O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Indoneziya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

 
4.3. Indoneziya zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida 
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasi davlatlari alohida o’rin egallaydi. Ayniqsa mintaqaning yirik 
davlati hisoblangan Indoneziya Respublikasi bilan yo’lga qo’yilgan 
hamkorlik munosabatlari o’zaro ishonch va hurmatga asoslangan. Yangi 
XXI asrga Indoneziya XX asrning oxirida Janubi-Sharqiy Osiyoni qamrab 
olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari bilan kirib keldi. Mamlakatni 
qamrab olgan iqtisodiy tanazzul o’z ortidan siyosiy inqirozni ham olib 
keldi. Mamlakatni qisqa muddat davomida Xabibi (1998-1999 yil oktyabr) 
va Abduraxmon Vohid (1999-2001 yil iyul) boshqardi, Megavati 
Sukarnopuri ularga nisbatan uzoqroq (2001-2004 yil oktyabr) mamlakatni 
idora etgan bo’lishiga qaramasdan, mamlakat oldida turgan murakkab 
muammolarni hal eta olmadi.
XXI asrning boshlarida Indoneziya moliyaviy-iqtisodiy inqiroz 
oqibatlarining bartaraf etilishi, tashqi siyosatdagi o’zgarishlar, davlatning 
jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashi yo’lidagi harakatlarning 
kuchayishi, iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarida faol qo’shilish ko’p 
jihatdan mamlakatni 2004-2014 yillarda boshqargan prezident Susilo 
Bambang Yudoyono nomi bilan bog’liqdir. U 2004 yilda Indoneziya 
tarixida birinchi marta umumxalq saylovi asosida o’tkazilgan prezidentlik 


167 
saylovlari natijasida ma’muriyat tepasiga keldi (prezidenti oliy 
qonunchilik organi – Xalq Konsultativ Kongressi tomonidan saylangan).
Indoneziya tashqi siyosatining yangi kontseptsiyasi S.B. Yudoyono 
tomonidan 2005 yil may oyida e’lon qilindi va u «tashqi siyosatning 
konstruktiv strategiyasi» degan nom bilan mashhur bo’ldi. Unda tashqi 
siyosatni amalga oshirishning uchta asosiy yondoshuvi ilgari surildi: 1) 
murakkab xalqaro muammolarni hal qilishda pozitiv yondoshish; 2) 
oqilona xalqaro aloqalar; 3) ichki siyosiy va diplomatik muvaffaqiyatlarga 
asoslanuvchi Indoneziyaning xalqaro maydonda munosib o’ringa ega 
bo’lishi. Shunga muvofiq prezident Indoneziya tashqi siyosatiga doir 
ayrim muhim yo’nalishlarni ko’rsatib o’tdi, unga ko’ra zamonaviy 
o’zgaruvchan dunyoda uchta muqobil yo’l mavjud: o’zgarishlar ob’ekti 
bo’lish, o’zgarishlarni kuzatib borish yoki o’zgarishlarni boshqarish. 
Indoneziya nafaqat o’zgarishlarning oddiygina kuzatuvchisi bo’lib 
qolmasdan, ma’lum bir vaziyatlarda xalqaro maydonda etakchilik 
pozitsiyasini egallashi lozimligini ta’kidlagan S.B.Yudoyono o’z tashqi 
siyosatining asosiy tamoyillarsi sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tdi:
– Indoneziyaning tashqi siyosatining asosiy tamoyillaridan biri bo’lib 
kelayotgan «bebas dan aktif»–«mustaqil va faol» tashqi siyosat konstruktiv 
yondoshishga asoslanishni lozim. Tashqi siyosatda konstruktiv fikrlash 
raqibni do’stga, do’stni bo’lsa hamkorga aylantirishga yordam beradi.
– «bebas dan aktif»–mustaqil va faol tashqi siyosat ayni vaqtda harbiy 
ittifoqlarga qo’shilmaslikni anglatadi. Indoneziya hech qachon boshqa 
davlatlar bilan harbiy paktga kirmaydi va o’z hududida chet el harbiy 
bazalarini joylashtirmaslik siyosatini davom ettiradi. 
– mustaqil va faol tashqi siyosatda Indoneziya o’zaro aloqalarni qo’llab-
quvvatlaydi. Indoneziya qo’shni, qudratli va yangi qudratga erishayotgan 
davlatlar, dunyo mintaqalari, xalqaro tashkilotlar va qator nodavlat xalqaro 
tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli va hurmatga asoslangan aloqalarni 
rivojlantirish tarafdori bo’lib qolaveradi. 
–mustaqil va faol tashqi siyosat Indoneziya xalqaro obro’siga xizmat 
qilishi kerak. Aholi soni bo’yicha jahonda to’rtinchi, islomga e’tiqod 
qiluvchilar soni bo’yicha birinchi va demokratiyaning kattaligi bo’yicha 
uchinchi o’rinni egallovchi (Indoneziya tomoni mamlakatni Hindiston va 
AQShdan keyingi uchinchi yirik demokratik davlat deb hisoblaydi) 
davlatdir. Indoneziya demokratiya, islom va zamonaviylik hamohang 
ravishda rivojlanayotgan mamlakatlardan biridir. 
– mustaqil va faol tashqi siyosat Indoneziyaning o’z milliy brendini – 
oshkoralikni, mo’tadillikni, tolerantlikni, ishonchni aks ettirishi lozim. 


168 
Mazkur milliy brend Indoneziya baynalmilalligining ildizi bo’lishi kerak. 
Shu yo’l orqali Indoneziyaning mustaqil va faol siyosati Indoneziya milliy 
manfaatlarida va xalqaro maydonda muhim o’rin tutadi.
XXI asr boshlaridan Indoneziya tashqi siyosatida 1945 yilda ishlab 
chiqilgan milliy mafkuraviy besh tamoyil - «Pancha shila» asosidagi tashqi 
siyosatning ustuvor yo’nalishlari davom ettirildi. Rasmiy Jakarta uchun 
o’z kuchi bilan mustaqillikni ta’minlash birinchi navbatdagi bosh vazifa 
bo’lib qolaverdi. Ikkinchi tomondan biror bir davlat bilan juda yaqin 
hamkorlikka kirishish va unga bog’liq bo’lib qolmaslik taktikasi davom 
ettirilishi ilgari surildi. Shuning uchun bo’lsa kerak bu tashqi siyosat 
tamoyili S.B.Yudoyono «Millionta do’st va birorta dushman yo’q» 
(“million friends and zero enemy”) (yana bu «Mingta do’st – nolta 
dushman» (“Thousand friend – zero enemies”) nomi bilan ham mashhur) 
kontseptsiyasida ma’lum ma’noda o’z aksini topdi.
XXI asrda ham Indoneziya tashqi siyosati aloqalarni ikki tomonlama, 
mintaviy ko’p tomonlama va xalqaro ko’p tomonlama munosabatlar 
asosida rivojlantirish tarafdori bo’lib qolaverdi. Ayniqsa rasmiy Jakarta 
tashqi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga faol harakat qilib 
kelmoqda. Xususan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari Assotsiatsiyasi 
(ASEAN) davlatlari, ASEAN+3 (Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya),
Tinch okeani havzasida joylashgan qo’shni davlatlar, undan tashqari 
Rossiya, AQSh, Hindiston va Evropa Ittifoqi davlatlari mamlakatning eng 
asosiy hamkorlari sifatida qaralib kelmoqda. Shuningdek, jadallik bilan 
rivojlanayotgan Markaziy Osiyo, hususan O’zbekiston bilan iqtisodiy 
hamkorlikni yanada taraqqiy qildirish va yangi bosqichga ko’tarish 
bo’yicha alohida harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash kerakki, 
keyingi yillarda Indoneziya iqtisodiyotida o’sish kuzatilsada, ammo bu 
o’sish ko’p jihatdan chet el davlatlariga, birinchi navbatda AQShning pul-
kredit siyosatiga bog’liq bo’lib qolmoqda. Bu esa iqtisodiy o’sish istalgan 
paytda tashqi omillar tufayli yo’qqa chiqarilishini anglatadi.
Indoneziya ASEAN doirasidagi mintaqaviy hamkorlikka katta e’tibor 
qaratib keladi. ASEAN Indoneziya tashqi siyosatida oltita asosiy 
funktsiyani bajaradi: mamlakatning xalqaro obro’-e’tiborini saqlash; 
mintaqaviy rivojlanishni saqlash; milliy havfsizlik yuzasidan bufer zona 
vazifasini bajarish; nisbatan muxtor mintaqaviy tartiblarni ishlab chiqish; 
xalqaro muzokaralar vositasi va Jakartaning xalqaro nufuzini oshirish. 
2011 yilda Indoneziya tashkilotga raislik qilish vakolatini bajardi. 
Indoneziyaning asosiy maqsadi XXI asrda ASEANni yangi pag’onaga 
ko’tarish hisoblanadi. Xususan 2010 yil Xanoyda bo’lib o’tgan 


169 
ASEANning 17 sammitida a’zo davlatlar 2015 yilga ASEAN 
Hamjamiyatini tuzish bo’yicha harakat dasturini ma’qullashdi.
XXI asrdan Indoneziya iqtisodiy integratsiya bo’yicha xalqaro 
hamkorlikka ham katta e’tibor bermoqda. Ushbu jarayonda Indoneziya 
yangi nisbatan barqaror bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy tuzilma yaratishni 
ilgari suradi. «G-20»(«20 lar guruhi»)ning a’zosiga sifatida (1999 yil) 
Indoneziya ayniqsa 2010 yildan boshlab ushbu guruh mavqeini 
kuchaytirishga intilmoqda. Xususan rasmiy Jakarta byudjet taqchilligi 
mavjud davlatlarni ushbu guruhdan chiqarish va har bir mamlakatga zarur 
bo’ladigan bo’lsa yordam berish kerakligini haqidagi takliflarni ko’tarib 
chiqdi.
2004 yildagi siyosiy sohadagi islohotlardan so’ng Indoneziya butun 
mintaqada demokratik qadriyatlarni kengaytirish tashabbusini ilgari 
surishga kirishdi. 2008 yilda Indoneziya Bali Demokratik Forumi 
hukumatlararo tashkilotini tuzish tashabbusi bilan chiqdi. Janubi-Sharqiy 
Osiyoda demokratik kontseptsiyalar va qadriyatlar, siyosiy taraqqiyoti 
dasturlarini ishlab chiqish mazkur Forumning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Har yili Indoneziyaning Bali orolida ushbu Forumning yig’ilishini 
o’tkazish an’anaga aylandi.
XXI asrda ham Indoneziya xalqaro maydonda o’z o’rniga ega bo’lish 
uchun faol harakat qilib kelmoqda. Chunonchi mamlakat 2006-2008 
yillarda BMT Havfsizlik Kengashining doimiy bo’lmagan a’zosi sifatida 
faoliyat olib bordi. Rasmiy Jakarta global muammolarning echimi borasida 
BMTning rolini kuchaytirish va bunga erishish uchun mazkur organda 
islohotlar o’tkazish tarafdorlaridan biri hisoblanadi.
Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasining geostrategik 
jihatdan muhim qismida joylashgan. Shu boisdan bo’lsa kerak Indoneziya 
doimiy ravishda dunyoning etakchi davlatlari manfaatlari to’qnash 
keladigan makonlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa keyingi yillarda Xitoy va 
AQShning mintaqadagi ta’siri uchun kurashlari ko’pincha Indoneziyaning 
«yelkasiga» tushmoqdi. 2006 yil may oyidan boshlab Indoneziya Xitoy 
bilan mudofaa va havfsizlik borasida doimiy muloqotlarni yo’lga qo’ydi. 
Bunga ma’lum ma’noda AQShning o’zi ham sababchi. 1999 yilda Sharqiy 
Timordagi voqealar sabab AQSh Jakartaga qurol etkazib berishga embargo 
joriy qilgan edi. 2005 yilda embargo bekor qilindi. Mamlakat AQShdan 
qurol-yarog’ sotib olishda davom etmoqda. Garchi ham Xitoy, ham AQSh 
bilan mudofaa masalalarida hamkorlikni rivojlantirayotgan bo’lsada, 
ammo Indoneziya bunda tashqi siyosat tamoyiliga sodiq qolgan holda ikki 


170 
davlatdan biri bilan yoki uchinchi bir davlat bilan «alohida» sherikka 
aylanish siyosatidan o’zini uzoq tutish pozitsiyasida kelmoqda. 
Indoneziya tashqi siyosatiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu 
– islom diniga e’tiqod qiluvchilar mamlakat aholisining katta qismini 
(87%) tashkil qilishidir. Shunga ko’ra xalqaro miqyosda yoki mamlakat 
ichida islom diniga oid har qanday mazmundagi holatlar tezda mamlakat 
bo’ylab aks-sado berishi mumkin. Keyingi yillarda Indoneziyada radikal 
kayfiyatdagi islomiy kuchlar faollashib qoldi. Biroq davlat ularga qarshi 
keskin kurashib kelmoqda va xalqaro terrorizmga qarshi kurashni ham 
qo’llab-quvvatlaydi. 2007 yil 17 yanvarda Indoneziya ASEANning 
terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Konventsiyasini imzoladi. Mamlakat 
BMT HKning 1566-2004 rezolyutsiyasidagi barcha a’zo mamlakatlarni 
terrorizmga qarshi kurashga chaqirig’ini qo’llab-quvvatlashligini ma’lum 
qilgan.
Shu bilan bir qatorda Indoneziya xalqaro miqyosda ayrim global 
muammolar borasida ham qat’iy yondoshuvlar asosida o’z pozitsiyasini 
saqlab kelmoqda. Misol uchun Indoneziya global miqyosda iqlim 
o’zgarishlarining oldini olishning tashabbuskorlaridan biridir (2007 
yildan). 2009 yil 15 dekabrda Kopengagenda bo’lib o’tgan xalqaro iqlim 
o’zgarishlariga bag’ishlangan konferentsiyada ishtirok etdi va Kopengagen 
konferentsiyasi ishtirokchilari uchun Indoneziya tomonidan ishlab 
chiqilgan beshta taklif va qarashlarni havola etdi. 
Xalqaro munosabatlar tizimida Indoneziya XXI asrda ham ommaviy 
qurollanishga qarshi bo’lib kolmoqda. 2010 yil may oyida Nyu-Yorkda 
bo’lib o’tgan Yadro qurolni tarqatmaslik haqidagi Shartnoma 
Konferentsiyasida Qo’shilmaslik Harakatidagi qurolsizlanish masalalari 
bo’yicha muvofiqlashtiruvchisi sifatida ishtirok etdi. Indoneziyaning o’zi 
2012 yilning fevralida «Barcha ko’rinishdagi yadro sinovlarini ta’qiqlash 
haqidagi shartnoma»ni ratifikatsiya qildi. 
2014 yil oktyabrda Indoneziyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 
natijasida mamlakat prezidentligiga Joko Vidodo keldi. Joko Vidodoning 
tashqi siyosat borasida siyosati haqida xulosa chiqarishga hali erta. Bir 
narsa aniqki, u o’z tashqi siyosatini mamlakat tarixida birinchi marta ayol 
kishi – Retno Marsudiga ishonib topshirdi. Tashqi ishlar vaziri Retno 
Marsudi diplomatik faoliyatining asosiy qismi Evropa davlatlari bilan 
bog’liq bo’lganligini balki mamlakatning bundan keyingi tashqi siyosati 
yo’nalishiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda XXI asrning boshlarida Indoneziya iqtisodiy, 
ijtimoiy, siyosiy inqirozlarni bartaraf etib, xalqaro munosabatlar tizimida 


171 
o’z o’rniga ega bo’lgan davlatlar qatoridan o’rin olishga erishdi. Bunda 
tashqi siyosat tamoyillariga sodiqlik va o’zgaruvchan xalqaro 
munosabatlar tizimiga tezda moslashuv hal qiluvchi rol o’ynadi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish