O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi muhammadolim muhammadsiddiqov


Eron - Fors ko’rfazi arab davlatlari



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/62
Sana11.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#544188
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62
Bog'liq
Мусулмон мам ХМ Асосий қўллан1 iyun

Eron - Fors ko’rfazi arab davlatlari.
 
Umuman olganda Eron va 
“oltilik” davlatlar o’rtasida yadro kelishuvining imzolanishini Fors 
ko’rfazi davlatlari ijobiy qabul qilishdi deyish mumkin. Shu vaqtning 
o’zida Saudiya Arabistoni AQShning Eronga nisbatan siyosiy 
munosabatining o’zgarishidan tashvishlanishini namoyish etdi. 2015-yil 
sentyabrda Saudiya Arabistoni qiroli AQShga tashrif buyurdi. Uchrashuv 
davomida prezident B.Obama va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin 
Abdul Aziz Suriya va Yamandagi vaziyat bo’yicha o’zaro fikr almashib, 
hamda Tehronning mintaqadagi beqarorlik faoliyatiga qarshi choralar 
ko’rishni muhokama etdilar. Siyosiy sharhlovchi, diplomatik va strategik 
tadqiqotlar bo’yicha Parij markazining muxbir-a’zosi A.Mextiyev: 
Saudiya 
Arabistoni 
qirolining 
Vashingtonga 
tashrifi 
rossiyalik 
mutaxassislarning Ar-Riyod G’arbning Eron bilan “yadro kelishuvi”ni 
Vashingtonning xoinligi sifatida qabul qilganligi taxminini voqelikka 
to’g’ri kelmasligini ko’rsatadi. Qirol Salmon va Barak Obamaning 
muhokamalari yakunlanishi bo’yicha xulosalovchi bayonotda Saudiya 
Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adil al-Jubayr quyidagilarni qayd etib o’tdi: 
“Amerika tomoni bizni kelishuv shartlari Eronga yadro quroliga ega 


88 
bo’lishga imkon bermasligini va o’rnatilgan nazorat mexanizmlari 
samarali ekanligiga va’da berishdi. Shuningdek, kelishuv Eron shartlarni 
bajarishdan bosh tortgan holatda tez javob sanktsiyalar qo’llashni nazarda 
tutishi ham ma’lum etildi. Saudiya Arabistoni ikki oydan ortiq muddat 
davomida o’z ittifoqchilari bilan olib borgan maslahatlardan so’ng, bu 
va’dalardan qoniqqanligini e’lon qiladi”. Amerikalik mutaxassis, 
Jeymstaun fondining Vashington tahliliy markazining rahbari G.Hovard 
Vashington va Ar-Riyod o’rtasida Eron bo’yicha murosasiga quyidagicha 
baho berdi: “Saudiya Arabistoni Yamanga bomba yog’dirmoqda, va AQSh 
bunda Saudiya Arabistonining harbiy-havo kuchlariga homiylik qilmoqda. 
Aftidan, Vashington Yamanda bo’layotgan voqealarga ko’z yumish 
evaziga, saudiyaliklarning Eronning G’arb bilan kelishuvini so’zsiz 
qo’llab-quvvatlashiga erishadi”. 
Eronning O’mon, Qatar, Bahrayn bilan aloqalari ko’proq 
muvaffaqiyatliroq kechmoqda. Savdo aylanmasi oshmoqda, manfaatli 
savdo va iqtisodiy shartnomalar imzolanmoqda, turistlar qatnovi ortib 
bormoqda. Eron ishchilarining katta qismi shu davlatlarda joylashgan. Bu 
davlatlarning hukumatlari Eron bilan munosabatlarni kengaytirish va uni 
arab hamjamiyatiga qo’shishni yoqlaydilar. Shunga qaramay, yaqin 
davrgacha faol ravishda “eron inqilobi”ni arab davlatlarga eksport qilishni 
yoqlab kelgan Eronning tashqi siyosati borasida arablarda muayyan 
xavfsirash mavjud. Fors ko’rfazining aksar davlatlari Saudiya 
Arabistonining ta’siri ostida bo’lganligi sababli bu mintaqa davlatlarida 
Eron bilan begonalarcha munosabatlar saqlanib qolmoqda. 
Arab dunyosida Suriya va Livan davlatlari Eronning asosiy 
ittifoqdoshlari sifatida qolishda davom etmoqdalar. Suriya davlati butun 
Eron-Iroq urushi davomida Eronni qo’llab kelgan yagona davlat edi. 
Suriya uchun Eron ko’rsatayotgan moliyaviy yordam, va uning Livandagi 
pozitsiyalarini himoyalash bo’yicha iqtisodiy va harbiy yordami muhimdir. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish