O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Afrika Ittifoqi, Afrika Birligi 
Tashkiloti, xalqaro nizolar, hududiy mojarolar, NEPAD, Addis-Abeba, 
Gambiya, Zair,Kod-d’Iuar, Niger, Ruanda, Serra-Leone, Durban. 
 
5.1.
 
Afrika qit’asining geostrategik o‘rni 
Hozirgi vaqtda, Afrika jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Mazkur “uyg‘onayotgan qit’a” oldida bir qator murakkab 
geosiyosiy muammolar mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari uzoq, ko‘p asrli 
tarixga ega, masalan mustamlakachilik, ish savdosi va hakazo. Ayrimlari 
yaqinda paydo bo‘ldi yoki kuchayib ketdi va bu jarayon nisbatan kichik 
davrni o‘z ichiga oladi, chunki SSSRning parchalanib ketishi bilan jahon 
geosiyosiy kuchlarining muvozanati o‘zgardi, bu esa shak-shubhasiz, 
mazkur qit’adagi hayotning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy 
sohalarida namoyon bo‘ldi. Afrika xalqlari nisbatan kechroq siyosiy 
mustaqillikka erishishdi, biroq iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ularning 
ko‘pchiligi hamon haqiqiy ijobiy o‘zgarishlarni his etishganlaricha yo‘q. 
Afrika mamlakatlari mustamlakachilik zulmidan xalos bo‘lgach, 
ularning ko‘pchiligida G‘arb, xususan AQShning ijtimoiy institutlari


174 
huquq etalonlari oriyentatsiyasi va vesternizatsiya (g‘arblashtirish) 
konsepsiyasi qo‘llab-quvvatlanmadi. Biroq, bir vaqtning o‘zida Afrikaning 
Yevroosiyoga, xususan Sovet Ittifoqiga bo‘lgan geosiyosiy moyillik 
g‘oyasi ham keng taraqqiy etmadi. 
Afrika - sayyoraning eng nizoli geosiyosiy nuqtasi degan nom 
ayniqsa XX asrning so‘nggi choragida tobora mustahkamlandi. So‘nggi 
o‘n yil mobaynida qit’ada 35 ta yirik qurolli nizolar sodir bo‘lganligi qayd 
etilgan bo‘lib, ularda o‘n milliondan ortiq kishi vafot etgan, shulardan 90 
foizini – shahar aholisi tashkil etadi. Jahondagi qochoqlar sonining qariyb 
yarmi, (turli baholarga ko‘ra – 7 mln. kishidan 10 mln. kishigacha) hamda 
ko‘chirilgan shaxslarning 60 foizi (qariyb 20 mln. kishi) aynan shu qit’ada 
yashaydi. Jahon miqyosida, bolalar o‘limi ko‘rsatkichi qit’ada eng yuqori 
ko‘rsatkich hisoblanadi: yiliga 8 mln. kishi
1

Bu turli konfliktogen, ya’ni ixtilofli omillar: etnik va qabilaviy 
qarama-qarshiliklar, konfessional kelishmovchiliklar, ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy xarakterdagi ziddiyatlar va boshqalarning murakkab chigallashuvi 
bilan izohlanadi. Ayniqsa G‘arbda, ba’zida Afrikaning rivojlanishini siyqa 
chizmaga keltirgan va bu muammoni sezilarli darajada ko‘pgina ishlar 
soddalashtiradi. Bu haqda S.Xantington shunday yozadi: “Siyosatga 
massaning kirib kelishi keskinlikning yuzaga keltiradi, bu esa siyosiy 
beqarorlik natijasida rivojlanish uchun xavf-xatar tug‘dirishi mumkin”. 
Afrika geosiyosiy holatining tahlili mavjud bo‘lgan biror-bir chuqur 
izlanmalar (ishlar) SSSR, Rossiya, G‘arb mamlakatlari, Afrikaning 
o‘zidagi ilmiy adabiyotlarda deyarli mavjud emas. Geosiyosat va 
siyosatshunoslikning alohida yo‘nalishlarini anglab yetishga bo‘lgan 
intilishlar mavjud: 

XX asrning oxirlarida Afrika mamlakatlarining ijtimoiy-
siyosiy rivojlanish yo‘llarini tanlash muammolarini o‘rganish; 

qit’a hayotida diktatorlik tartibi va armiyaning roli; 

diniy omilning ma’naviy-siyosiy roli; 

madaniyat va jamiyat – an’anaviylik va zamonaviylik 
sintezi; 

XXI asrda Afrikaning geosiyosiy rivojlanish istiqbollari. 
XX asrning 90-yillari boshida Namibiyada “Afrika mustaqilligining 
30 yilligi: yakunlar va istiqbollar” nomli konferensiya o‘tkazilib, unda 
umumlashtiruvchi xulosa sifatida 30 yillik mustaqillik qit’aga na 
demokratiya, na taraqqiyot keltirgani, balki iqtisodiy va siyosiy tanglikni 
1
Российские стратегические исследования. – М., 2002. - С. 118 


175 
yanada chuqurlashtirib yuborgani, ya’ni mazkur “orol” geosiyosiy jihatdan 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShga bog‘lanib qolgani aytib o‘tildi. 
SSSR va sotsialistik lager mamlakatlari tugatilganidan so‘ng yuzaga 
kelgan yangi geosiyosiy holat, jahon kuchlar balansidagi (muvozanat) 
geosiyosiy bo‘linishga qo‘shimcha salbiy ta’sir qoldirdi. 
Hozirgi zamon Afrika mamlakatlari turli ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy yo‘nalishga ega. Shu bilan birga ijtimoiy yo‘naltirilganlik va 
ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda, asriy qoloqlikni 
tugatish, o‘zining ijtimoiy suvereniteti, iqtisodiy mustaqilligi, ijtimoiy 
jarayonlarini mustahkamlash, yer osti, inson va moliyaviy resurslariga 
egalik qilish uchun kurash Afrika mamlakatlarining umumiy xarakterli 
jihati hisoblanadi. 
Afrika yuzlab yillar mobaynida fuqarolik urushlari va harbiy 
nizolarga aylanib ketadigan etnik qarama-qarshiliklarni boshidan kechirib 
kelmoqda. 
Ulardan eng qirg‘inlisi 1994-yilda Ruandada boshlandi va qariyb ikki 
yil davom etdi. Hokimiyat qo‘l ostida bo‘lgan, radikal kayfiyatdagi xutu 
xalqi vakillaridan tashkil topgan hukumat tutsi “dushman” xalqining 
ommaviy yo‘q qilinishini tashkil etgan holda, milliy masalani butunlay 
“yopish”ga qaror qildi hamda 1 mln. dan ortiq kishini qirib tashladi
1

“Buni faqat irqchilarning fashistlar Germaniyasidagi yoki “qizil 
kxmerlar”ning Kambodjadagi xatti-harakatlari bilan taqqoslash mumkin” - 
deydi Rossiyalik siyosatshunos Nartov
2

2003-yilning iyul oyi o‘rtalaridan boshlab, olmos, temir rudasi, 
kauchukka boy bo‘lgan G‘arbiy Afrika mamlakati hisoblangan Liberiyada 
har kuni yuzlab kishilarning hayotiga zomin bo‘lgan fuqarolar urushi 
boshlandi. Qo‘zg‘olonchilar va prezident qo‘shinlari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklar mamlakat poytaxti – Monroviyada yuz berdi. Biroq, mahalliy 
nizolar Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlari Angola, Efiopiya, 
Sudan, Kongo, Nigeriya, Zimbabve, Somali, Mozambik, Serra-Leone, 
Chadda hali-hanuz tinchiganicha yo‘q. 
Chad Respublikasidagi fuqarolar urushi, qo‘shni Sudandagi kabi, 
1960-yillardan boshlab qisqa tanaffuslar bilan davom etib kelmoqda. 
Isyonchilar erkin ravishda bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib 
yurishmoqda. Ikkala mamlakatdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonchilarga qayerda 
urush qilishning farqi yo‘q. Ular uchun ushbu hudud avlod-
1
Муҳаммадсидиқов М.М. Африка – геостратегик аҳамиятига молик қитъа // Шарқшунослик (ТошДШИ). – 
2007. – № 2. – Б. 109. 
2
Нартов Н.А., Нартов В.Н. Геополитика. – М.: ЮНИТИ-ДАНА: Единство, 2007. – С. 527. 


176 
ajdodlarinikidir. Ularga pul, suv, oziq-ovqat, mollar uchun yaylov, qishloq 
xo‘jalik ekinlarini yetishtirish uchun yaroqli yer lozim. Bundan tashqari, 
Chadning janubiy tumanlari va Sudanda neft topildi. Mamlakatga 
keladigan valyuta tushumlarining ushbu yagona manbai so‘nggi vaqtda 
keskinlikning qo‘shimcha omiliga aylandi. 
Afrikada separatizmning asosiy o‘choqlari, aniqlangan neft zaxiralari 
mavjud hududlarga to‘g‘ri keladi. Mazkur energiya tashuvchisiga boy 
bo‘lgan Eritreya Efiopiyadan ajralib chiqdi. Nigeriyada dengizga 
quyiladigan joyda mahalliy qabilalar neft platformalariga hujumlar 
uyushtirishmoqda va qora oltinni qazib olishdan olinadigan daromadning 
nazoratini talab qilishmoqda. 
Sanab o‘tilgan va boshqa ijtimoiy “yaralar” qurollanish va harbiy 
nizolar borasidagi poygani keskinlashtirdi. Masalan, qit’a mamlakatlariga 
yillik xorijiy yordam 11 milliard AQSh dollarini tashkil etsa, qurollanish 
va harbiylarni saqlash xarajatlari esa 12 milliard AQSh dollaridan oshib 
ketadi. Aslida, harbiy to‘qnashuvlar va hatto urushlar deyarli 
to‘xtamayotgan Efiopiya, Angola, Zair milliy halokat chegarasida 
turishibdi. Shunday qilib, Efiopiya va Eritreya bir-birlariga qarshilik 
ko‘rsatayotgan bo‘lsalar, UNITA harbiy guruhi Angolada suv va havo 
chegaralarini o‘z ichiga olgan holda, hududning sezilarli qismini nazorat 
qilmoqda. Harbiy to‘qnashuvlar Mozambik, Sudan, Somali va boshqa 
ba’zi mamlakatlarda sodir bo‘lmoqda. Milliy iqtisodiyotlarning zaifligi 
to‘qnashuvlarning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Zairlik professor 
Jorj Nzongola Ntalajaning so‘zlariga qaraganda, AQSh, Fransiya va 
Belgiya Zair iqtisodiyoti tanazzulining aybdorlari bo‘lib, uning fikriga 
ko‘ra, mazkur qudratli mamlakatlar ushbu mamlakatda “xalq 
manfaatlariga qaraganda, faqat shaxsiy boyish to‘g‘risida ko‘proq 
g‘amxo‘rlik qilgan boshqaruvchi qo‘g‘irchoq to‘dalarning manfaatlari 
doirasida” harakat qilishgan
1

G‘arb mamlakatlarining “tinchlik o‘rnatuvchi” kuchlari fuqarolar 
urushining avj olishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Masalan, Chadda 
“asosan qo‘zg‘olonlar bo‘yicha ogohlantiruvchi zarbalar beruvchi 
jangovor texnika, vertolyotlar, samolyotlarga ega xorijiy legiondagi 1,5 
mingga yaqin fransuz soldatlari” joylashgan. 
Shu va boshqa sabablar tufayli, ko‘pgina amerikalik yetakchilar 
Fransiya sobiq ichki ishlar vaziri N.Sarkozining Senegal, Mali va boshqa 
mamlakatlarga bo‘lgan tashrifini xusumatli tarzda kutib olishdi. Parlament 
deputatlari Malida uni “toza suvning ig‘vogari” sifatida baholab, 
1
Смиридонова С. Крепнущий голос Франкфонии // Ж. Азия и Африка сегодня. – 2003. – №5. – С. 31 


177 
“tashrifning bekor qilinishi”ni talab qilishdi. Senegalning sobiq prezidenti 
Abdulay Vad “Fransiyaning Afrika siyosati”ni qattiq tanqid ostiga oldi. 
Shimoliy-Sharqiy Afrika mintaqasining geostrategik mavqei uning 
xalqaro dengiz kommunikatsiyasini bog‘lab turgan Qizil dengiz sohillarida 
joylashganligi bilan belgilanadi. Qizil dengiz Shimoldan Suvaysh va 
Aqaba portlaridan Janubdagi Bab al-mandab bo‘g‘ozigacha cho‘ziladi
1

Bab al-mandab bo‘g‘ozi Qizil dengizning janubiy darvozasi va bu bo‘g‘oz 
Qizil dengizning janubdagi eng tor nuqtasi hisoblanib, juda muhim 
strategik mavqega ega. Mazkur bo‘g‘oz janubdan Adan ko‘rfazi bilan 
so‘ngra Hind okeani bilan bog‘lanadi. Bab al-mandab – Qizil dengiz – 
Suvaysh yo‘li Arabiston yarim oroli va Fors ko‘rfazi neftini G‘arbiy 
Osiyo, G‘arbiy Yevropa va Amerika qit’asiga eksport qilish uchun xalqaro 
dengiz qatnovini amalga oshiruvchi asosiy yo‘l hisoblanadi. Ana shu 
vaziyat, mazkur mintaqaning strategik ahamiyatini belgilovchi omillardan 
sanaladi. Har kuni ushbu bo‘g‘ozdan o‘nlab neft tankerlari va o‘nlab savdo 
va harbiy kemalar qatnaydi. Shu bilan birga Qizil dengiz, Arab Mashrig‘i 
va Mag‘ribini bog‘lab turuvchi eng qulay va qisqa dengiz yo‘lidir. Bab al-
mandab bo‘g‘oziga kirib-chiqayotgan barcha kemalar Yaman, Jibuti va 
Somali qirg‘oqlaridan albatta o‘tadi. Shuning uchun, bu mintaqaning 
xalqaro ahamiyati ham katta. 
Jahon mamlakatlarining ham kundalik faoliyatlarida, xalqaro savdo-
sotiq, eksport-import ishlarini amalga oshiruvchi kemalari va harbiy 
dengiz 
kuchlarini 
Suvaysh-Qizil 
dengiz 
yo‘nalishi 
bo‘ylab 
harakatlanishida mazkur dengiz va kanaldan unumli foydalanadilar. Ushbu 
dengiz kommunikatsiya yo‘li Shimoliy-Sharqiy Afrika mintaqasidagi 
Sudan, Jibuti, Eritreya va Efiopiya kabi davlatlar uchun yagona dengiz 
yo‘li, shuningdek, MAR, Yaman Respublikasi va Isroil uchun muhim 
dengiz yo‘li bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, ushbu mintaqalarda joylashgan orollar ham mazkur ikki 
mintaqaga egalik qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, Hozirgi 
vaqtda Isroil davlati Eritreya orqali Qizil dengiz mintaqasidagi muhim 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Xanish orollariga o‘z ta’sirini 
o‘tkazishga intilmoqda.
Mintaqa xalqlari qadimdan savdo-sotiq bilan shug‘ullanganliklari 
sababli bu mintaqa Osiyo bilan Yevropani bog‘lab turuvchi dengiz 
transport yo‘liga aylandi. 
1
The World Book Encyclopedia. Chicago, London, Sydney, Toronto. – United States of America, 1994. Vol. 16. – Р. 
191. 


178 
XX asrning 50-yillaridan boshlab, Suvaysh kanali Fors ko‘rfazidan 
Yevropa va Shimoliy Amerikaga neft transportirovkasi amalga 
oshiriladigan 
dengiz 
kommunikatsiyasining 
asosiy 
qismlaridan 
hisoblanadi. 
Ma’lumki, Hozirgi vaqtda mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mintaqa 
davlatlari oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Ammo, buyuk 
davlatlar neftga bo‘lgan o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, mintaqa 
davlatlariga ta’sir ko‘rsatishning turli vositalaridan foydalanishga harakat 
qiladilar. Shu sababli, buyuk davlatlar manfaatlarining neft tankerlari 
harakatlanadigan hudud, ya’ni mintaqa xavfsizligiga bog‘liqligi natijasida 
uning ahamiyati yana ham ortishi mumkin. Masalan, ikkinchi Fors ko‘rfazi 
urushi paytida (1998-1999 yillar) neft eksport qiluvchi arab mamlakatlari 
o‘z neftini himoya qilish, uning xavfsizligini ta’minlash hamda importer 
davlatlarga yetkazib berishga qodir emasliklari namoyon bo‘ldi. O‘z 
navbatida G‘arb mamlakatlari, ya’ni neft iste’molchilari uni himoya 
etishga qodir ekanliklarini ko‘rsatdilar. 
Mintaqaning strategik ahamiyati ko‘p jihatdan neft omiliga bog‘liq 
bo‘lib, FKADHK mamlakatlarida ishlab chiqariladigan neftning ko‘p 
qismi Fors ko‘rfazidan Xormuz bo‘g‘ozi orqali Ummon ko‘rfaziga va 
undan Adan ko‘rfaziga, u yerdan Suvaysh kanali bilan O‘rta Yer dengizi 
va Yevropaga yetib boradi. Shuning uchun, Qizil dengiz yo‘l xarajatlarini 
arzon tushishi va vaqtdan yutish jihatidan juda muhim o‘rin tutadi. 
Suvaysh dengiz yo‘li harbiy-strategik jihatdan katta ahamiyatga 
egadir. 1990-1991-yillarda Quvaytni Iroq bosqinidan ozod etish 
operatsiyalari davomida va keyinchalik, Afg‘onistondagi xalqaro terrorizm 
bazalariga qarshi aksilterror kuchlarning mintaqaga olib kirilishi, hamda 
2003-yilning boshida AQSh va Buyuk Britaniya boshchiligidagi 
ittifoqdosh kuchlarning Iroqdagi Saddam Xusayn tuzumini ag‘darib 
tashlash maqsadida olib borgan harbiy operatsiyalari davomida AQSh, 
Yevropa va jahonning bir qancha mamlakatlaridan harbiy kuchlar, harbiy 
texnika va turli uskunalar asosan Atlantika okeani – O‘rta Yer dengizi – 
Suvaysh kanali orqali Hind okeani va Fors ko‘rfaziga olib o‘tildi. Harbiy 
kuchlarni Iroqqa safarbar qilishda, urushdan so‘ng vaziyatni 
barqarorlashtirish va tinchlik o‘rnatish hamda Suvaysh yo‘nalishi bo‘ylab 
Fors ko‘rfazi sari Iroq xalqiga insonparvar yordam ko‘rsatish uchun 
zaruriy ashyolar ortilgan kemalar harakatlanishini ta’minlash maqsadida, 
Hozirgi vaqtda ham Qizil dengizdan keng foydalanilmoqda. Albatta 
kemalar qatnovidan Shimoliy-Sharqiy Afrikada joylashgan barcha 
davlatlar manfaatdordir. 


179 
Xulosa qilib aytganda, Afrika nizolari qit’ani beqaror vaziyatda 
ushlab turibdi. Nizolar kelib chiqish omillari turli xil bo‘lib, bizning 
fikrimizcha, asosiy dominant iqtisodiy-ijtimoiy qoloqlik ekanligi ma’lum 
bo‘lmoqda. Qit’a davlatlarining past suratlarda rivojlanish jarayoni uzoq 
vaqt saqlanib qolishi mumkin. Bu esa, qit’adagi vaziyatni yanada 
uzoqroqqa suradi. Muammolarni global darajadagi ta’siri oshmasligi 
uchun, nizolarni xalqaro miqyosda hal qilish lozim. Bu - dunyo yetakchi 
davlatlarining bir maqsad yo‘lida birlashtirishga ham bog‘liqdir. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish