi: “Sarchashmalari buyuk ajdodlarimizning tafakkuri va muddaolaridan boshlanadigan xalqimizning boy manaviy qadriyatlari iqtisodiy ozgarishlarimizning mustahkam poydevori bolib xizmat qiladi. Demak, bizning vazifamiz avvalambor, mana shu manaviyatimiz sarchashmalarini va bobokalonlarimizning boy ananalarini davom ettirishdir degan edi.2 Ana shunday tafakkur egalaridan biri Muhammad Rizo Ogahiydir. Ogahiy (taxallusi; toliq ism-sharifi Muhammadrizo Erniyozbek ogli) (1809.17.12, Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogi - 1874.14.12) - Shoir, tarixchi, tarjimon. Mirob oilasida tugilgan. Xiva madrasalarida tahsil korgan. Arab, fors, turk tillarini puxta egallagan. Xorazmning mashhur Shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, Navoiy ijodini qunt bilan organgan.Mutafakkir Ogahiydan mazmunan boy, manaviy chuqur, xalqchil madaniy meros qoldi. 1829 yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni Olloqulixon (1825-42) Ogahiyni Munisning orniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan etiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugullangan. Qizgin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgul bir paytda otdan yiqilib, oyogi «shakarlang» (shol) bolib qolgan (1845). 1857 yildan miroblik vazifasidan istefo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.
Ogahiy xalq orasida koproq lirik Shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti - «Taviz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori», 1872) bizgacha tola etib kelgan. Devon ananaviy tartibda tuzilgan, 470 gazal, 3 mustazod, 89 muxammas, 5 musaddas, 2 murabba, 4 musamman, 4 tarjeband, 7 qita, 80 ruboiy, 10 tuyuq, 1 mulamma, 4 chiston, 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va mashuq savol-javobi, 20 tarix, 19 qasida jami 18000 misradan iborat. Devonga «Ashori forsiy» nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi.
Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab otolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, goyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; sheriyatida ishq - iymon, etiqod, vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning oy-kechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta orin egallagan. Shoir ozi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan.
Hozirgacha Ogahiyning tarixiy, manaviy qarashlari, badiiy va tarjimonlik mahorati malum bir darajada ochilgan bolsada, biroq uning marifiy-manaviy qarashlari hozirgi kunning talablari va milliy qadriyatlar, milliy manaviy tadqiqot darajasida organilmagan. Bu esa bitiruv malakaviy ish dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |