O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


partiya hokimiyat uchun shavqatsiz kurashadigan siyosiy liderlar qo‘l



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun


partiya hokimiyat uchun shavqatsiz kurashadigan siyosiy liderlar qo‘l 
ostiga o‘tdi. 
Nigeriyalik professor A.Adededji Afrika mojarolarining kelib chiqish 
sabablarini o‘rganib “7 D’s” atamasini kiritadi. Unga ko‘ra yetti omil: 
qurg‘oqchilik, cho‘llanish, demografiya, qaramlik, muvozanatsizlik, 
beqarorlik va qarzdorlik
1
, mojarolarning sababidir. Darhaqiqat, oxirgi 
paytlarda nizolar tabiiy resurslar uchun bo‘lib, Afrikaning ko‘pgina 
davlatlarini xavf ostiga solmoqda. Ayniqsa, qurg‘oqchilik mintaqaviy 
muammolarni keltirib chiqarishiga olib kelishi mumkin. 
BMTning 1999-yil oxirlarida nashr qilingan rivojlanish dasturining 
ma’ruzasida, Afrikada yaqin 25 yilda nizolar “eng qimmatbaho tovar”- suv 
uchun bo‘lishini bosharot qilgan. Bu nizolar bir qancha davlatlar 
hududidan o‘tadigan daryo va ko‘llar mintaqasida vujudga kelishi 
mumkin. Ichimlik suvi yetishmasligi, har ikkinchi afrikalikni ichimlik 
suvisiz yashashiga olib keladi. Natijada, “qaynoq nuqtalar”ni Niger, Volta, 
Zambezi daryolari sari yetaklaydi.
Shuningdek, Pol Kole ham Afrika nizolarini “resurslar uchun urush” 
deb nomlagan edi. Uning ta’kidlashicha, Afrikadagi deyarli barcha yuqori 
darajadagi urushlar 1965-yildan boshlanib, siyosiy kurashdan ko‘ra, 
iqtisodiy ochko‘zlikka asoslangan edi
2
.
1
Baynham S. Conflict in the 20
th centery. Afrika from 1945. – L.- NY-Toronto-Sydney, 1987. – Р. 45. 
2
Қаранг: Collier P. Doing Well out of War. – Wash. World Bank. 2002. 


186 
Afrika davlatlarining katta qismi dunyo xo‘jaligidan chekkada 
joylashganligi ham bu davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir 
qilmoqda.
XXI asr boshlariga kelib, Tropik Afrikaning 51 foiz aholisi qashshoq 
bo‘lib, dunyo kambag‘allarining 24,3foizini tashkil qildi
1
.
Tropik Afrika davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tiklashga 
ta’sir o‘tkazayotgan yana bir omil, aholining demografik o‘sishidir. 
Olimlarning fikricha, Afrikada demografik o‘sish darajasi har yili 2-
2,5foizni tashkil etadi. Bu holat rivojlangan davlatlarda (dunyo YaIM 
75foiz beradigan) 0,3foizni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, Afrika 
aholisining o‘sish surati juda sezilarlidir. Iqtisodiyotga nomutanosib 
demografiyaning o‘sishi, mintaqada kambag‘al, och va bilimsiz aholini 
ko‘payishiga, shuningdek, Shimol va Janub o‘rtasidagi farqning oshishiga 
olib kelmoqda
2
. Bu holat qishloq aholisini shaharga migratsiyasini oshishi 
va natijada kelgindi guruhlar bilan shaharliklar o‘rtasida qarama-
qarshiliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Boshqa mintaqalarga qaraganda Afrikada separatizm juda avjiga 
chiqqan bo‘lib, ular ma’lum etnikka mansub bo‘lgan guruhlar o‘rtasida 
resurslar uchun talashishga qaratilgan. Bu holat afrikalik liderlarning 
tushunishicha, davlatning hududiy yaxlitligini ta’minlashga ta’sir qilib, 
ayirmachilar tomonidan o‘z o‘lkalarida monopoliyaga erishish va 
resurslardan foydalanishda hukumat boshqaruvidan mustaqil bo‘lishga 
intilmoqdalar. Bu kabi holatlar Senegal davlatining asosiy guruch 
yetishtiradigan mintaqasi Kazamansda, Zairning mis moddasiga boy Shaba 
o‘lkasida, Angolaning neft va olmosga boy hududlarida sodir bo‘lmoqda. 
Shuningdek, 1967-yil Nigeriyaning neftga boy Biafroy mintaqasi 
davlatdan ajralib chiqishga urunishi natijasida, fuqarolar va markaziy 
hukumat qo‘shinlari o‘rtasida fojeali to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu kabi 
nizolar Sudanning Darfur o‘lkasida ham ro‘y berib, neft uchun kurashga 
asoslanmoqda. 
Bundan tashqari, Afrikaning ba’zi davlatlarida etnik guruhlar 
o‘rtasida hokimiyat uchun kurash ketmoqda. Masalan, Burundi va Ruanda 
davlatlarida ikki millat: xutu va tutsi millatlari o‘rtasida qarama-
qarshiliklar mavjud bo‘lib, bir necha bor bu ikki millat o‘rtasida qonli 
to‘qnashuvlar yuz bergan.
1
World Bank. World Development Report 2000. – Wash. 2001. – P.24.
2
Абрамова И.А. Демографическая ситуация в странах Африки: новые тенденции. Конференция африканистов. 
Безопасность Африки: внутрений и внешний аспекты. – М.: 2005. – С. 68.


187 
1962-yil Ruanda o‘z mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng, hukumat 
mamlakatning 85foiz aholisini tashkil qiladigan xutu millatidan tashkil 
topadi. Bundan norozi bo‘lgan tutsilar hukumatga qarshi chiqadi. Natijada, 
1990-yil hukumat tutsilarga qarshi repressiyani boshlab yuboradi va 1994-
yilda bu ochiqchasiga genotsidga aylanib 700-800 minga yaqin tutsi 
o‘ldirib yuboriladi. Bu fuqarolar urushida Pol Kagamoy boshchiligidagi 
ruandalik vatanparvarlar g‘alaba qozonib, amalda hukumatga tutsi millati 
keladi. 
Burundi davlatida ham xutu aholisi ko‘p bo‘lsada, mustaqillikni 
e’lon qilganidan so‘ng, hukumat tutsilar qo‘liga o‘tadi. Bu holatdan 
endilikda xutu millati norozi bo‘ladi. Mamlakat Prezidenti Pera Buyoya 
harakati tufayli, 1993 yil xutu aholisidan qonunan saylangan Prezidentga 
hukumatni topshirishi bilan qurolli to‘qnashuv to‘xtatiladi. Ammo bu bilan 
etnik mojaro to‘xtab qolmadi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, na tutsi va na xutu millatlari o‘zaro 
tuzilgan “etnik shartnoma” qonun-qoidalariga amal qilishga harakat 
qilmayapti. Chunki, tutsi aholisi ozchiligi evaziga demokratik saylovlar 
natijasida hukumatga xutularni kelishi yoki hukumatni bo‘linishidan 
qo‘rqayotgan bo‘lsa, xutular, bizning fikrimizcha, hukumat hozirgacha 
tutsilar 
qo‘lida 
qolayotganligidan 
va 
xutularni 
markazdan 
uzoqlashtirayotganligidan xavfsiramoqda. 
Nizolarning eng muhim omillaridan biri bu diniy qarama-
qarshiliklardir. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Afrika aholisining 
42foiz musulmonlar, 22foiz xristianlar, 36foiz mahalliy an’anaviy dinlarga 
e’tiqod qiluvchilardir. Diniy qarama-qarshiliklarning kuchayishiga og‘ir 
iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda hukumatga qarshi 
diniy tashkilotlar tuzila boshladi. Masalan, Sudanda “Sudan xalq ozodlik 
armiyasi” tuzilib, u davlatni shariat asosida boshqarishni talab qilib 
chiqadi. Mamlakat Prezidenti Nimeyri 1983-yil davlat mafkurasi va 
qonuni shariat asosida boshqarilishini e’lon qilishi ham vaziyatni 
o‘zgartirmadi. Hozirgi vaqtda ham Sudan ichki xavfsizligini ta’minlashda 
diniy qarama-qarshilik katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
Chad va Efiopiyada fuqarolar urushi Sudan muammosiga 
o‘xshashdir. Misol uchun, Efiopiya musulmonlar istiqomat qiladigan 
Eritreya uchun 30 yil urush olib bordi. Lekin Eritreyaliklarning 
qat’iyatliligi evaziga 1993-yil Eritreya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 
Xristian va musulmon din vakillarining to‘qnashuvi ayniqsa, 
Nigeriyada avjiga chiqqan. 2000-yil fevral oyida Kadun viloyatida bu ikki 
din vakillari o‘rtasida qonli to‘qnashuv bo‘lib, har ikki tomondan 400 ga 


188 
yaqin kishi halok bo‘ldi. 2006-yilda esa bu to‘qnashuv yanada alanga olib, 
masjid-madrasalar va cherkovlarga o‘t qo‘yildi. Mamlakat Prezidenti 
O.Obasanjo vaziyatni yumshatish uchun shariat asosida boshqarilishini 
(ba’zi shtatlarda) ma’lum chegaralangan holda bo‘lishiga va’da berdi. 
Ammo vaziyat hozirgacha ijobiy holatga o‘tgani yo‘q.
Umuman olganda, Nigeriyada nafaqat xristianlar va musulmonlar 
bir-biriga qarshi kurashgan, balki bu kabi dinlarning boshqa oqimlari ham 
o‘z dushmanlarini o‘zga din vakili sifatida ko‘rib, kurash olib borishgan. 
Bu kabi Afrikadagi muammolar qit’aning xavfsizligini ta’minlashga 
katta ta’sir qilib, bir davlatdagi mojaro boshqa davlatga o‘tib 
ketayotganligini ko‘rsatadi. Masalan, Nigeriyadagi mojaro qo‘shni 
hududlarga o‘tib ketgan. Shuningdek, Ruandadagi fuqarolar urushi 
natijasida xutu qabilasi vakillari Kongo Demokratik Respublikasiga qocha 
boshlaydi. Kongo davlatining hukumati bu qochoqlarga qarshi o‘z 
harbiylarini yuborish orqali ularni o‘z hududlariga kirishini ta’qiqlab 
qo‘yadi. 
Bundan tashqari, ba’zi Afrika davlatlarida ham ichki, ham tashqi 
muammolari mavjud. Masalan, Nigeriyada diniy qarama-qarshilik bo‘lsa, 
tashqi mojarosi Kamerun bilan hududiy nizosi mavjud. Ichki qarama-
qarshilikning kuchayishi Kamerun davlatining ham xavfsizligiga tahdid 
bo‘lishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, Afrika nizolari qit’a bo‘ylab yoyilishi, nafaqat 
qit’ani balki, dunyo xavfsizligiga tahdiddir. Ko‘pgina ekspertlarning 
fikricha, Tropik Afrikaning ko‘pgina davlatlaridagi bunday tartibsizlik va 
qaloqlik, qashshoqlarning Shimoliy Afrikadagi davlatlarga ko‘chishi va u 
yerdagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bundan tashqari, Janub-Shimol (ya’ni rivojlangan davlatlar) 
o‘rtasidagi nisbat keskin ortishi, Shimolning janubga o‘z ko‘magini 
berishga majbur bo‘ladi. 
Shuning uchun, BMT va AI tashkilotlari bu nizolarni oldini olishga 
kirishmoqda. Albatta, bu tez bo‘ladigan jarayon emas, chunki, qit’adagi 
davlatlarning manfaatlarini birlashtirish va har bir davlatning o‘z ichki 
muammolarini xalqaro gumanitar yordamlar bilan hal etish lozim.
1.
Qit’adagi mojarolarni bartaraf qilish masalasini bir yoki bir 
necha davlatlar kuchi bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bu masala jahon 
hamjamiyatining birlashgan kuchini talab qiladi. Davlat hokimiyatining 
kuchsizlanishi hamda etnik ozchilikka nisbatan tazyiq, diniy murosasizlik, 
resurslarni noto‘g‘ri taqsimlash va ijtimoiy adolatsizlik kabi mojarolarning 
tub sabablarini yo‘qotish bo‘yicha jahon hamjamiyatining faol harakatini 


189 
jalb qilish kerak. Jahon hamjamiyati mojarolarning oldini olishni samarali 
qo‘llab-quvvatlashi, shuningdek, mojarodan keyingi tiklanish jihatlariga 
ko‘proq e’tibor qaratishi lozim. 
2.
Afrikaning xavfsizlik sohasidagi keskin vaziyatdan chiqib keta 
olishi hamda buning natijasida siyosiy va ijtimoiy barqarorlikka erisha 
olishi, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida va globalizatsiya jarayonida teng 
huquqli ravishda ishtirok etishga ildam qadam qo‘ya olishi jahon 
hamjamiyatining izchil urinishlariga bog‘liq. 
3.
Mojarolarning oldini olish hamda ularni hal qilishda mintaqaviy 
tashkilotlar muhim rol o‘ynaydi. G‘arbiy Afrika davlatlarining iqtisodiy 
birlashmasi, 
Janubiy 
Afrika 
mamlakatlarining 
Afrika 
taraqqiyot 
birlashmasi, hukumatlararo taraqqiyot tashkiloti Afrikadagi mojarolarni 
hal qilishda faol ishtirok etadi, bular tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 
operatsiyalarga muhim qo‘shimcha hisoblanadi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish